Jinoyat huquqi va kriminologiya
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “JINOYAT HUQUQI VA KRIMINOLOGIYA” KAFEDRASI
- Ilmiy rahbar
- II BOB. BEZORILIK JINOYATINING YURIDIK TAHLILI
- III BOB. JAVOBGARLIKNI OG’IRLASHTIRUVCHI HOLATLARIDA SODIR ETILADIGAN BEZORILIK JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISH
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
- Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Mavzuning o`rganilganlik darajasi.
- Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi
1
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
“JINOYAT HUQUQI VA KRIMINOLOGIYA” KAFEDRASI
mavzusida yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISH
4-kurs “Jinoyat-huquqiy faoliyat” yo`nalishi talabasi Ibrohimov Abrorbek Akromjon o`g`li Ilmiy rahbar: “Jinoyat huquqi va
kriminologiya” kafedrasi kata o`qituvchisi Kamalova Dildora
2
MUNDARIJA KIRISH ........................................................................................................................... 3 I BOB. BEZORILIK JINOYATINING UMUMIY TAVSIFI ............................ 7 1.1. Bezorilik jinoyati tushunchasi va uning jinoyat-huquqiy belgilari ........... 7 1.2. Bezorilik uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonuni normalarining rivojlanish tarixi ................................................................................................... 12
........................ 15 2.1. Bezorilik jinoyatining obyektiv belgilari ............................................... 15 2.2 Bezorilik jinoyatining subyektiv belgilari .............................................. 25 III BOB. JAVOBGARLIKNI OG’IRLASHTIRUVCHI HOLATLARIDA SODIR ETILADIGAN BEZORILIK JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISH VA JAZO TAYINLASH MASALALARI ....................................................................... 34 3.1. Javobgarlikni og`irlashtiruvchi holatida sodir etiladigan bezorilik jinoyatining umumiy tavsifi.................................................................................. 34 3.2. Bezorilik jinoyati uchun jazo tayinlash masalalari ................................. 46
....................................................................................................................... 51 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI ........................................... 54 ILOVA ........................................................................................................................... 59
3
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O`zbekiston jamiyati rivojlanishining hozirgi zamon bosqichida inson, uning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari oliy qadryat sifatida tan olingan. Inson huquqlari ustuvorligi jamiyatda yashash qoidalariga rioya etishda fuqarolar o`rtasida xayrixoh munosabatlar yo`lga qo`yilishini, voyaga yetib kelayotgan avlodni tarbiyalashda g`amxo`rlarcha munosabatda bo`lishni, aholi salomatligini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratib berishni zaruratga aylantiradi. Bu esa, o`z navbatida, fuqarolar tomonidan jamiyatdagi xulq-atvor, xavfsizlik qoidalariga va aholi salomatligini saqlashga qaratilgan qoidalarga rioya etilishini taqozo qiladi. Darhaqiqat, o`z istiqlol va taraqqiyot yo`liga ega bo`lgan yurtimizda inson huquqlarini kafolatlovchi ko`plab me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, amalda o`z ijrosini topmoqda. Shu bilan bir qatorda, sud-huquq sohasidagi islohotlarning ham asosiy maqsadi, inson huquq va erkinliklarni mustahkamlashga qaratilgandir.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichidagi eng muhim yo`nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, inson huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir” 1 . Shu o`rinda aytish mumkinki, sud-huquq tizimini isloh qilish o`z navbatida, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirishga qaratilgan bir qancha vazifalarni amalga oshirishni ham taqozo etadi. Bu vazifalar qatoriga jinoyat qonunchiligida belgilangan jamoat tartibi jinoyatlar uchun javobgarlik asoslari va uning o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish ham kiradi. Birinchidan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi “Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar” qatorida bezorilik jinoyati ijtimoiy xavfli jinoyatlar turkumiga
1 Karimov I.А. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. T.19. –Toshkent: O’zbekiston, 2011. – 360 b. 15-16.
4
kirgan bo`lib, ushbu jinoyatni oldini olish choralari ishlab chiqilgan bo`lsa-da, bu jinoyatni jiddiy kamaytirishga haligacha erishilgani yo`q. Bezorilik jinoyati ham jamiyatdagi umume’tirof etgan huquq va axloq meyorlariga asoslangan munosabatlarga bepisand, surbetlarcha munosabatda bo`lib, bu ham o`z navbatida insonning hayotiy muhim huquq va erkinliklariga putur yetkazadi. Binobarin, “Bezorilik” jinoyati sud-tergov amaliyotida ko`p sodir etiladigan jinoyatlardan biri hisoblanadi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi statistik ma’lumotlarga ko`ra, 2011-yilda 3461 ta, 2012-yilda 2951 ta, 2013- yilda 2774 ta, 2014-yilda 2473 ta, 2015-yilda 2159 ta bezorilik jinoyati sodir etilgan bo`lib, uning katta qismi 16 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan shaxslar sodir etadilar. Voyaga yetmaganlar tomonidan 2014-yilda 126 ta, 2015-yilda 116 ta bezorilik jinoyati sodir etilgan. Ikkinchidan, bezorilik jinoyati motiv va maqsadi turlicha bo`lib, bu jinoyatni sodir etishda aybdorning motiv va maqsadini to`g`ri aniqlanishi, jinoyatni to`g`ri kvalifikatsiya qilish va aybdorga nisbatan jazoni to`g`ri tayinlashning asosi bo`lib xizmat qiladi. Chunki, amaliyotda bezorilik jinoyatini noto`g`ri kvalifikatsiya qilish holatlari uchramoqda. Bu xato va kamchiliklardan biri bezorilik motivini noto`g`ri talqin qilishdir. Bezorilik jinoyatini to`g`ri kvalifikatsiya qilishda, bezorilik motivini to`g`ri belgilash muhim vazifa hisoblanadi. Uchinchidan, bezorilikning obyektiv va subyektiv belgilarini bezorilik jinoyatiga bog`lagan holda, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Biz tadqiq qilayotgan jinoyat moddiy tarkibli jinoyat bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasida ko`rsatilgan jinoiy oqibat yuz berishi bilan tugallangan hisoblanadi. Yuqorida bayon etilgan tushunchalar hamda fikr-mulohazalar jamuljam holda tanlangan mavzuning dolzarbligini, shuningdek, uni chuqur o`rganish zaruratini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi bezorilik jinoyatining jinoyat-huquqiy belgilarini to`liq tahlil qilish va bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari hamda ushbu jinoyat uchun jazo tayinlash
5
muammolarini yoritish orqali bezorilik jinoyatining huquqiy normasini jinoyat qonunchiligi va sud-tergov amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar berishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ishi doirasida quyidagi
- bezorilik jinoyatining tushunchasi va belgilarini yuridik tahlil qilish; - bezorilik jinoyati uchun jinoiy javobgarlik masalalarining tarixiy bosqichlarini qiyosiy tahlil qilish yordamida o`rganish; - bezorilik jinoyati tarkibini yuridik tahlil qilish yordamida uning obyektiv va subyektiv tomonlarini boshqa jinoyatlardan farqlash; - bezorilik jinoyati uchun jinoiy javobgarlik masalalarini tahlil qilish hamda shu xusisida ayrim muammolarni o`rganib chiqish; - bezorilik jinoyatidagi og`irlashtiruvchi holatlarini aniqlash va tahlil qilish; - javobgarlikni og`irlashtiruvchi holatlarida bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash masalalarini yoritish; - O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalarini yoritish;
o`rnatilgan axloq-odob qoidalari va shu qoidalar zamirida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar hamda shaxsning sog`lig`i hamda uning mulk huquqiga oid munosabatlar hisoblanadi. Tadqiqot predmeti. Tadqiq etilayotgan bezorilik jinoyatiga oid qonun normalari, ilmiy maqola, ushbu turdagi jinoyatga oid sud hujjatlari, arxiv hujjatlari, xorijiy mamlakatlarning shu turdagi jinoyatni tartibga soluvchi qonun hujjatlari hamda shunga o`xshash huquq normalari tadqiqot predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bezorilik jinoyatining O`zbekiston Rspublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasiga kiritilmagan obyektiv hamda subyektiv tomon belgilarini amaliy va nazariy tahlil qilish. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish bilan bog`liq muammolarni amaliy va nazariy jihatdan bitiruv malakaviy ishi darajasida
6
o`rganish, ushbu jinoyatni kvalifikatsiya qilishda uning jinoiy-huquqiy belgilarining ahamiyatini yoritgan holda amaldagi qonun
hujjatlarini takomillashtirishga, sud-tergov amaliyotini yanada yaxshilashga harakat qilish.
nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, unda bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalarining umumiy shartlarini o`rganish doirasida O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va shu turdagi jinoyatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi normalarni takomillashtirishda, shuningdek, mazkur tadqiqotda berilgan takliflar va xulosalardan yuridik oliy o`quv yurtlarida jinoyat huquqi bilan bog`liq fanlarni o`qitishda foydalanish mumkin.
masalalarining ayrim jihatlari doimo olimlarning diqqat markazida bo`lib kelgan. Respublikamiz olimlaridan M.H.Rustamboyev., F.Taxirov, P.Bakunov, L.G.Alimov va boshqalar bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalarining ayrim jihatlarini tahlil qilishgan. Bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari oid ilmiy izlanishlar olib borgan va olib borayotgan olimlar Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligida ko`pchilikni tashkil etadi. Ulardan R.D Sharapov, N. Ivanov, Ye.V Bezruchko., Ye.V Tiщenko, V.N.Titov, S.V.Borodin, G.N.Borzenkov, Utanov M.A, S.V.Rastoropov, M.I.Galyukova, S.R.Bobushev, G.Yu.Karimova va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan bo`lib, mavzuni o`rganish mantig`iga mos keladi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, oltita paragrafni o`z ichiga olgan uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati hamda ilovalardan tashkil topgan. Ish hajmi 58 bet.
7
1.1. Bezorilik jinoyati tushunchasi va jinoyat-huquqiy belgilari
O`zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksi Maxsus qismida jinoyatlarning qat’iy ro`yhati berib o`tilgan. Bu jinoyatlar o`zining ahamiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi bilan bir-biridan farqlanadi. Shu jinoyatlar qatorida bezorilik jinoyatining ijtimoiy xavliligi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki, bezorilik jinoyati ko`plab boshqa jinoyatlarni vujudga kelishiga turtki bo`ladi. Jinoyat kodeksi 54-moddasida sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi, deb belgilab qo`yilgan. Jamiyatda sodir etilgan istalgan jinoiy qilmish o`zining ijtimoiy xavflilik darajasi va hususiyatidan kelib chiqib bir-biridan farqlanadi. Ijtimoiy xavli qilmish jinoyat huquqida insonning ijtimoiy munosabatlariga zarar yetkazuvchi tashqi dunyodagi g`ayriqonuniy, ongli, faol yoki passiv xulq-atvoridir. Qilmish har qanday jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Har qanday jinoiy qilmish ijtimoiy xavflidir, qilmishning bunday xavfliligi uning qonun bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishda namoyyon bo`ladi. Ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi, eng avvalo, yetkazilgan zararning hajmi va tajovuz qilingan obyektning qiymati bilan belgilanadi. 1
Ijtimoiy xavflilik jinoyatning qonun chiqaruvchi va huquqni qo`llovchi organlar erki bilan bog`liq bo`lmagan obyektiv belgisidir. Lekin bu toifanining qonun chiqaruvchi va huquqni qo`llovchi organlar uchun ahamiyati shundaki, bu toifa orqali qanday ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat ekanligi belgilanadi.
1
Ametov.A.J, Bezorilikning ijtimoiy xavfliligi // “Jinoyat qonunchiligini takomillashtirish muammolari” ilmiy amaliy konferensiya materiallari to‘plami. Toshkent, 2010. –B 312-315.
8
Ijtimoiy xavflilik quyidagilarga ko`ra belgilanadi: a) jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi; b) yetkazilgan zararning xajmi, xususiyati(xususiyati) va darajasi; c) ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyatlari; d) ayrim holatlarda – jinoyat sodir etgan subyektning xususiyatlari. 1
Bezorilik jinoyati ancha keng tarqalgan jinoyat hisoblanib, u turli-tuman ko`rinishlarda namoyyon bo`ladi. Yuqorida qilmishni ijtimoiy xavflilik darajasiga berilgan ta’riflarda kelib chiqib aytish mumkinki, bezorilikning ijtimoiy xavfliligi shundaki, u jamoat tartibiga jiddiy zarar yetkazadi, og`ir jinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratadi. Bezorilik bilan bog`liq holda ba’zan boshqa og`ir jinoyatlar sodir etiladi. Shuning uchun bezorilikni “jinoyatchilik maktabi” 2 deb atashlari bejiz emas. O`g`rilik, talonchilik, odam o`ldirish va nomusga tegish uchun jazoga hukm qilingan shaxslarni o`rganish ularning yarmidan ko`pi o`z jinoiy yo`lini bezorilik va ichkilikbozlikdan boshlanganini ko`rsatadi. Bezorilik harakatlarining qariyb 90 foizi mast holda sodir etiladi 3 . Demak, bezorilikning vujudga kelishiga ichkilikbozlik ham ma’lum miqdorda ta’sir ko`rsatar ekan. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, mastlik holatida bezorilik sodir etilsa Jinoyat kodeksining 277-moddasining og’irlashtiruvchi holati deb baholanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Demak, bezorilik jinoyatining ijtimoiy xavfliligi, bezorilik jinoyati natijasida jamiyatda o`rnatilgan tartib-qoidalarning buzilishi hamda fuqarolarning sog`lig`i hamda mulkiga zarar yetishida ko`rishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxsning jamiyatdagi huquqiy himoya obyektlariga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazishga real xavf tug`dirishi uning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilaydi.
1 Ветров.Н.И, “Угаловное право”. Обшая часть: Учебник для вузов. – М.: Юнити – Дана, Закон и право, 1999. – С. 48.
2 Н.Иванов, Проблемии квалификации хулиганство // пресс-Москва 2001 г 3 М.O’razaliyaev, Mastlik holatida sodir etilgan jinoyatlar: ularning huquqiy tabiati. // Huquq va burch № 1(109) /2015 B.12 9
Jinoyat kodeksi Maxsus qismida joylashgan jinoyatlar ko`p qismi bezorilik oqibatida sodir etiladi. Bezorilik jinoyatining dispozitsiyasi Jinoyat kodeksi 277- moddasining 1-qismida ko`rsatib o`tilgan bo`lib, unga ko`ra “Bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do`pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o`zganing mulkiga shikast yetkazish yohud nobud qilish ancha miqdorda zarar yetkazish bilan bog`liq holda sodir etilgan bo`lsa”. O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2002-yil 14-iyunidagi “Bezorilikka oid ishlar bo`yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 1-bandida: “Tushuntirilsinki, bezorilik jamoat tartibiga qarshi qaratilgan bo`lib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-do`pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o`zganing mulkiga ancha miqdorda shikast yetkazish yohud ancha miqdorda nobud qilish bilan bog`liq holda sodir etiladi” 1 . Bezorilik jinoyatiga bir qancha adabiyotlarda turlicha ta’riflar berib o`tilgan. Huquqshunos olim P.Bakunovning ta’kidlashicha, “bezorilik uchun jamiyatda o`rnatilgan axloq-odob qoidalarini, inson sha’nini mensimaslik xosdir. Unda o`ta xudbinlik, zo`rlik ishlatish orqali o`zining haqligini qo`pol ravishda buzadigan sifatlar mujassamlashadi.” 2
Darhaqiqat, bezorilik jamiyatga ochiqdan-ochiq hurmatsizlik bo`lib, u shaxsning o`zini atrofdagilarga g`ayriqonuniy qarshi qo`yish, o`zining alohida shaxsiyatini, dag`al kuchini namoyish etishida aks etadi 3 . Bezorilik jinoyatiga berilgan yuqoridagi ta’riflarda ushbu jinoyatning hususiyatlarini to`liq qamrab olmagan. Bizning fikrimizga ko`ra bezorilik jinoyatiga quyidagicha ta’rif berilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi ya’ni bezorilik bu shaxsning o`zi atrofidagi odamlarning sha’ni, qadr-qimmatini oyoq osti qilish natijasida ularning sog`lig`i va mol-mulkiga ma’lum miqdorda zarar yetkazish, shuningdek, jamiyatda o`rnatilgan axloq-odob qoidalarini mensimaslik hamda
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to’plami: (2001-2006-yillar)- O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi. –T.: “Adolat”, 2014-yil. 2 Bakunov.P. Qasddan badanga og`ir shikast yetkazish jinoyati. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2010. B. 42 3 Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. 5-tom. Toshkent. 2011. B.163 10
ularni qasddan buzishga qaratilgan faol hatti-xarakatdir. O`zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksi 14-moddasi 2-qismida “Ushbu kodeks bilan qo`riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoliy xavfli qilmish hisoblanadi” 1 ,-deyilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqib, qilmishda jinoyatning barcha belgilari bo`lsagina u jinoyat deb topiladi. Agar muayyan zararli oqibatning kelib chiqishida shaxsning aybi bo`lmasa, bunday qilmish jinoyat hisoblanmaydi. Jinoyat huquqida bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb aytiladi. Yuqorida jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilarini ajratib ko`rsatish mumkin: 1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi; 2) qilmishning huquqqa xilofliligi; 3) qilmishda aybning mavjudligi; 4) qilmishning jazoga sazovorligi. Birinchi navbatda qonunda jinoyatning belgisi sifatida “qilmishning ijtimoiy xavfliligi”ni belgilab qo`yilgan. Bezorilik jinoyatining ijtimoiy xavflilik hususiyati shundaki, ushbu jinoyat jahonning barcha mamlakatlarida mavjud bo`lib, ushbu jinoyat boshqa jinoyatlarning yuzaga kelishi uchun asosiy mezon vazifasini bajaradi. Bezorilik jinoyatining keyingi belgisi uning huquqqa xilofligi bo`lib, huquqqa xiloflilik – ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini ifodalaydi ya’ni bezorilik jinoyati O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan tartibga solinishini bildiradi. Huquqqa xiloflik jinoiy qilmish tufayli huquqiy normalarning buzilishini ifodalaydi. Huquqqa xiloflik shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko`rsatilgan normalarning buzilishi demakdir.
1 Ikromov.Sh.T, Jinoyat huquqi (darslik). O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014-yil. 89-bet. 11
Demak, xulosa qiladigan bo`lsak, bezorilik jinoyatiham huquqqa xilof bo`lib, uning oqibatida Jinoyat kodeksi Maxsus qismi bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni buziladi. Bezorilik jinoyati qasddan sodir etiladigan ijtimoiy xavfli qilmish bo`lib, ushbu qilmish Jinoyat kodeksi Maxsus qismi bilan tartibga solinadi. Bezorilik jinoyatida qasdning mavjudligi ushbu qilmishda aybning mavjudligini bildiradi. Chunki jinoyat qasdi aybning shakllaridan hisoblanadi. Aybning mavjudligi (aybdorlik) belgisi – qonun chiqaruvchi tomonidan Jinoyat kodeksida jinoyat tushunchasiga aybga jinoyat belgilaridan biri sifatida ta’rif berilgan. Aybning mavjudligi belgisi jinoyat huquqining “ayb uchun javobgarlik prinsipi”dan kelib chiqadi. Jinoyatning jazoga sazovorlik belgisi – har qanday jinoyat uchun jazo tayinlanishining muqarrarligini bildiradi. Jazo esa sud hukmi bilan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasidir. Jinoyat kodeksi 42-moddasiga ko’ra jazoga quidagicha ta’rif berilgan: “Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat tomonidan sud hukmi bilan qo`llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. Demak, jazoga sazovorlik jinoyatning belgisi sifatida jinoyat qonuniga xilof qilmish uchun jazo mavjudligini hamda jinoyat va jazo tushunchalari bir-biri bilan doimo o`zaro aloqadorlikda ekanligini bildiradi. Jazoga sazovorlik Jinoyat kodeksiga tegishli moddalari dispozitsiyasida ko`rsatilgan belgilarning mavjudligi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etan shaxsga nisbatan jinoiy jazo qo`llash lozimligini ko`rsatadi. Xulosa qilib aytganda, jinoyat belgilari qilmishning jinoiyligini belgilovchi asosiy mezon bo`lib, jinoyatning moddiy (tashqi) belgisi – “ijtimoiy xavflilik” bo`lsa, jinoyatning formal belgisi – “huquqqa xiloflilik” deb hisoblanadi, shuningdek,, jinoyatning “aybning mavjudligi” va “jazoga sazovorlik” belgilari huquqqa xiloflilik belgisidan kelib chiqadi.
12
Demak, yuqorida sanab o`tilgan to`rtta belgining barchasi qilmishda bir vaqtning o`zida mavjud bo`lsagina, qilmish jinoyat deb topiladi, va aksincha ana shu belgilardan bittasi bo`lmasa, qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling