Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Jinoyat huquqining vazifalari (funksiyalari)
Download 57.2 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi.
4. Jinoyat huquqining vazifalari (funksiyalari)
Jinoyat huquqining vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida aniq belgilangan bo‘lib, kodeksning 2-moddasiga ko‘ra, jinoyat huquqining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun kodeks javobgarlik asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi. Bizga huquq nazariyasidan ma’lumki, har bir huquq sohasi o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni ma’lum bir o‘ziga xos funksiyalar orqali amalga oshiradi. Yuqorida jinoyat qonunida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar jinoyat huquqining quyidagi: Tartibga solish (regulyativ). Muhofaza qilish (negativ). Oldini olish (profilaktik). Tarbiyaviy funksiyalari orqali bajariladi. Jinoyat huquqi o‘zining tartibga solish funksiyasi orqali jinoyat qonunida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish maqsadida jinoyat huquqiy normalar orqali shaxsning xatti-harakatlariga ta’sir etadi. Bu funksiya orqali ma’lum bir xatti-harakatlar taqiqlab qo‘yiladi ("o‘g‘ri-lik qilma", "bosqinchilik qilma"). Tartibga solish funksiyasi orqali jinoyat huquqi jinoyat sodir etilganidan keyin vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi. Jinoyat ko-deksi 2-moddasiga muvofiq, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash vazifasini bajarishga qaratilgan. Jinoyat huquqi o‘zining ushbu vazifasi orqali Jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan obyektlar va ularning muhimligi jihatdan ketma-ketligini belgilab bergan. Ya’ni jinoyat-huquqiy muhofaza obyektlariga: shaxs, uning huquq va erkinligi; jamiyat va davlat manfaatlari; mulk; tabiiy muhit; tinchlik; insoniyat xavfsizligi kiradi. Quyidagilar jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasini hal etish vositalari hisoblanadi: jinoiy javobgarlik asoslari va prinsiplarini o‘rnatish; jinoiy qilmishlar chegarasini, ya’ni jinoyat deb hisoblanuvchi qilmishlar doirasini belgilash; jinoiy qilmishlar uchun jazo va boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini belgilash.9 Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: aktiv va passiv. Jinoyat huquqiy muhofaza qilishning passiv yo‘li jinoyat qonuni-ning qabul qilinishi, e’lon qilinishi va kuchga kirishi faktining o‘zi bilan хususiyatlanadi. Bunda jinoyat qonunchiligida belgilangan ji-noyatlar doirasi va ular uchun jinoiy javobgarlikning o‘zi bilan jinoyat huquqi muhofaza qiluvchi obyektlarga tajovuz qilinishining oldi olinadi. Aktiv yo‘li jinoyat sodir etilganidan keyin jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilishda ifodalanadi. Jinoyat huquqining oldini olish funksiyasi orqali ushbu huquq sohasining yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi bajariladi10. Jinoyat huquqining oldini olish funksiyasini ikkiga: Umumiy va Maxsus funksiyalarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Download 57.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling