Жиноий фаолиятнинг давомийлиги ва ундан олинган даромадларни легаллаштириш жинояти учун жавобгарликни баҳоланг ва фикрингизни ҳуқуқий асосланг
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat
Download 33.61 Kb.
|
Legalizatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki nazorat
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui.
Ichki nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir. Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning maxfiyligini ta’minlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir malaka talablari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar bo‘lmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi; Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar: ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda xo‘jalik, fuqaroviy huquqiy munosabatlar aniqlanganda; ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda; shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda; mijozning shaxsi to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga nisbatan shubhalar mavjud bo‘lganda, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil chora-tadbirlar ko‘rishlari shart. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni; ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali mulkdorni yoki yuridik shaxs bo‘lgan mijozni nazorat qiluvchi shaxsni identifikatsiyalashni; mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganishni. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning, shuningdek ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiruvchi organlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘rishi shart. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish hollarining oldini olish yoki sonini kamaytirish uchun qo‘llaniladigan choralar aniqlangan tavakkalchiliklarga muvofiq bo‘lishi hamda nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qo‘llash hamda resurslarni samarali taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini berishi kerak. Tavakkalchiliklarni baholash natijalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi barcha organlarga hamda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazilishi kerak. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan tavakkalchiliklarni baholash bo‘yicha choralarni muvofiqlashtirishni maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.2 Jinoyat kodeksida mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Bundan tashqari Oliy sud plenumining qarorida ham jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati uchun javobgarlik masalasi belgilangan. JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat ko‘rsatilgan moliyaviy operatsiya yoki bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab tamomlangan hisoblanadi. Qonun mazmuniga ko‘ra, daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlik jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan hatto bitta operatsiya yoki bitim amalga oshirilgan holda ham kelib chiqadi. Shaxsning qilmishida JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun har bir holda legallashtirilgan mulk jinoyat natijasida kelib chiqqanligi fakti aniqlanishi shart. Sudlar daromadlarni legallashtirishni jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish jinoyatidan farqlashlari lozim. Jumladan, jinoyat (masalan, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish) natijasida topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish, agar bundan mulkka qonuniy egalik ko‘rinishi berilmayotgan bo‘lsa (masalan, texnik pasport yoki o‘g‘irlangan avtomobilni sotish uchun beriladigan ishonchnoma qalbakilashtirilgan), daromadlarni legallashtirish (JK 243-moddasi) tarkibini tashkil etmaydi. Ishning muayyan holatlaridan (jumladan, talon-toroj qilingan mulk bilan amalga oshirilgan bitim oldiga qo‘yilgan maqsaddan) kelib chiqqan xolda bunday harakatlar o‘zganing mulkini talon-toroj qilishda ishtirokchilik (yordamchi shaklida) yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish (JK 171-moddasi) sifatida, bunga asoslar mavjud bo‘lganda esa, hujjatlarni qalbakilashtirish sifatida ham kvalifikatsiya qilinishi mumkin. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki tugatishga qaratilgan harakatlarni sodir etishda ishtirok etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilish masalasini hal etishda, har bir holatda bu shaxs mazkur mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida orttirilganligini aniq bilgan-bilmaganligi aniqlanishi shart. Masalan, agar shaxs jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni legallashtirishni xohlab oldi-sotdi shartnomasi tuzgan bo‘lsa va oluvchi sotuvchida mazkur mulkka qonuniy tus berish maqsadi borligini anglagan holda bu mulkni sotib olsa, oluvchining harakatlari daromadlarni legallashtirishga ko‘maklashish sifatida JK 28, 243-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday hukm keyinchalik mulkni oldi-sotdi shartnomasi fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Notarius tomonidan mansab vakolatlaridan pul mablag‘lari yoki boshqa mulkni legallashtirishga qaratilgan bitimni o‘zi bila turib tasdiqlash uchun foydalanilishi daromadlarni legallashtirishga ko‘maklashish sifatida (JK 28, 243-moddalari) bilan, bunga asoslar bo‘lganda esa, Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi boshqa moddalari bilan ham bilan kvalifikatsiya qilinadi.3 Download 33.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling