Жиноий фаолиятнинг давомийлиги ва ундан олинган даромадларни легаллаштириш жинояти учун жавобгарликни баҳоланг ва фикрингизни ҳуқуқий асосланг
Жиноий фаолиятнинг давомийлиги ва ундан олинган даромадларни легаллаштириш жинояти учун жавобгарликни баҳоланг ва фикрингизни ҳуқуқий асосланг
Download 33.61 Kb.
|
Legalizatsiya
Жиноий фаолиятнинг давомийлиги ва ундан олинган даромадларни легаллаштириш жинояти учун жавобгарликни баҳоланг ва фикрингизни ҳуқуқий асосланг.
Mazkur kasuzga to’xtalishdan oldin Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati tahil qiladigan bo’lsak, ushbu jinoyat kodeksining jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar bo’limiga kiradi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – mulk (pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek, bunday pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag’lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash tushuniladi.1 Jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni o‘tkazishdeganda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar bilan banklarda bank bilan tuzilgan omonat shartnomasiga binoan biron-bir moliyaviy operatsiya o‘tkazilishini tushunishimiz mumkin. Jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni aylantirishdeganda esa, jinoiy faoliyatdan olingan mol-mulkka qonuniy tus berish maqsadida unga egalik qilish, foydalanish, uni tasarruf qilish uchun oldi-sotdi, almashtirish, sovg’a qilish va fuqarolik huquqiy bitimlar tuzish, qonuniy tadbirkorlik yoki ishlab chiqarish tuzilmasini tashkil etish yoxud ular faoliyatining ishlab turishini ta’minlashga sarflanishi tushunilishi kerak. Jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni almashtirishbu jinoiy faoliyatdan o‘zbek so‘mida olingan daromadlarni boshqa chet el valyutasiga konvertatsiya qilish hisoblanadi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining tarkibiy qismlari quyidagilarni o’z ichiga oladi. Ushbu jinoyatning bevosita obyektiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, uning bevosita obyektida davlatning iqtisodiy faoliyati sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni va jamoat xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarni ko’rishimiz mumkin. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining predmetiga esa jinoiy faoliyat oqibatida aybdor tomonidan qo‘lga kiritilgan daromadlar, ya’ni mulk (pul mablag’lari yoxud boshqa ashyolar) kiradi. Bundantashqari mazkur jinoyat predmeti sifatida talon-toroj qilish, kontrabanda, tovlamachilik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, fohishaxona ochish yoki saqlash, pornografiya materiallarini tayyorlash yoki tarqatish kabi jinoyatlarni sodir etish oqibatida olingan ashyolarni ham kiritishimiz mumkin. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati obyektiv tomondan jinoyat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek, bunday pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag’lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash kabi harakatlarda ifodalanadi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 243-moddasidanazarda tutilgan jinoyat shu modda dispozitsiyasida keltirilib o‘tilgan harakatlardan birontasi amalga oshirilgan etilgan paytdan e’tiboran tugallangandeb topiladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati subyektiv tomondanto‘g’ri qasdorqali amalga oshiriladi. Ushbu jinoyatni sodir etish motivi va undan ko‘zlangan maqsad jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi. Jinoyatning asosiymaqsadijinoiy faoliyatdan oqibatida qo’lga kiritilgan daromadlarni oshkorlashtirishdir. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatning subyekti16 yoshga to‘lgan, aqli raso va jinoiy faoliyat natijasida qo’lga kiritilgan daromadlarni oshkorlashtirishda ishtirok eta oladigan jismoniy shaxs hisoblanadi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi: maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat; ichki nazorat; mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar; tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar. Download 33.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling