Jinoyat huquqi oraliq savollarga javoblar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi vazifalari nimalardan iborat?


Download 30.49 Kb.
bet4/5
Sana05.11.2023
Hajmi30.49 Kb.
#1749171
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jinoyat huquqi oraliq savollarga javoblar

Ijtimoiy xavflilik darajasi — bir xususiyatdagi jinoyatlar ijtimoiy xavfliligining miqdor ko‘rsatkichidir. Uni aniqlashda yetkazilgan zarar miqdori, jinoyat sodir etish usuli, ayb shakli, motiv va maqsad hamda boshqa holatlar hisobga olinishi mumkin.
Ushbu ikki aspektning bitta jinoyat-huquqiy mezonga birlashishi JK Maxsus qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni tasniflashga yordam beradi. Bular: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar (JK 15-moddasi 1-qismi).

7. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi va huquqqa xilofligi kabi belgilarining o’zaro nisbati qanday?
JK 14-moddasi 1-qismi O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoyat tushunchasining umumiy tavsiflarini o‘z ichiga oladi. Eng avvalo, ushbu moddada jinoyat tushunchasining asosiy belgi va alomatlari belgilanganki, ularga qarab u yoki bu qilmishning ijtimoiy xavfliligi yoki ijtimoiy foydaliligini aniqlab olish mumkin.
Ushbu tavsifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilarini ko‘rsatish mumkin:
– ijtimoiy xavflilik;
huquqqa xiloflik;
– aybning mavjudligi;
– jazoga sazovorlik.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi – sodir qilingan qilmish jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki shunday zarar yetkazish real xavfini tug’dirishi mumkinligini anglatadi. Ijtimoiy xavflilik umumjamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan shaxsning xulq-atvorini baholashga imkon beruvchi jinoyat-huquqiy muhofaza obyektlariga zarar keltiruvchi obyektiv xususiyatni ifodalaydi.
Huquqqa xiloflik deganda, qilmishni Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari orqali taqiqlash tushuniladi, ya’ni shaxs jinoyat qonuni taqiqlagan harakatni sodir qiladi yoki qonunda bajarilishi shart deb ko‘rsatilgan harakatni bajarmaydi (harakatsizlik).
Huquqqa xiloflik obyektiv va nisbatan mustaqil tabiatga ega. Qilmishning darajasi va zararini tavsiflovchi moddiy belgi hisoblangan ijtimoiy xavflilikdan farqli ravishda huquqqa xiloflikni jinoiy javobgarlikning formalligini ifodalovchi jinoyat qonunining buzilishi sifatida baholash kerak.
Ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflik belgilari birgalikda qilmishning jinoiyligini va u uchun javobgarlik asosini belgilovchi omil hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy xavfli bo‘laturib jinoyat qonunini buzmagan yoki jinoyat qonuni normalarini buzgani holda ijtimoiy xavflilik alomatlari mavjud bo‘lmagan qilmishga nisbatan jinoiy javobgarlikni qo‘llab bo‘lmaydi.
Jinoyat tushunchasini izohlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflik jinoyatning asosiy va bir-biriga aloqador belgilari ekanligini ko‘rish mumkin. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik belgisining mavjud emasligi, o‘z navbatida, huquqqa xiloflikning mavjud emasligini bildiradi, ya’ni faqat jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli deb topilgan qilmishlargina huquqqa xilof hisoblanadi. Qilmishning jinoyat huquqiga xilof deb topish asoslari bo‘lib, bunday qilmishning ijtimoiy xavfliligi, u yoki bu qilmishga aynan jinoyat-huquqiy vositalar bilan ta’sir etishning umumiyligi hisoblanadi. Jinoiy huquqqa xiloflik qilmishga ijtimoiy xavflilik darajasini berib, aynan shu daraja orqali qilmish jinoyat tavsifini oladi. Jinoyatning moddiy belgisi ijtimoiy xavflilik bo‘lsa, jinoyatning formal belgisi huquqqa xiloflik hisoblanadi.


Download 30.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling