Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Download 57.2 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Jinoyat huquqi predmeti
- NOTA BENE! Jinoyat huquqi predmeti
- Jinoyat huquqi predmetini aniqlash
birinchidan, faqat jinoyat huquqigina qilmishning jinoiyligi va jazoga loyiqligini, jinoiy javobgarlik asosini, jazo qo‘llash hamda jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishni belgilovchi huquqiy normalar uchun yagona qonuniy manba sifatida namoyon bo‘ladi;
ikkinchidan, jinoyat huquqi o‘zining tartibga solish predmetiga ega bo‘lib, ushbu huquq sohasining predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlar jinoiy qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladi; uchinchidan, jinoyat huquqi maxsus tartibga solish uslubiga ega bo‘lib, bunday uslublar va ularning harakatiga ta’sir etuvchi yuridik faktlar boshqa huquq sohalari uchun xos emas. 2. Jinoyat huquqi predmeti Har bir huquq sohasining predmeti va metodlari uning boshqa huquq sohalaridan farqlarini ko‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi.
Jinoyat huquqining predmeti deganda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga xavf soluvchi jinoiy qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Jinoyat huquqi predmetini aniqlash bu – jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasini belgilash demakdir. Keng ma’noda jinoyat huquqining predmeti deganda, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda jinoyat huquqi nor-malarining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish tartibi tushuniladi4. Ijtimoiy munosabatlarni yuridik tartibga solishning normativ asosini jinoyat huquqi normalari tashkil etadi. O‘zining ijtimoiy munosabat-larni tartibga solishdagi ahamiyatiga ko‘ra jinoyat huquqi normalari: a) tartibga solish (regulyativ); b) muhofaza qilish; c) ogohlantirish; d) tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Jinoyat huquqining predmeti bo‘lib ijtimoiy salbiy (zarar keltiruvchi), ya’ni jinoiy tajovuz vaqtida vujudga keladigan jamiyat manfaatlariga zarar keltiruvchi munosabatlar hisoblanadi. Bunday ijtimoiy munosabatlar jinoyat sodir etish fakti (yuridik fakt) bilan yuzaga kelib, jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinganidan keyin jinoyat huquqiy munosabatlar shaklini oladi. Demak, jinoyatning sodir etilishi jinoyat huquqiy munosabatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi yuridik faktdir. O‘z navbatida jinoyat huquqiy munosabatlarning: ikki tomonlamalik tegishlilik (taalluqlilik) absolut imperativlik kabi xususiyatlarga egaligi uning boshqa huquq sohalarining predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabarlardan farqlov-chi asosiy belgisi hisoblanadi. Jinoyat huquqiy munosabatlarning ikki tomonlamalik xususiyati shuni anglatadiki, bunday ijtimoiy munosabatlarda bir tomondan - davlat o‘zining huquqni muhofaza qiluvchi organlari orqali ishtirok etsa, boshqa (ikkinchi) tomondan esa - jinoyat sodir etgan shaxs qatnashadi. Jinoyat huquqiy munosabatlarning imperativligi (qat’iyligi) uning qonun bilan qat’iy o‘rnatilganligi va davlat tomonidan belgilan-gan normalarning bajarilishi qat’iyligini bildiradi. Jinoyat huquqi predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlar-ning taalluqliligi - umummajburiy munosabatlardan aynan qaysi munosabatlarning jinoyat huquqi normalari tomonidan tartibga solinishini bildiradi. Jinoyat huquqiy munosabatlarning yana bir o‘ziga xos xususiyat-laridan biri uning absolutligi bo‘lib, bunday ijtimoiy munosabatlarda davlat ikkinchi tomonga nisbatan ustunlik mavqeiga ega bo‘ladi. Bizga ma’lumki, huquq nazariyasida ikki turdagi: salbiy (retrospektiv), ya’ni sodir etilgan huquqbuzarlikning oqibati sifatida vujudga keluvchi; ijobiy (prospektiv), ya’ni ijtimoiy foydali va qonunda ruxsat berilgan xatti-harakat (faoliyat) natijasida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlar nazarda tutiladi. Bunday turdagi ikkala ijtimoiy munosabatlar ham jinoyat huquqining tartibga solish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Salbiy ijtimoiy munosabatlar o‘z-o‘zidan ma’lumki, jinoiy qilmish sodir etilishi bilan yuzaga kelib, jinoyatchini jinoiy javobgarlikka tortish va uning qilmishiga yarasha jazo tayinlash bilan bog‘liq Ikkinchi guruh, ya’ni ijobiy munosabatlar esa davlat tomonidan belgilangan jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi, jamiyat uchun foydali xatti-harakatlar natijasida yuzaga kelib, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish hamda cheklangan tarzda jazo qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, ular jinoyat huquqining "qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar", "shartli hukm qilish", "jinoiy javobgarlikdan ozod qilish", "jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish", "amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish" kabi institutlari bilan tartibga solinadi5. Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyat huquqining predmeti sifatida ko‘proq jazolash sanksiyalari bilan bog‘liq salbiy munosabatlarni ko‘rish mumkin. B.T.Razgildyayevning fikriga ko‘ra esa, "jinoyat huquqining vazifasi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish emas, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga sola olmaydi, bu huquq sohasi ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qiladi, xolos"6. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki barcha huquq sohalari kabi jinoyat huquqi ham o‘zining predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Jinoyat huquqi tartibga soluvchi predmet hisoblangan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish bilan birga ularni muhofaza qilish funksiyasini ham bajaradi. Download 57.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling