Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida
III. PUL MABLAG‘LARI YOKI BOShQA MOL-MULK BILAN BOG‘LIQ OPERATSIYALAR VA ULARNI AMALGA OShIRUVChI TAShKILOTLAR
Download 49.25 Kb.
|
bank huquqi
III. PUL MABLAG‘LARI YOKI BOShQA MOL-MULK BILAN BOG‘LIQ OPERATSIYALAR VA ULARNI AMALGA OShIRUVChI TAShKILOTLAR
11-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan o‘z mulkiy huquqlari va majburiyatlarini belgilashga, o‘zgartirish yoxud tugatishga qaratilgan harakatlari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalardir. 12-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir: banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari; investitsiya fondlari, depozitariylar va boshqa turdagi investitsiya institutlari; birjalar; sug‘urtalovchilar; lizing xizmati yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar; pochta aloqasi tashkilotlari; lombardlar; lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi tashkilotlar; notarial idoralar (notariuslar). 13-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar, agar ularning summasi operatsiya bajarilayotgan kundagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining to‘rt ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lsa hamda quyidagi turlarda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, majburiy nazorat qilinishi kerak: ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish; bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi ko‘lamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish; pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish va pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi; bank omonatlariga pul mablag‘larini naqd holda kiritish; pul mablag‘larini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan o‘chirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi bo‘lmasa; pul mablag‘larini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar bo‘yicha olishi; jismoniy shaxs qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga olishi; jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini naqd holda kiritishi; uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga pul mablag‘larini naqd holda joylashtirish; chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish; bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish; mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish; kredit (zayom) berish yoki olish; qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qo‘yish; sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lash yoki sug‘urta mukofoti olish; lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynalganda yutuq olish. 13-moddaning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-94-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ayrim moddalarining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqida”gi Qonuniga muvofiq 2013-yilning 1-yanvariga qadar to‘xtatilgan. 14-modda. Alohida hollarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar Ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiq belgilanganidan kamroq summadagi pul mablag‘lari yoki mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya, shu operatsiyaning taraflaridan biri: terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs; terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs; terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoki tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud bo‘lsa, majburiy nazorat qilinishi kerak. 14-moddaning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-94-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ayrim moddalarining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqida”gi Qonuniga muvofiq 2013-yilning 1-yanvariga qadar to‘xtatilgan. 15-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning majburiyatlari Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilarni bajarishlari shart: pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxsni identifikatsiyalash; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni, yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran ikki ish kuniga to‘xtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish. Operatsiyani to‘xtatib turish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining ko‘rsatmasi bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot to‘xtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishaveradi; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar amalga oshirilishi haqida shu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan kunning o‘zida maxsus vakolatli davlat organiga axborot (hujjatlar) taqdim etish; o‘z ichki nazorat tizimini joriy etish. 15-moddaning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-94-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ayrim moddalarining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqida”gi Qonuniga muvofiq 2013-yilning 1-yanvariga qadar to‘xtatilgan. 16-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarishni rad etish Identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etmagan yuridik yoki jismoniy shaxslarga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar mazkur operatsiyalarni bajarishni rad etadi, yuridik yoxud jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish operatsiyalari bundan mustasno. 17-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq chet el valyutasidagi operatsiya Agar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya chet el valyutasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, uning milliy valyutadagi miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Download 49.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling