Jinoyat huquqi oraliq savollarga javoblar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi vazifalari nimalardan iborat?


Jinoyat qonunining vaqt bo’yicha amal qilish masalasini yoritib bering


Download 30.49 Kb.
bet3/5
Sana05.11.2023
Hajmi30.49 Kb.
#1749171
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jinoyat huquqi oraliq savollarga javoblar

4. Jinoyat qonunining vaqt bo’yicha amal qilish masalasini yoritib bering.
Asos: JK 13-modda

5. Jinoyat va ijtimoiy xavfli qilmish tushunchalarini ayting.
Asos: 14-modda Jinoyat tushunchasi
Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Ushbu Kodeks bilan qo’riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
Nazariy javob:
Jinoyat – jinoyat huquqi fanining asosiy kategoriyasi. Ushbu tushunchaning mohiyatini aniqlash prinsipial ahamiyatga ega.
Jinoyat huquqi nazariyasi va qonunchiligida keltirilgan jinoyat tushunchasida ikkita metodologik yondashuv bo‘lib, ularni shartli ravishda formal va moddiy yondashuvlar deb atashimiz mumkin.
Formal yondashuv – tarixan birinchi. Bunda jinoiy qilmish jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlanadi, lekin bu taqiqning sabablari ko‘rsatilmaydi.
Moddiy yondashuv jinoyatni shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflaydi. Formal yondashuvdan farqli o‘laroq ushbu yondashuv jinoyatni jamiyatga zararligi nuqtai nazaridan baholaydi va u yoki bu qilmishni jinoyatlar qatoriga kiritgan qonun chiqaruvchi organning maqsadini aniqlashga harakat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonuni asosli ravishda ikkala yondashuvni ham o‘z ichiga oladi.

6. Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra tasniflashda qanday mezon asos qilib olingan?
Asos: JK 15-modda
Nazariy javob:
JK 15-moddasi ko‘rsatilgan jinoyatlarni aniq tasniflashga, ya’ni ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra ularni to‘rt turga ajratishga yordam beradi.
Yana bir bor shuni ta’kidlab o‘tish joizki, jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati uning sifat belgisini ifodalaydi. Uni aniqlashning asosi sifatida tajovuz obyektining ahamiyati, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar (moddiy, jismoniy, ma’naviy va boshqalar) xizmat qiladi.
Masalan, bir turdagi jinoyat obyektiga tajovuz qiluvchi jinoiy qilmishning xususiyati ham bir xildir (masalan, shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga yoki davlat xavfsizligi va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi jinoyatlar).

Download 30.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling