Jihozlar va loyihalash asoslari


— parrakli aralashtirgich; 5


Download 399.19 Kb.
bet30/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

4 parrakli aralashtirgich; 5 shtutser; 6 —sachratuvchi moslama (purkagich).
quvurlarining o‘sgan kristallar bilan to‘lib qolishiga olib keladi.
Tikka o‘rnatilgan vakuum-kristallizatorlar bu kamchilikdan xoli, bundan tashqari kam joy egallaydi.
So‘nggi paytlarda sirkulatsiyali vakuum-kristallizatorlar keng tarqalmoqda. Ular muallaq qatlamli qurilmalardan ish unumining yuqoriligi va yirikroq kristallangan mahsulot olish imkoni mavjudligi bilan farqlanadi. Bunday qurilmalarda natriy xlorid va natriy nitratning yirik (0,7—0,8) mm li kristallarini olish mumkin.

Izometrik kristallanish qurilmalari bughantiruvchi qurilmalar bo‘lib, ularning isituvchi kamerasi, odatda, tashqarida joylashgan bo‘ladi, ba’zan majburiy sirkulatsiya ishlatiladi. Bu kristallizatorlar harorat ko‘tarilishi bilan eruvchanligi kam oshadigan, hattoki biroz kamayadigan tuzlarni (masalan, natriy va bariy xlorid, litiy sulfat) kristallashda foydalaniladi.


Agar kristallashtirilayotgan eritma bitta korpusda bughantirilsa, unda atmosfera bosimi ushlab turiladi. Past bosim faqat tez qaynovchi eritmalarni bugiantirishda qoilaniladi.

Natriy gidroksid olishda ishlatiladigan bugiatish qurilmasini izometrik kristallantiruvchi qurilma sifatida qarash mumkin, bu yerda konsentrlash jarayonida ishqor eritmasidan natriyning karbonati yoki xloridi kristallanadi.

Yirik o‘lchamli kristallar olish uchun (o‘rtacha 2 mm gacha va undan
52


www.ziyouz.com kutubxonasi


oshiqroq) isitish kamerasi tashqaridan bo‘lgan, majburiy sirkulatsiyali va kristaliarning muallaq qatlamiga ega «Kristall» turidagi bug‘latish qurilmalaridan foydalaniladi.


Kristallizator turini tanlashda ko'pgina omillar: eritmaning fizik-kimyoviy xossalari, mahsulotning sifatiga qo‘yiladigan talablar, ushbu mahsulotning va texnologik sistemaning o‘ziga xos xususiyatlari, turli xil kristallizatorlarning afzalliklari va kamchihklari, ularning ish unumi hisobga olinadi.
Kristallizator kristallizatorlarni ishlab chiqaruvchi korxonaning katalogiga binoan uzil-kesil tanlanadi.
Kristallizatorlarning barcha turini hisoblash bo‘yicha maxsus adabiyotlar mavjud. Vakuum-kristallantirish qurilmalari bosqichlarining eng maqbul sonini, uning ish maromini, asosiy va yordamchi qurilmalarini tanlash uchun dastawal EHM da shu qurilmaning matematik modeli aniqlab olinadi.


Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling