Jinoyat huquqi oraliq savollarga javoblar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi vazifalari nimalardan iborat?
Jinoyatlar o’z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra qanday tasniflanadi?
Download 30.49 Kb.
|
Jinoyat huquqi oraliq savollarga javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy xavflilik darajasi
- Jinoyatlarni tasniflash
- 9. Jinoyatlarni sifat ko’rsatkichlari va miqdor ko’rsatkichlariga ko’ra tasniflash nima Aniq bir javob yo’q
8. Jinoyatlar o’z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra qanday tasniflanadi?
Ijtimoiy xavflilik xususiyati – alohida olingan jinoyatning ijtimoiy holati bo‘lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi va ushbu ijtimoiy munosabatlarga qarshi qaratilgan tajovuzlar, zararning tarkibi, joyi, qadriyatlar tizimida tutgan o‘rni, ayb shakllari bilan bog‘liq bo‘ladi. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz obyekti (inson hayoti, sog’lig’I, mulk, jamoat xavfsiligi) hamda ayb shakliga (qasd, ehtiyotsizlik) qarab belgilanadi. Ijtimoiy xavflilik darajasi – bu ijtimoiy xavflilik darajasi bir xil bo‘lgan jinoyatlarning qiyosiy xavflilik darajasi ifodasidir. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy niyatning amalga oshirilganlik darajasi va bosqichlari, jinoyatni sodir etish usuli, zarar miqdori va kelib chiqqan oqibatlar og’irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi. Jinoyatlarni tasniflash – jazo tayinlash, jazoni o’tash, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, jazodan ozod qilish va boshqalarda e’tiborga olinadi. JK 15-moddasida jinoyatlar quyidagicha tasniflangan: Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan; Uncha og’ir bo’lmagan; Og’ir; O’ta og’ir jinoyatlar. 9. Jinoyatlarni sifat ko’rsatkichlari va miqdor ko’rsatkichlariga ko’ra tasniflash nima? Aniq bir javob yo’q 10. Fakultativ obyekt deganda nima tushuniladi? Uning qo’shimcha obyektdan farqli jihatlarini ayting. Qo‘shimcha obyekt – JK Maxsus qismi tegishli moddalari bilan qo‘riqlanadigan asosiy obyektga tajovuz qilish natijasida xavf ostida qoladigan ijtimoiy munosabat turi. Bunday chegaralash obyektning muhimlik darajasiga ko‘ra emas, balki maxsus obyekt bilan bog‘liqligiga qarab amalga oshiriladi. JK 164- moddasidagi bosqinchilik jinoyatida asosiy obyekt mulk huquqini tashkil etib, bu modda JK Maxsus qismining «o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish» deb nomlangan bobida joylashganligi uchun qo‘shimcha obyekt bo‘lib, shaxs, uning hayoti va sog‘ligi hisoblanadi. Yoki, masalan, JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatida tajovuz ikkita obyektga qaratiladi: shaxsning sog‘liqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabat va shaxsning hayotini ta’minlovchi ijtimoiy munosabat. Bu obyektlarga nisbatan tajovuzning bo‘lmasligi moddaning aynan shu qismi va shu bandidagi jinoyat tarkibini istisno qiladi. Jabrlanuvchining o‘limi bir tomondan qo‘shimcha obyekt, ikkinchi tomondan aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishi oqibati hisoblanadi. Qo‘shimcha obyekt qilmishning kvalifikatsiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ahamiyatga ega. Masalan, bosqinchilik jinoyatining qo‘shimcha obyekti uni mulkka qarshi qaratilgan jinoyatning boshqa bir turi – talonchilikdan farqlash imkoniyatini beradi. Jinoyatning fakultativ obyekti – alohida olingan jinoyatning asosiy obyektiga (ba’zan qo‘shimcha) tajovuz qilishda zarar yetkazilishi mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ijtimoiy munosabat turi. Fakultativ obyekt jinoyat tarkibining zaruriy elementi emas va jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda jinoyat sodir qilinganida unga zarar yetkaziladi, boshqa hollarda esa yo‘q, ya’ni biror-bir jinoyat sodir qilinganida obyektning bu turi mavjud bo‘lishi yo bo‘lmasligi ham mumkin. Fakultativ obyektga zarar yetkazish aybdorga jazo tayinlashda va yetkazilgan zararni qoplashda hisobga olinadi. Download 30.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling