Klassifikatorlar. Materialning qaysi muhitda ajratilishiga qarab gidravlik va pnevmatik klassifikatorlar farqlanadi.
Spiralli klassifikatorlar yopiq siklda barabanli tegirmonlarda ho‘l usul bilan maydalangan materiallarni ajratish uchun xizmat qiladi. Ularning asosiy ish a’zosi yarim dumaloq shakldagi qiya taglikka ega bo'lgan cho‘zinchoq tog'ora va spiral (shnek)dan iborat, qurilmaning tagidagi yirik cho‘kindilar klassifikatordan shnek yordamida chiqarib olinadi, maydalari esa suyuqlik bilan to‘kiladi. Suyuqlik tarkibidagi mayda zarralarning o‘lchami 0,1—0,15 mm atroflda bo‘ladi.Maydaroq zarrachalami ajratib olish zarur bo‘lsa (masalan, ohakli sutni tozalashda), reykali-kosachali klassifikatorlardan foydalaniladi.
Sanoatda avtomatik tarzda ishlaydigan konussimon klassifikatorlar keng tarqalgan (28-rasm). Ular suspenziyadan nisbatan yirik va og‘ir zarralarni ajratib olishda ishlatiladi. Agar zichligi suyuqlik zichligidan katta farq qilmaydigan juda mayda zarrachalami ajratib olish lozim bo‘lsa, unda suspenziya zichligini o'zgartirishga sezgir bo'lgan pastki
96
Do'stlaringiz bilan baham: |