Жиноий фаолиятнинг давомийлиги ва ундан олинган даромадларни легаллаштириш жинояти учун жавобгарликни баҳоланг ва фикрингизни ҳуқуқий асосланг


Download 33.61 Kb.
bet4/6
Sana05.01.2022
Hajmi33.61 Kb.
#203599
TuriКодекс
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Legalizatsiya

10-казус

2004 йил 26 августда “Жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштиришга ва терроризмни молиялаштиришга қарши курашиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонуни қабул қилинган. Ушбу қонун мазкур турдаги жиноятларни олдини олишда муҳим ҳуқуқий асос бўлиб хизмат қилади.



Мазкур қонун вазифаларидан келиб чиқиб, жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштиришга қарши курашиш устидан ички назоратнинг аҳамиятини ҳамда жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштиришга қарши курашишда мижоз текширувининг аҳамиятини баён этинг.

Жавобингизда “Тижорат банкларида жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштиришга, терроризмни молиялаштиришга ва оммавий қирғин қуролини тарқатишни молиялаштиришга қарши курашиш бўйича ички назорат Қоидалари”дан фойдаланинг.

(Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2017 йил
23 майда рўйхатдан ўтказилган, рўйхат рақами 2886).

Birinchi navbatda mijoz tekshiruvining ahamiyatini yoritish uchun mijoz so’zining ma’nosiga ahamiyat beradigan bo’lsak, “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorda mijoz deganda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani (bundan buyon matnda operatsiya deb yuritiladi) amalga oshirish to‘g‘risida tijorat bankiga topshiriqnoma (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs deya yoritib berilgan.

Mijozni lozim darajada tekshirish deganda esa — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazish tushuniladi.



Umuman olganda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:

    • maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat;

    • ichki nazorat;

    • mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;

    • tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar.

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunning 7-moddasiga ko’ra, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan quyidagi hollarda chora-tadbirlar ko’riladi:

  • ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda xo‘jalik, fuqaroviy huquqiy munosabatlar aniqlanganda;

  • ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;

  • shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;

  • mijozning shaxsi to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga nisbatan shubhalar mavjud bo‘lganda, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:

  • tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;

  • ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali mulkdorni yoki yuridik shaxs bo‘lgan mijozni nazorat qiluvchi shaxsni identifikatsiyalashni;

  • mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganishni.4

Mazkur qonunning 12-moddasiga ko’ra, Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir:

  • banklar va boshqa kredit tashkilotlari;

  • qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari;

  • birja a’zolari;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari;

  • lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar;

  • pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;

  • lombardlar;

  • lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi tashkilotlar;

  • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;

  • ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarda xizmatlar ko‘rsatuvchi va ishtirok etuvchi shaxslar;

  • mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda notarial idoralar (notariuslar), advokatlik tuzilmalari (advokatlar) hamda auditorlik tashkilotlari;

  • kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar.

Pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ichki nazoratni o’tkazayotganda, mazkur tashkilotlar shubhali deb topilgan va tayyorlanayotgan pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalar haqida maxsus vakolatga ega bo’lgan davlat organlariga zudlik bilan xabar qilishlari kerak bo’ladi.

“Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorning 22-bandida tijorat banklari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerakligi belgilangan.

a) xo‘jalik va fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni o‘rnatishda, shu jumladan:

yuridik yoki jismoniy shaxs bank hisobvarag‘ini (omonatni) ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda;

jismoniy shaxs bank kartasini olish uchun ariza bilan murojaat qilganda;

yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tijorat banki tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish uchun ariza bilan murojaat qilganda;

yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tijorat banki ustav kapitalining bir foizga teng yoki oshadigan summadagi uning aksiyalariga egalik qilganda;

jismoniy shaxs kredit olish yoki bank depozit yacheykalarida qimmatbaho buyumlarni saqlash xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilganda;

b) bir martalik operatsiyalar, shu jumladan ular o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan quyidagi hollarda:

bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi sotilishida;

bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasining maydalanishida, almashtirilishida va (yoki) boshqa chet el valyutasiga ayirboshlanishida (konversiya);

bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasining inkassoga va (yoki) ekspertiza uchun qabul qilinishida;

bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan tijorat bankida joylashgan terminallar orqali bank kartalaridan foydalanilgan holda operatsiyalar (naqd mablag‘lar echish, tovar va xizmatlarga to‘lovlar) amalga oshirilganda (kommunal va aloqa xizmati, budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bundan mustasno);

bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada mijozlar tomonidan bank kassalaridan boshqa bank tomonidan berilgan bank kartalari orqali naqd chet el valyutasi olinishida;

jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasining sotib olinishi (rezident jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdorda naqd chet valyutasi sotib olinganda);

bank hisobvarag‘ini ochmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan, pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda yoki qabul qilishda (kommunal va aloqa xizmati, budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, boshqa majburiy to‘lovlar bundan mustasno);

bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini, numizmatika va kolleksiya maqsadlarida chiqarilgan pul belgilarini sotib olinishida.

v) mazkur Qoidalarda o‘rnatilgan har qanday istisnolarga qaramasdan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha shubhalar mavjud bo‘lganda;

g) mijoz to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud bo‘lganda.5

Tijorat banklari tomonidan ichki nazoratning amalga oshirilishi legallashtirish faoliyatiga qarshi kurashishda profilaktik xususiyatga ega muhim chora sifatida shubhali operatsiyalarni aniqlash bilan bir vaqtning o’zida jinoiy daromadlarni legallashtirishning faktlari va belgilari asosida qo’zg’atilgan jinoyat ishi bo’yicha surishtiruv olib borayotgan tergov organlari uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi.

Tergov jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillari, xususan, mulkiy huquqlarga egalik qiluvchi va oxir-oqibat bankning mijozini nazorat qiluvchi va o’z manfaatlari asosida pul va mol-mulk bilan bog’liq u yoki bu operatsiyalarni amalga oshiruvchi aniq mijozlar haqida ma’lumotlar olinishiga alohida e’tibor qaratiladi. Tergov uchun haqiqiy huquqbuzarni aniqlash juda muhim, zero tergov amaliyoti shuni ko’rsatadiki, aynan benefitsiar jinoyat sifatida olingan daromadlarning egasi va tijorat banklarining imkoniyatlaridan foydalangan holda noqonuniy, jinoiy xarakterga ega, jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog’liq bo’lgan tergov ishining asosiy figuranti (ayblanuvchisi) bo’lishi mumkin.

Tergovchi tergov jarayonida pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiradigan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, ular tarkibiga banklar va kredit muassasalariga qo’shimcha ravishda quyidagilar kiradi: qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari; birja a’zolari; sug„urta kompaniyalari; lizing xizmatlarini ko’rsatuvchi tashkilotlar; pul o’tkazmalari, to’lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar; lombardlar; lotereya o’yini va boshqa o’yinlar o’tkazadigan muassasalar; ko’chmas mulkni sotib olish va sotish bilan bog’liq xizmatlarni amalga oshiruvchi shaxslar va tashkilotlar; qimmatbaho metallar, toshlar, antikvarlar bilan ishlash bilan shug’ullanadigan muassasalar va shaxslar; mijozlar nomidan bitimlarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etuvchi notarial kontoralar (notariuslar), yuridik firmalar (advokatlar) va auditorlik tashkilotlari.6




Download 33.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling