Jihozlar va loyihalash asoslari
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
Tasmali vakuum-filtrlar yuqori dispers suspenziyalarni suzish uchun
6 0 mo‘ljallangan. Birinchi navbatda, yirik zarrachalarning cho‘kmaga tushishi matoning teshiklari mayda kristallar bilan bekilib qolishini kamaytiradi. Tuzilishining soddaligi va ayrim suzish operatsiyalarining davomiyligini boshqarishda hamda cho‘kmani ko‘pbosqichli yuvishni tashkil qilish imkonining mavjudligi tasmali filtrlarning afzalligi hisoblanadi. Suzish yuzasining kichikligi, suzish va yuvish zonasining aniq chegaralanmaganligi bu filtrlarning kamchiligi hisoblanib, bunda filtrlangan suyuqlik (filtrat) ma’lum darajada suyuladi. Tasmali vakuum-filtrlar bor kislotasi va ekstraksiya yo‘li bilan olinadigan fosfor kislotasi, kaliy xlorid ishlab chiqarishda ishlatiladi. K-100-15K va K-50-11,5 K aylanma vakuum-filtrlari ekstraksiya yo‘li bilan fosfor kislotasi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. U doira shaklidagi gorizontal aylanuvchi romadan iborat bo‘lib, aylanib yuradigan relslarda sirpanadigan roliklarga tayanadi. Ramaga ag‘darma filtrlovchi novlar (nutchlar) o'rnatilgan bo‘lib, ularga yuzasiga filtrlovchi mato qoplangan teshik-teshik tayanma to'siqlar joylangan. Novlarning vakuum bo‘shlig‘i egiluvchan shlang yordamida taqsimlovchi qopqoqqa ulangan. Rama aylanganda har bir nov birin-ketin filtrlash, ikki (yoki undan ko‘proq) marta cho'kmani yuvish, uni to‘kish va matoni qayta tiklash zonasidan o‘tadi. Filtrlash va har bir yuvish tugallangandan so‘ng cho‘kma orqali havo o‘tkazish yo‘li bilan suvsizlantiriladi. To‘kish zonasida nov avtomatik tarzda ag‘dariladi va cho‘kma o‘z og‘irligi hamda siqilgan havo ta’sirida bunkerga to‘kiladi. Shundan so‘ng mato yuqoriga yo'naltirilib, suv oqimi bilan yuviladi, so'ngra siqilgan havo yordamida quritiladi. Aylanma filtrlar, novlar bir-biriga tegmay turganligi tufayli yuvish suvi bilan suyultirilmagan, konsentrlangan filtrat olish mumkin. Bundan tashqari, cho‘kmani ko‘p bosqichda qarama-qarshi yo‘naltirilgan kam miqdordagi suv bilan yuvish mumkin. Undan tashqari, vakuum-filtrlaming ish unumi yuqori, matoning xizmat muddati ham kattadir. Suzilayotgan yuza birligiga to‘g‘ri keladigan o‘lchamlarning kattaligi ularning kamchiligi hisoblanadi. Masalan, K-100-15K vakuum suzgichining umumiy suzish yuzasi 105 m2 bo‘lsa, foydali suzish zonasining yuzasi 80 m2 ni tashkil qiladi. Filtrlash yuzasining tashqi diametri 15 m, novning uzunligi 3,3 m ga teng. Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling