Suyuqlanma va pasta (xamirsimon modda)larni donalash
Pastalarni donalash ish a’zosi aylanuvchi chervyak (shnek) yoki jo‘va bo‘lgan mashinalar — ekstruderlarda amalga oshiriladi (32-rasm).
32-rasm. Ekstruzion
tipdagi donalagichlar:
a —ikkita teshik
ochilgan barabanli;
b — aylanma
matritsali; d - shnekli;
1 —jo ‘vacha;
2 —pichoq-qirg‘ich.
Ekstruderlarning tuzilishi har xil bo‘lib, pastateshiklar o‘yilgan matritsadan jo'valar yoki shnek yordamida ezib o‘tkaziladi. O'yma qolipning teshiklaridan siqib chiqarilgan material qo‘zg‘almas yoki harakatlanuvchi pichoq bilan kesib turiladi, yo bo'lmasa o‘z og'irligi ta’sirida uzilib tushadi.
Ekstruderlar keramzit, katalizatorlar va ayrim shunga o‘xshash materiallardan donalar tayyorlashda ishlatiladi. Shnekli ekstruderlar ba’zan KC rusumli quritgichlami pasta bilan ta’minlashda ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |