Jihozlar va loyihalash asoslari


Texnologik jarayonning kechishiga aralashtirishning ta’siri


Download 399.19 Kb.
bet21/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

3.2. Texnologik jarayonning kechishiga aralashtirishning ta’siri
Aralashtirish issiqlik va massa uzatish bilan bog'liq barcha operatsiyalami (qizdirish yoki sovitish, suspenziyalash, eritish, kristallash,
36

www.ziyouz.com kutubxonasi


adsorbsiyalash va boshqalar) tezlashtiradi. Aralashtirish o‘zaro ta’sir ko'rsatayotgan fazalarning quriima hajmi bo‘ylab pasayishi va chegaraviy qatlam qalinligining kamayishi hisobiga ajralish yuzasi oldidagi harorat va konsentratsiya gradiyentining oshishiga olib keladi.


Cho‘kmalarni suyultirish usuli bilan yuvish jarayonida suyuqlikdagi qattiq dispers fazani suspenziyalash qo'llaniladi. Aralashtirgichli qurilmalarda undagi suyuqlikning o‘q bo'ylab tegishlicha tezligida, ya’ni tezlikning undan kichik qiymatida dispers zarralar qurilma tagiga cho‘kadigan kattaligida suspenziya hosil bo‘ladi. Aralashtirish sur'atini bunda Stoks qonuniga va aralashtirgichning nasos effektiga tayanib hisoblash mumkin.
Aralashtirgichli qurilmalarda sirkulatsiya shartli ravishda: aylanma va radikal-o‘q bo‘ylab sirkulatsiyaga bo'linadi. Sirkulatsiyaning aylanma tezligi w0 suyuqlik massasining aralashtirgichning aylanma o‘qi atrofidagi harakatiga bog‘liq. Sirkulatsiyaning radikal-o‘q bo‘ylab tezligi ws umumiy oqimning suyuqlikning qurilma o‘qini kesib o'tuvchi tikka (meridiandagi) tekislikdagi harakatini hisobga oluvchi tarkibidir. Uni ba’zan oddiygina qilib sirkulatsiya deyiladi. U aralashtirgichning nasos effekti bilan quyidagi ifoda orqali bog'langan:


®,=1,9 K .

(3.2)

Jarayon gidrodinamikasi murakkab bo'lgani sababli aralashtirgichli qurilmalarda issiqlik berishi issiqlik almashinuvchi qurilmalardagiga nisbatan murakkabroq hodisadir. Aralashtirgichli qurilmalarda issiqlik berish koeffitsienti har xil bo‘lib, u ko‘p omillarga bog‘liq. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, suyuqlikning radial oqimini yaratuvchi turbinali aralashtirgichli qurilmalarda eng jadal issiqlik berish aralashtirgich o'rnatilgan sathda yuz beradi. Shuning uchun bundan keyin issiqlik berish koeffitsientining barcha yuzaga mos keluvchi o‘rtacha arifmetik qiymati haqida gap yuritiladi.


Aralashtirgichli qurilmalarda issiqlik berish koeffitsientini quyidagi formula bilan hisoblash taklif etilgan:


Nu=kRe°'67Pr°>33 (gs/p dcv)0'14 .

(3.3)

bu y t r d a \ N u = a D / X — Nusselt mezoni; k — mutanosiblik koeffitsienti; Re=pncP/\x — Reynolds m ezoni; P r = c \x J X — Prandtl mezoni; jis—suyuqlikning o‘rtacha

haroratdagi [(f,.«+(fcv)/2] dinamik yopishqoqligi; suyuqlikning devorning parda ustki qatlami Haroratida dinamik yopishqoqligi; X— issiqhk o‘tkazish koeffitsienti, W(nvK); c—suyuqhkning issiqlik sig‘imi, J/K ; /o.rj—suyuqlikning o‘rtacha harorati, K; / ^ —devorning harorati, K.
37


www.ziyouz.com kutubxonasi


Turbinali, parrakli, romali aralashtirgichli qaytaruvchi to‘siqsiz ishlaydigan idishlar uchun k=0,36, to'siqli turbinali aralashtirgichli idishlar uchun /t=0,74. To‘siqli va to‘siqsiz parrakli aralashtirgichli idishlar uchun esa k=0,51 deb olish mumkin. k koeffitsientning quyidagi qiymatlarida to‘g‘ridir: turbinali aralashtirgichlar uchun—D/d=3; H/ D= 1; h/D=\/3; parrakli aralashtirgichlar uchun D/d= 3; H/D= 1; h/ d= 1; kurrakli aralashtirgichlar uchun D/d= 2; h/D= 0,3.


G eom etrik k o ‘rsatkichlar (3.3) tenglam ada ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan chetga chiqqanda qo‘shimcha koeffitsient kiritish lozim.
Ko‘pchilik tuzlarning va boshqa qattiq jinslarning erishi (dekris-tallanishi) ni ularning suv (yoki boshqa erituvchi) bilan nisbatan tez va, shuning uchun ham, diffuziya sohasida kechadigan o‘zaro ta’sir reaksiyasi deb qarash mumkin.

Erish jarayonining tezligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:





Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling