6.2. Sochiluvchan qattiq materiallarni fraksiyalarga ajratish jihozlari
Qattiq moddalar o'lchami bo‘yicha 3 usulda fraksiyalarga ajratiladi: sim to'rli g‘alvir mashinalarda elash yo‘li bilan, gidravlik usulda va havo oqimi yordamida.
G'alvir mashinalar sochiluvchan materiallarni kattaligiga qarab elakdan yoki panjaradan o‘tkazib ajratishga mo'ljallangan. Ulaming ish organi — elak, to‘r va panjara. Panjaralar ko'ndalang kesimi trapetsiya shaklidagi sterjenlardan yasaladi. To‘r deb ko‘ndalang o'lchami 50 mm gacha bo‘lgan aylana yoki tirqishsimon teshiklar o‘yib ochilgan metall listlarga aytiladi. G'alvir mashinalar uchun elak elektr simlar yoki metall sterjenlardan yasaladi. Sim-to‘r teshiklari maydonining o‘lchamiga (mm3) qarab quyidagi sinflarga ajratiladi: o‘ta mayda (0,25 dan kichik), mayda (0,25—1), o‘rtacha (1—25), yirik (25—625), o‘ta yirik (625 dan ortiq). 0 ‘rta va mayda teshikli sim to'rlar to‘qib, o‘ta yirik teshiklari esa kavsharlab, sterjenlar bilan va aralash holda yasaladi (25-rasm).
Sanoatda ishlab chiqariladigan elaklar tomonlari millimetrlarda ifodalangan teshiklar kattaligi bilan belgilanadi. Maydaroq va kattaroq bo'laklar o‘lchamlarining qiymati «—» yoki «+» ishora bilan yoziladi. Masalan, material teshiklari o‘lchami 5 va 1 mm bo'lgan elakdan o'tkazilganda, 3 xil fraksiya hosil bo‘ladi: +5 mm; —5+1 mm; —1 mm.
a b d e f
Do'stlaringiz bilan baham: |