Jinoyat huquqi va kriminologiya


a)  badanga  o`rtacha  og`ir  shikast  yetkazib  (JK  277-moddasi  2-qismi  “a”


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana11.06.2020
Hajmi0.73 Mb.
#117119
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari.

a)  badanga  o`rtacha  og`ir  shikast  yetkazib  (JK  277-moddasi  2-qismi  “a” 

bandi); 

Badanga  o`rtacha  og`ir  shikast  yetkazish  sodir  bo`lgan  paytda  hayot  uchun 

xavfli bo`lmaydi va odatdagidek kechganida insonning o`limiga olib kelmaydi. 

Badanga  yetkazilgan  shikastning  xususiyati  va  og`irlik  darajasini  aniqlash, 

odatda,  tibbiyot  organlari  vakolatiga  taalluqli  bo`lib,  O`zbekiston  Respublikasi 

sog`liqni  saqlash  vazirining  1992  yil  21  oktyabrdagi  buyrug`i  bilan  tasdiqlangan, 



44 

 

badanga  yetkazilgan  shikast  og`irligini  sud-tibbiy  yo`sinda  belgilash  qoidalariga 



muvofiq o`tkaziladi.  

Badanga o`rtacha og`ir shikast yetkazishning belgilari quyidagilar: 

- sog`liqning  kamida  yigirma  bir  kun,  biroq  to`rt  oydan  ko`p  bo`lmagan 

davrga yomonlashuvi; 

- umumiy mehnat qobiliyatining o`n foizidan o`ttiz uch foizigacha yo`qolishi

1



b)  ko`p  miqdorda  zarar  yetkazib,  birovning  mukini  nobud  qilib  yoki  unga 

shikast yetkazib (JK 277-moddasi 2-qismi “e” bandi); 

Eng  kam  oylik  ish  haqining  uch  yuz  baravaridan  besh  yuz  baravarigacha 

bo`lgan  miqdorda  zarar  yetkazilishiga  olib  kelgan  birovning  mulkini  qasddan 

nobud  qilish  yoki  unga  shikast  yetkazishda  ifodalaniladigan  bezorilik  jinoyati  JK 

277-moddasi 2-qismining “e” bandi bo`yicha baholanadi.  

Bezorilikning bu ko`rinishi  moddiy tarkib  bilan tuzilgan  va ko`p  miqdordagi 

zarar yetkazilgan paytdan boshlab sodir etilgan hisoblanadi. 

O`zganing  mulkini  nobud  qilish  deganda,  uni  butunlay  yaroqsiz  holga 

keltirish tushuniladi. 

Mulkka  shikast  yetkazish  deganda,  uni  qisman  yaroqsiz  holga  keltirish 

tushuniladi.

2

 



Mulkka shikast  yetkazish  yoki  nobud qilish ko’p  miqdorda  yuz bersa jinoyat 

tugallangan  bo’ladi.  Shunday  holatda  jinoyat  Jinoyat  kodeksining  173-moddasi 

bilan  qo’shimcha  kvalifikatsiya  qilish  mumkin  emas.  Shu  o’rinda  aytish 

mumkinki,  ushbu  jinoyat  normasiga  juda  ko’p  miqdordagi  zarar  me’yorini  ham 

kiritsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.  

c)  ommaviy  tadbirlar  o`tkazilayotgan  vaqtda  (JK  277-moddasi  3-qism  “v” 

bandi); 

Ommaviy  tadbirlar  vaqtidagi  bezorilik  harakati  odamlar  va  butun  jamiyatga 

nisbatan  qo`pol  hurmatsizlik  bilan  ajralib  turadi.  Chunki,  qoidalarni  tan  olmaslik 

va  hurmatsizlik  xulqi  bevosita  bayramlar,  tantanali  namoyishlar,  sayillar  va 

                                                

1

 Ametov. A.J. Bezorilik oqibatida qasddan badanga og`ir shikast yetkazish jinoyati //  O`zbekiston Respublikasi 



Oliy sud Axborotnomasi. – Toshkent. 2012. №2. –B 43-44.  

2

 Rustamboyev. M.X, Jinoyat huquqi  V tom (maxsus qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



45 

 

bayramlarga  bag`ishlangan  yoki  qayg`u  munosabati  bilan  ko`plab  odamlar 



to`plangan  boshqa  tadbirlar  vaqtida  sodir  etiladi.  Ommaviy  tadbirlarda  ko`plab 

odamlar to`planib, ular odatda, jamoat joylarida o`tkaziladi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2002  yil  14  iyundagi 

“Bezorilik ishlari bo`yicha sud amaliyoti to`g`risida” qarorining 10-bandiga ko`ra, 

“Ommaviy  tadbirlar  paytidagi  bezorilik,  ommaviy  tartibsizliklarni  keltirib 

chiqarish tahdidi bilan xavflidir. 



Ommaviy  tadbir  deganda,  belgilangan  tartibda  davlat  ho-kimiyati  va 

boshqaruv  organlari,  jamoat  birlashmalari,  shuningdek,  o`zini  o`zi  boshqarish 

organlari  tomonidan  tashkil  etilgan  rasmiy  tadbir  (bayram  sayllari,  namoyishlar, 

mitinglar, majlislar, saylovlar, xalq hasharlari va hokazo)lar tushuniladi”

1



                                                



1

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi Qarorlari. 1991-1997 yillar // “Sharq”, Т:.1997 y., 43-bet.



 

46 

 

3.2. Javobgarlikni og`irlashtiruvchi holatida sodir etiladigan bezorilik 



jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari 

 

Javobgarlikni  og`irlashtiruvchi  holatlarida  bezorilik  jinoyatini  sodir  etgan 



shaxsning  harakatlarini  kvalifikatsiya  qilish  masalalari  O`zbekiston  Respublikasi 

Oliy  sudi  Plenumining  2002-yil  14-iyundagi  “Bezorilikka  oid  ishlar  bo`yicha  sud 

amaliyoti haqida”gi qarorida atroflicha ko`rsatib o`tilgan. 

Quyida  biz  javobgarlikni  og`irlashtiruvchi  holatlarida  bezorilik  jinoyatini 

sodir  etgan  shaxsning  harakatlarini  kvalifikatsiya  qilish  masalalarini  yoritishda 

Jinoyat  kodeksining  277-moddasi  2-va  3-qismlari  bandlarini  alohida-alohida 

izohlab o`tamiz. 

 Qilmishni  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  2-qismining  "a"  bandi  bilan 

kvalifikatsiya qilish uchun aybdorning jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan 

mensimaslik  bilan  bog`liq  harakatlari  natijasida  jabrlanuvchiga  o`rtacha 

og`irlikdagi shikast yetkazilganligini aniqlash kerak.  

Bezorilik  jinnoyati  tarkibi  qasddan  badanga  o`rtacha  og`ir  shikast  yetkazish 

jinoyatini  o`zida  qamrab  oladi,  shuning  uchun  ham  bezorilik  natijasida 

jabrlanuvchining badaniga o`rtacha og`irlikdagi shikast yetkazilgan bo`lsa, qilmish 

Jinoyat  kodeksining  105-moddasi  birinchi  qismi  bilan  qo`shimcha  kvalifikatsiya 

qilinmaydi.  Agar  bezorilik  natijasida  Jinoyat  kodeksining  105-moddasi  ikkinchi 

qismida  ko`rsatilgan  belgilar  aniqlangan  bo`lsa,  qilmish  Jinoyat  kodeksining  277-

moddasi  ikkinchi  qismining  “a”  bandi  bilan  qamrab  olinmaydi.  Bunday  hollarda 

aybdorning  harakatlari  Jinoyat  kodeksining  105-moddasi  ikkinchi  qismining 

tegishli bandi bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilinadi.

1

 

Bezorilik    bilan  bog`liq  harakatlar  bir  guruh  shaxslar  tomonidan  sodir 



etilganda  qilmish  Jinoyat  kodeksining  277-moddasi  2-qismi  “b”  bandi  bilan 

kvalifikatsiya qilinadi. 

                                                

1

 



Jinoyatlarni  kvalifikatsiya  qilish.  Darslik  (To’ldirilgan  va  qayta  ishlangan  ikkinchi  nashri).  //  R.  Kabulov,  A.A. 

Otajonov va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IVV Akademiyasi, 2012. – 261 b. 

 


47 

 

Bezorilik  harakatlarini bir  guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topish 



uchun  ikki  va  undan  ortiq  shaxsning  bezorilik  harakatlarini  sodir  etishdan  avval 

kelishganligi  yoki  kelishmaganligining  ahamiyati  yo`q.  Bunda  har  bir  ishtirokchi 

tomonidan  jabrlanuvchining  badaniga,  mulkiga  shikast  yetkazilishi  yoki  bezorilik 

jinoyatini  keltirib  chiqaruvchi  boshqa  harakatlarning  sodir  etilgan  bo`lishi  shart 

emas.  Bezorilik  jinoyatini  sodir  etishga  qaratilgan  harakatlar  bir  shaxs  tomonidan 

sodir  etilish  jarayonida  unga  boshqa  shaxslar  shu  maqsadda  kelib  qo`shilganda 

ham bunday jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topiladi.   

Qilmishni  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  2-qismining  "v"  bandi  bilan 

kvalifikatsiya  qilish  uchun  bezorilik  zamirida  sovuq  qurol  yoki  shaxsning 

sog`lig`iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo`lgan boshqa narsalarni namoyish 

qilish  (ko`rsatish)ning  o`zi  yetarlidir.  Bunda  ularni  qo`llashga  nisbatan  taxdid 

bo`lgan-bo`lmaganligining  ahamiyati  yo`q,  biroq  bu  holat  sud  tomonidan  jazo 

tayinlash paytida hisobga olinishi kerak. 

Bezorilik  harakatlarini  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  2-qismining  "g"  bandi 

bilan  kvalifikatsiya  qilishda  sud  aybdorning  aynan  qaysi  harakatlari  o`ta  ketgan 

behayolik deb baholanayotganligini hukmda ko`rsatishi shart. 

Bezorilik  harakatlari  o`taketgan  behayolik  bilan  sodir  etilgan  deb  topish 

masalasini  hal  etish  chog`ida  sud  ishning  muayyan  holatlari  majmuidan  kelib 

chiqishi  hamda  sodir  etilgan  jinoyatning  xususiyati,  vaqti,  joyi  va  shart-

sharoitlarini inobatga olishi lozim. 

Aybdorning  qilmishini  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  2-qismining  "d"  bandi 

bilan  kvalifikatsiya  qilish  uchun  bezorilik  harakatlari  yosh  bolani,  qariyani, 

nogiron  yoki  ojiz  ahvoldagi  boshqa  shaxslarni  xo`rlash  shaklida  sodir  etilgan 

bo`lishi kerak. 

Ko`p  miqdorda  zarar  yetkazish,  birovning  mulkini  nobud  qilish  yoki  unga 

shikast  yetkazish  bilan  bog`liq  holda  sodir  etilgan  bezorilik  Jinoyat  kodeksi  277-

moddasi 2-qismining "e" bandi bilan qamrab olinadi va shuning uchun ham ushbu 

holatni  Jinoyat  kodeksining  173-moddasi  bilan  qo`shimcha  kvalifikatsiya  qilish 

talab qilinmaydi. Xuddi shuningdek, bezorilik oqibatida o`zganing mulkiga shikast 


48 

 

yetkazish  yoki  nobud  qilish  ancha  miqdorda  zarar  yetkazish  bilan  bog`liq  holda 



sodir  etilgan  bo`lsa,  qilmishni  Jinoyat  kodeksi  277-moddasining  1-qismi  bilan 

kvalifikatsiya qilinishining o`zi kifoyadir. 

Aybdorning  harakatini  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  3-qismining  "b"  bandi 

bilan  kvalifikatsiya  qilish  uchun  uning  bezorilik  harakatlari  davomida  o`qotar 

qurolni  namoyish  qilganligi  faktining  o`zi  yetarlidir.  Ish  bo`yicha  aybdor 

tomonidan  o`qotar  qurolni  qo`llashga  tahdid  qilinganligi  yoki  qo`llanilganligi 

holatlari jazo tayinlashda e’tiborga olinishi lozim. 

O`qotar  qurol  tushunchasiga  baho  berishda  sudlar  O`zbekiston  Respublikasi 

Oliy  sudi  Plenumining  1996  yil  27  fevraldagi  "Qonunga  xilof  ravishda  qurolga 

egalik  qilish  to`g`risidagi  ishlar  bo`yicha  sud  amaliyoti  haqida"

1

gi  3-sonli 



qarorining 2-bandida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari kerak. 

Shu bilan birga sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, aybdorning harakatini 

Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  3-qismining  "b"  bandi  bilan  kvalifikatsiya  qilish 

uchun  qurol  jinoyat sodir etish paytida otishga  yaroqli deb topilgan bo`lishi shart. 

Basharti,  yaroqsiz  bo`lsa,  bezorilik  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  2-qismining  "v" 

bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. 

Bezorilik  jinoyatini  sodir  etishda  ishlatilgan  yoki  namoyish  etilgan  o`qotar 

qurol  tegishli  ruxsatnomasiz  aybdorning  egaligida  bo`lgan  bo`lsa,  qilmish  Jinoyat 

kodeksining 248-moddasi bilan ham qo`shimcha kvalifikatsiya qilinadi. 

Bezorilik  harakatlari  davomida  aybdor  jamoat  tartibini  saqlash  vazifasini 

bajarib  turgan  hokimiyat  yoki  jamoatchilik  vakiliga  yoxud  bezorilik 

harakatlarining  oldini  olish  (to`xtatish)  chorasini  ko`rgan  boshqa  fuqarolarga  faol 

qarshilik  ko`rsatsa,  shu  jumladan,  ularga  nisbatan  o`rtacha  og`ir  shikast  yetkazish 

darajasida  zo`rlik  ishlatsa,  bunday  qilmish  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  3-

qismining  "g"  bandi  bilan  to`liq  qamrab  olinadi  va  Jinoyat  kodeksining  boshqa 

moddalari bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. 

Agar bezorilik harakatlarini to`xtatish chorasini ko`rayotgan shaxsga qarshilik 

ko`rsatish  paytida  ishlatilgan  zo`rlik  natijasida  aybdor  tomonidan  yana  boshqa 

                                                

1

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi Qarorlari. 1991-1997 yillar // “Sharq”, Т:.1997 y., 43-bet. 



49 

 

og`ir  jinoyat  sodir  etilgan  bo`lsa,  bu  hol  bezorilik  jinoyati  tarkibi  bilan  qamrab 



olinmaydi. 

Bezorilik  harakatlari  tugagandan  keyin,  shu  jumladan,  aybdor  ushlangandan 

so`ng  ko`rsatilgan  qarshilik,  bezorilik  jinoyatining  alomatlariga  xos  holat  deb 

hisoblanmasligi  va  bunday  holda  qilmish  jinoyatlar  majmui  bilan  kvalifikatsiya 

qilinishi lozim. 

Ma’muriy  javobgarlikka  sabab  bo`ladigan  mayda  bezorilik  davomida  jamoat 

tartibini  saqlash  vazifasini  bajarib  turgan  hokimiyat  yoki  jamoatchilik  vakiliga 

yoxud bunday harakatlarni to`xtatish chorasini ko`rgan fuqaroga nisbatan qarshilik 

ko`rsatilsa,  bunday  qilmish  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  3-qismining  "g"  bandi 

bilan  kvalifikatsiya  qilinishi  mumkin  emas.  Bu  holda  aybdorning  harakatlari, 

ko`rsatilgan  qarshilikning  xususiyatiga  qarab,  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining 

tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi. 

Agar  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining  muayyan  moddalarida  (Jinoyat 

kodeksining  277-moddasidan  boshqa)  bezorilik,  o`sha  jinoyatni  kvalifikatsiya 

qiluvchi  alohida  belgi  sifatida  nazarda  tutilgan  bo`lsa,  bu  holat  qilmishni  Jinoyat 

kodeksining  277-moddasi  bilan  qo`shimcha  kvalifikatsiya  qilishni  istisno  etadi 

(masalan,  Jinoyat  kodeksi  104-moddasi  2-qismining  "e"  bandi,  97-moddasi  2-

qismining "l" bandi). 

Yuqorida  berilgan  qoidaga  misol  tariqasida  quyidagi  sud  hukmini  keltirib 

o`tishimiz mumkin: 

“Namangan  viloyati  sudining  hukmi  tomonidan  T.Najimov  Jinoyat  kodeksi 

97-moddasi  2-qismi  “j,i,l”  bandlari  bilan  18  yil  muddatga  ozodlikdan  mahrum 

etilgan. Ish apellyatsiya tartibida ko`rib chiqilib, hukm o`zgarishsiz qoldirilgan.  

T.  Spirtli  ichimlik  iste’mol  qilgan  holda  qovun  sotayotgan  M.ning  oldiga 

borib,  bezorilik  tuyg`ulari  bilan,  hech  bir  sababsiz,  jamiyatda  yurish  turish 

qoidalarini  mensimasdan,  “35  ming  so`m  qarzingni  qachon  berasan”  degan 

so`zlarni aytib, uni haqoratlab, o`ta shavfaqatsizlik bilan qasddan o`ldirgan. 

Ish materiallaridan ko`rinishicha, sud T.ning voqea joyida bo`lgan shaxslarga 

sezdirmaslik  maqsadida  M.ga  qarata  “35  ming  so`m  qarzingni  qachon  berasan” 


50 

 

degan  so`zlarni  gapirganligini  asos  qilib,  sudlanganning  bezorilik  tuyg`ulari  bilan 



sodir  etgan  harakatlarini  Jinoyat  kodeksi  97-moddasining  javbogarlikni 

og`irlashtiruvchi  holatlaridan  biri  hisoblangan  “i”  bandi  bilan  ham  kvalifikatsiya 

qilish haqida noto`g`ri xulosaga kelgan. 

Jinoyat  ishida  M.ning  T.dan  qarzi  bo`lganligi  haqida  dalillar  mavjud  emas. 

Ishdagi aniqlangan  holatlarga qaraganda  T. Jabrlanuvchi M.ni  mutlaqo tanimagan 

va u bilan qarz olish yoki berish munosabatida bo`lmagan. 

Oliy  sud  jinoyat  ishlari  bo`yicha  sudlov  hay’ati  T.  Tomonidan  M.ga  qarata 

“35  ming  so`m  qarzingni  qachon  berasan”  deb  gapirilgan  so`z  haqiqiy  holatini 

ko`rsatmasdan,  balki  bezorilik  harakatini  yashirish  maqsadida  o`zgalar  fikrini 

chalg`itish  uchun  gapirilgan  so`z  ekanligini  inobatga  olib,  T.ning  aybidan  Jinoyat 

kodeksi  97-moddasi  2-qismi  “i”  bandi  chiqarib  tashlanib,  unga  tayinlangan 

ozodlikdan mahrum qilish jazosini 18 yildan 17 yilga o`zgartirdi”

1



Shu  holatda  kelib  chiqib  sudlar  aybdor  qasdining  mohiyati  va  u  nimaga 



qaratilganligidan,  sodir  etilgan  harakatning  motivi,  maqsadi  va  muayyan 

holatlaridan  kelib  chiqqan  holda  bezorilikni  boshqa  jinoyatlardan  farqlay  olishlari 

kerak.  Jumladan,  oilada,  uyda  qarindosh-urug`,  tanish-bilishlarga  nisbatan  sodir 

etilgan  haqoratlash,  urish-do`pposlash,  badanga  yengil  shikast  yetkazish  kabi 

harakatlar, agar ular shaxsiy kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan bo`lsa yoxud 

jabrlanuvchining  nojoiz  xatti-harakatlari  oqibatida  sodir  etilgan  bo`lsa,  shaxsga 

qarshi jinoyat deb baholanishi va Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddalari 

bilan kvalifikatsiya qilinishi  lozim.  Basharti, shaxs o`z  xatti-harakatlari bilan ayni 

vaqtda  jamoat  tartibini  buzayotganligini  va  jamiyatga  nisbatan  ochikdan-ochiq 

hurmatsizlik  qilayotganligini  ham  yaqqol  anglagan  bo`lsa,  qilmish  bezorilik 

sifatida  kvalifikatsiya  qilinadi  va  shaxsga  qarshi  jinoyatlarni  nazarda  tutuvchi 

moddalar bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi

2



                                                



1

 “Sud amaliyoti” kitobi, 2012 yil, №2. (03-543-02-sonli ajrim)  

2

 Muqumova M.Z. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash xususiyatlari . Yuridik fanlar nomzodi ilmiy 



darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Ilmiy rahbar: M. Usmonaliyev. – T.: 2005. 

51 

 

XULOSA 

Hozirgi  kunda  bezorilik  jinoyati  turli  xil  shaklda  sodir  etilmoqda.  Ushbu 

jinoyatning  kundan-kunga  ko`payib  borayotgani  ushbu  jinoyatni  atroflicha 

o`rganib  chiqishni  talab  etadi.  Bezorilik  jinoyatini  sodir  etilish  darajasi  ilova 

sifatida keltirilgan. 

Tahlil  etilgan  mavzu  yuzasidan  xulosa  va  takliflarimizni  quyidagi  tarzda 

bayon etishni lozim deb topdik:  



Jinoyat qonunchiligini rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar: 

1.  


 

Sud-huquq tizimini rivojlantirish bo’yicha takliflar: 

 

1. Mast odamlar har yili minglab kishilarning yostig`ini quritadigan, shuncha 

kishilarni  mayib-majruh  qiladigan  yo`l-transport  hodisalarini  sodir  etishda  aybdor 

hisoblanadi.  Jamiyat  tartibini  buzish  bilan  bog`liq  jinoyatlarning  yarmidan 

ko`prog`i  mastlik  holatida  sodir  etiladi,  bunda  ko`pincha  boshqa  odamlar  sha’ni-

qadr-qimmati  kamsitiladi  va  hattoki  sog`lig`iga,  fuqarolarning  mol-mulkiga  zarar 

yetkazadi.  Hususan,  bezorilik  harakatlarining  qariyb  90  foizi  mast  holda  sodir 

etiladi.  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  56-moddasi  “o”  bandida 

ham  mastlik  holatida  yoki  giyohvandlik  vositalari, psixotrop  yohud kishining aql-

idrokiga  ta’sir  qilivchi  boshqa  moddalar  ta’siri  ostida  jinoyat  sodir  etish 

javobgarlikni og`irlashtiruvchi holat sifatida ko`rsatilgan. 

  Shundan  kelib  chiqib,  aytish  kerakki,  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

kodeksining  277-moddasi  ikkinchi  qismi  “g”  bandiga  “mastlik  holatida  sodir 

etilsa” degan band qo`shilishi kerak. 

  2.  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  277-moddasi  3-qismi  “a” 

bandiga  ko`ra,  bezorilik  “takroran  yoki  xavfli  retsidivist  tomonidan”  sodir  etilgan 

bo`lsa  degan  norma  mavjud.  Vaholanki,  xavfli  retsidivist  sodir  etadigan 

jinoyatning  ijtimoiy  xavflilik  darajasi  takroran  sodir  etishga  nisbatan  yuqoridir.

1

 

                                                



1

  Ametov. A.J.  Bezorilik oqibatidagi jinoyat: uni sodir etgan shaxsning kriminologik tavsif //  Huquq va burch. 

Toshkent. 2012. №2. –B 58-59. 


52 

 

Bu haqida Oliy sud ham o`z qarorlarining birida tushuntirish berib, retsidiv jinoyat 



bir necha jinoyat turlari ichida eng xavflisi bo`lib, u shaxs tomonidan jinoiy xulq-

atvor davom ettirilayotganidan dalolat berishini mustahkamlab qo`ygan. 

  Shu  sababli  takroran  va  xavfli  retsidivist  tomonidan  sodir  etilgan  jinoyat 

uchun  javobgarlikni  JK  277-moddaning  alohida  qismlarida  belgilashni  maqsadga 

muvofiq deb hisoblaymiz. 

  3.  Qonun  chiqaruvchi  qonunda  ishtirokchilikning  shakllarini  ajratishda 

ularning  ijtimoiy  xavflilik  darajasidan  kelib  chiqqan.  Hatto  ishtirokchilarning 

ayrim  shakllarining  ijtimoiy  xavfliligi  yuqori  ekani  uchun  Jinoyat  kodeksida 

javobgarlik  ham  nazarda  tutilgan  (Jinoyat  kodeksining  242-moddasi).  Shunday 

bo`lsa  ham,  Jinoyat  kodeksining  qator  me’yorlarida  (Jinoyat  kodeksining  97-

moddasi  2-qismi  “p”  bandi)  ishtirokchilikning  bir  necha  shakllari  uchun  bir  xilda 

javobgarlik  nazarda  tutilgan,  ayrim  me’yorlarida  esa,  ishtirokchilikning  ba’zi 

shakllari uchun javobgarlik belgilash bilan cheklangan. Fikrimizcha, ishtirokchilik 

shakllarining  ijtimoiy  xavfliligi  turlicha  ekanligi  bois,  ular  uchun  javobgarlik 

differensatsiya qilinishi zarur. 

 Shundan  kelib  chiqib,  Jinoyat  kodeksining  277-moddasida  “bir  guruh 

shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib” sodir etilgan bezorilik uchun javobgarlik 

alohida bandda nazarda tutilsa, maqsadga muvofiq bo`lardi. 

4.  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  bir  qator  me’yorlarida 

homilador  ayolga  nisbatan  qilingan  jinoiy  xatti-harakat  javobgarlikka  tortilishi 

belgilab qo`yilgan (Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “b” bandi). Chunki, 

Jinoyat  kodeksining  56-modasi  “a”  bandiga  ko`ra,  homiladorligi  aybdorga  ayon 

bo`lgan  ayolga  nisbatan  jinoyat  sodir  etish  javobgarlikni  og`irlashtiruvchi  holat 

sifatida ko`rsatilgan.  Lekin Jinoyat kodeksi 277-moddasining  hech bir qismida  bu 

me’yor belgilab qo`yilmagan. 

Shundan  kelib  chiqib,  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  277-

moddasi  2-qismi  “d”  bandidagi  “yosh  bola,  qariya,  nogiron  yoki  ojiz  axvoldagi 

shaxslar”  qatoriiga  “homiladorligi  aybdorga  ayon  bo`lgan  ayolga”  degan  jumla 

qo`shilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. 


53 

 


54 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 



 

Rahbariy adabiyotlar: 

1)  Karimov I.A. Adolat – qonun ustuvorligida. Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  2001-yil  29-avgustdagi  oltinchi  sessiyasidagi  nutqi. 

“Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak”.  10-tom.  –  T.:  “O`zbekiston”, 

2002. 

2)  Karimov I.А. Qonun va adolat ustivorligi erkin va faravon hayot kalitidir. 



“Xalq so`zi”, 2004 yil 18-sentabr. 

3)  Karimov  I.А. Inson,  uning  huquq  va erkinliklari  – oliy  qadriyat. T. 14. – 

Toshkent: O`zbekiston, 2006. –280 b. 

4)  Karimov I.A. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 

va  Senatining  qo`shma  majlisidagi  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni 

yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”  nomli 

ma’ruzasi. – T.: “O`zbekiston”, 2010. 

5)  Karimov  I.А.  Demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  –  mamlakatimiz  taraqqiyotining  asosiy 

mezonidir. T.19. –Toshkent: O`zbekiston, 2011. – 360 b. 




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling