Vakuum-kristallizatorlar o‘zining ko‘p afzalliklari tufayli izogidrik kristallizatorlarni sanoatdan siqib chiqarmoqda. Eritmaning qaynashi, demak, sovishi ham, qurilmaning devori oldida emas, balki uning butun hajmi bo‘ylab yuz berishi tufayli hosil bo‘lgan kristallar qurilma devorga kam yopishadi. Kristallar devoriga faqat eritma sathi darajasidagina yopishadi.
Ko‘p bosqichli vakuum-kristallizatorlar ishlayotganda korpuslar (bosqichlar) o'rtasidagi harorat o‘zgarishini kamaytiradi, bu esa har bir korpusdagi eritmaning o‘ta to‘yinish darajasini pasayishiga, demak, kristallarning o‘lchamlarini kattalashtirishga olib keladi. Bunda kristallarning qurilma devorlariga yopishib o‘sishi ham kamayadi.
Misol uchun, KCl ni 14 bosqichli qurilmada kristallanish jarayonida, har bosqichdagi harorat o‘zgarishi 4—5°C ni tashkil etadi va hosil bo‘lgan kristallarning o‘rtacha kattaligi 0,20—0,25 mm ni tashkil etadi. Bir korpusli qurilmada olinganda kristallar 0,05—0,10 mm o'lchamga ega bo‘ladi.
Eritmani sovitishda haroratni 2—8“C ga pasaytirish qulay, chunki harorat o‘zgarishi 2°C dan kam bo‘lsa, kristallar kattalashmaydi, 8°C dan ortiq bo‘lsa ham ular juda mayda bo‘ladi.
Qurilmani ixchamroq qilish uchun ba’zan bitta korpusga 2—4 bosqich joylashtiriladi, masalan, kaliy ishlab chiqarish sanoatida ikki, uch va to‘rt bosqichli diametri 3 va 3,6 m, uzunligi 16,4 m gacha bo‘lgan gorizontal vakuum-kristallizatorlardan foydalaniladi (10-rasm). Bug‘ joylashgan bo‘shliq balandligining kamligi bu qurilmalaming kamchiligi bo‘lib, bu eritma bug'larining ko‘proq uchib ketishiga va bug‘ havo
51
1 — qobiq (korpus); 2 —to ‘siqlar; 3 —suspenziyani chiqarib olish quvuri;
Do'stlaringiz bilan baham: |