Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet92/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

0 / 0 = (<-, / r , f ; H , / H , = (r, / r 2f . (8.13)
Shunga muvofiq, g‘ildirakning aylanish chastotasi yoki radiusini ko‘paytirib, nasosning uzatishini yoki bosimini oshirish mumkin.

Nasos talab etadigan quwat (W) ushbu formula bilan aniqlanadi:




N = QHps /(102//).

(8.14)

bu yerda: ri— nasosning foydali ish koeffitsienti (0,3 dan 0,8 gacha).


Porshenli nasoslardan farqli ravishda, markazdan qochma nasoslar ish boshlangan paytda suyuqlikni so‘rib olish qobiliyatiga ega emas, shu tufayli ishga tushirishdan awal nasos ya so‘ruvchi quvurga suyuqlik quyilgan boMishi kerak.
Markazdan qochma nasoslarning so‘rib olish balandligi porshenli nasoslar uchun chiqarilgan formula (8.12) yordamida aniqlanadi. Bundagi farq markazdan qochma nasoslarning ishlashiga mo'tadil sharoit yaratish uchun surilishda kavitatsiya zaxirasini, ya'ni nasosda suyuqlikning qaynab ketish ehtimolining oldini olish uchun atmosfera bosimini suyuqlikning to‘yingan bug‘lari bosimidan yo‘l qo‘yilgan eng kichik miqdorda ustunligini ta'minlash zarur.
Qaynoq suyuqliklarni birjoydan ikkinchijoyga uzatishda kavitatsiya zohir bo'lmasligi uchun tamba hosil qilish kerak, ya'ni nasos rezervuardagi suyuqlikning sathidan pastga joylashishi lozim. Yaxshiroq so‘rish qobiliyatiga erishish uchun suyuqlikning nasosga kirish tezligi lm/s(ko‘pi bilan 2 m/s) ga teng boMishi, so‘ruvchi quvurning qarshiligi esa o‘ta kichik bo‘lishi kerak. Markazdan qochma nasoslarning so‘rish balandligi 5 m dan oshmaydi.
Motoming doimiy aylanish chastotasida doimiy o‘rtacha uzatishga ega bo‘lgan porshenli nasoslardan farqli ravishda, markazdan qochma nasoslar liniyaning qarshiligiga qarab turlicha uzatishga (va turli xil bosimga) ega bo'ladi. Shuning uchun har bir nasos uni ishlab chiqargan korxona tomonidan tajriba yo‘li bilan aniqlangan ish tavsifi bilan ta'minlanadi.
141

www.ziyouz.com kutubxonasi


Nasosni va ish g‘ildiragining aylanish chastotasini tanlashda liniyaning, ya'ni quvur va unga ulangan apparatlarning tavsifini hisobga olish lozim. Nasosni ishga tushirishda haydovchi quvurdagi lo'kidon batamom yopilgan holda bo‘lishi kerak, shunday bo‘lganda nasos o‘ta kam quwat talab etadi. Bunda kavitatsiyaning oldini olish uchun so‘ruvchi quvurdagi lo‘kidon nasos ishga tushirilishidan oldin to‘la ochilgan bo‘lishi kerak.


Nasosning uzatishini tartibga solish haydash liniyasidagi lo‘kidon yordamida amalga oshiriladi. Bu usul uning foydali ish koeffitsientini kamayishiga olib kelsa ham eng oddiy va qulay usul hisoblanadi. So‘ruvchi liniyada kavitatsiya yuzaga kelishi mumkinligi sababli, bu usulni uzatishni tartibga solishda qo‘llash mumkin emas. Uzatishni ko'paytirish zaruriyati tug‘ilganda nasoslar parallel, bosimni oshirish uchun esa ketma-ket o‘rnatiladi.
Yopishqoqligi yuqori bo‘lgan suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga haydashda ishqalanishga qarshilikning oshishi tufayli nasosning uzatishi, bosimi va foydali ish koeffitsienti kamayadi. Shuning uchun bunda ish g‘ildiraklarining aylanish chastotasi yuqori bo‘lgan nasoslarni tanlash tavsiya etiladi. Ba’zan suyuqliklarni haydash oldidan isitish iqtisodiy jihatdan samarali bo‘ladi, chunki bunda ularning zichligi va yopishqoqligi kamayadi.
Sanoatda keng uzatish oralig‘iga ega (2,2 dan 700 m3/soatgacha, suyuqlik ustuni bosimi 10—30 m), tarkibida zarrachalar miqdori 0,2% (vazni bo'yicha) gacha bo‘lgan suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga haydashga mo'ljallangan X rusumdagi markazdan qochma nasoslar ishlab chiqariladi. Ular aylanish chastotasi minutiga 960, 1450 va 2900 marta, quwati 2,8 dan 200 kW gacha bo‘lgan elektr motorlar bilan jihozlangan. Ulardan ayrimlarining texnik tavsiflari 9-jadvalda keltirilgan.

142

www.ziyouz.com kutubxonasi









X rusumli ayriin nasoslarning texnik tavsiii

9-jadval














Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling