Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi


Jinoyat huquqining vazifalari davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati orqali amalga oshiriladi


Download 57.2 Kb.
bet6/15
Sana13.04.2023
Hajmi57.2 Kb.
#1349813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)

Jinoyat huquqining vazifalari davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati orqali amalga oshiriladi. Uning asosiy mazmuni jinoyat qonunining amalda qo‘llanilishi taktikasi va strate-giyasini belgilash hamda jinoyatchilikning oldini olishning ijtimoiy-huquqiy choralarini ishlab chiqish va amalda qo‘llanishida ifodalana-di. Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosatning asosiy qoidasi jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini amalga oshirishidan iboratdir. Bunday siyosat qonun talablariga to‘la va so‘zsiz rioya qilish, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga asoslan-gan holda amalga oshirilishi kerak.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati:
birinchidan, o‘ta og‘ir jinoyatlarga qarshi kurash ishini muttasil ravishda olib borish va og‘ir jinoiy tajovuz sodir qilgan, jinoyat huquqiy taqiqlarni bir necha marotaba buzgan, retsidiv jinoyat sodir etgan shaxslarga hamda uyushgan guruh va jinoiy uyushma rahbarlari, ularning faol ishtirokchilariga nisbatan qattiq jazo choralarini qo‘llash;
ikkinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar uchun jinoiy repressiya choralarini kamaytirish, og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir qilgan shaxslarga nisbatan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan shaxslarga yoxud qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfini yo‘qotganligi munosabati bilan shaxslarga nisbatan jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralarini qo‘llash, shartli hukm qilish, jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish kabi choralarni qo‘llash tendensiyalariga asoslanadi. Shuningdek, jinoyat qonunida jinoyat sodir qilgan voyaga yetmaganlarga nisbatan ancha yengil jazo choralarini qo‘llash nazarda tutilgan.
5. Jinoyat huquqi fani va uning predmeti




Download 57.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling