Jihozlar va loyihalash asoslari
-rasm. To'rlaming ko'rinishi
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
25-rasm. To'rlaming ko'rinishi:
a —to‘qilgan; b —eshilgan (pishitilgan); d —kavsharlangan; e —sterjenli; f —yig‘ma (terma); 94 26-rasm. Elakli g‘a)vir mashinalar sxemasi: a - bir elakli; b - ko‘p elakli; 1 - quti; 2 - elak (to‘r); 3 - ilgak (osma); 4 —tayanch rama; 5 —yuritma. G ‘alvir mashinalar 2 guruhga bo‘linadi: yassi va barabanli. Yassi g‘alvir mashinaning eng oddiysi—bu tirqishlarining kengligi 50 mm dan kam bo‘lmagan qiya o'rnatilgan (45°) kolosnikli panjaradir. U materialni yirik bo‘laklarga bo'lish uchun ishlatiladi. Jo ‘vali g‘alvirlar umumiy qiya ramaga parallel o'rnatilgan jo'valar qatoridan tashkil topgan bo‘lib, ularga bir-biridan bir xil masofada (50—150 mm) jo'valar o‘rtasida uyachalar hosil qiladigan qilib disklar ekssentirik holda o'rnatilgan. Har bir jo‘va keyingisiga reduktor orqali elektr motordan harakatga keltiriladigan zanjirli uzatma yordamida bog‘langan. 0,6—1,5 m/sek aylanma tezlikda aylanayotgan disklar materialni titkilaydi va oldinga suradi. Ish unumining va ajratish samaradorligining yuqoriligi ularning afzalligi hisoblanadi. Disklarning tez yedirilib, ishdan chiqishi ulaming kamchiligidir. Elakli g‘alvir mashinalar bo‘laklarni o‘lchamiga qarab ajratish, ma-terial bo‘laklari va donlarini quyqa (shlam)dan yuvib tozalash uchun xizmat qiladi. Bo‘laklangan materialni o‘lchamiga qarab sinflarga ajratadigan g‘alvir mashinalarda po‘lat simlardan yoki xivichlardan teshiklarining o‘lchami 6, 8, 10, 13, 25, 50, 70 va 100 mm qilib to‘qilgan elaklar ishlatiladi (26-rasm). Materialni harakatga keltirish prinsipiga qarab elakli g‘alvir mashinalar tebranma, yarimtitrama va titrama turlarda ishlab chiqariladi. Titrama g‘alvir mashinalarning ish unumi va ajratish samaradorligi yuqori. Ular kam quwat sarflab ishlaydi. Ularda yirik materiallarni ham, maydalarini ham maydalash mumkin, ixcham hamda ulaiga xizmat ko‘rsatish oson. Shuning uchun ular sanoatda boshqa turdagilariga nisbatan ko'proq ishlatiladi. 9 5 www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling