Jinoyat huquqi va kriminologiya


 Bezorilik uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonuni normalarining


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana11.06.2020
Hajmi0.73 Mb.
#117119
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari.

1.2. Bezorilik uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonuni normalarining 

rivojlanish tarixi 

“Bezorilik”  so`zini  nimani  anglatadi,  u  qayerdan  bizga  kelib  qolgan?-degan 

savolni qo`yadigan  bo`lsak, bezori  va bezorilik so`zlarini paydo bo`lishiga oid bir 

qancha  nazariyalar  mavjudlligini  ko`ramiz.  Ana  shunday  nazariyalardan  biriga 

ko`ra,  bezorilik  so`zi  qadimgi  rus  so`zi  “хулить”  va  fransuzcha  “gens’-  kishilar 

so`zidan  kelib  chiqqan.  Yana  bir  boshqa  nazariyaga  ko`ra,      “xuligan”  jumlasi 

XIX-XX  asrlarda  asosan  ingliz  tilida  so`zlashadigan  xalqlar  tomonidan  iwlatilgan 

bo`lib, kelib chiqishi odatda davlat tili ingliz tili hisoblangan mamlakatlar Angliya 

va  AQSH  bilan  bog`liq.  Misol  uchun,  Angliyada  bu  so`z  “huligan”  sifatida  1890 

yilda uning  janubiy-sharqida London juda keng tarqalgan va tez orada Angliyada 

“Jinoyatni oldini olish qonuni” ishlab chiqildi.  

Hususan  Rossiya  hukumati  qonunchiligida  XX  asr  boshida  vujudga  kelgan 

ushbu jinoyatga 1892-yilda poytaxt politsiyasi tomonidan qat’iy choralar ko`rilgan. 

Shundan  so`ng  Sankt-Peterburg  hokimi  fon  Valya  ushbu  huquqbuzarlikni  oldini 

olish bo`yicha tartibiy nizom ishlab chiqdi.

1

 Shunday qilib, oxir-oqibat shu vaqtdan 



boshlab shaharni taribini buzadigan zo`ravon bir til bilan “хулиган” deb  nomlana 

boshlandi.

2

 

1922-yildagi  Jinoyat  kodeksi  “bezorilik”ni  jinoyatning  mustaqil  tarkibi 



sifatida  ajratib  ko`rsatgan  birinchi  kodeksga  aylangan  edi.  1922-yildagi  Jinoyat 

kodeksining  176-moddasi  “Shaxs  hayoti,  sog`lig`i,  sha’ni  va  qadr-qimmatiga 

qarshi jinoyatlar to`g`risida”gi bobda joylashib unda shunday ta’rif keltirilgan edi: 

“Bezorilik”,  ya’ni  alohida  fuqarolar  va  jamiyatga  oshkora  hurmatsizlik  namoyon 

                                                

1

  Шапошников  В.Н.  Хулиганы  и  хулиганство  в  России.  Аспекты  истории  и  литературы  XX  века. 



М.:Московский лицей, 2000.-С.33-34 

2

 Ametov. A.J.  Bezorilik jinoyatining ravojlanish tarixi // Yosh olimlar ilmiy maqolalar to`plami. Toshkent, TDYuI, 



2010. –B 74-76. 

13 

 

bo`lishi  bilan  birga  kechadigan  janjallar,  maqsadsiz  harakatlar-  majburiy  mehnat 



yohud bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi”. 

1926-yildagi  UzSSR  jinoyat  kodeksida  esa  “bezorilik”ga  endi  ancha 

boshqacharoq  ta’rif  bergan  va  “jamiyatga  qarshi  oshkora  hurmatsizlik  bilan  birga 

kechadigan  bezorilarcha  harakatlar”  deya  ta’riflangan  va  u  boshqaruvga 

(hokimiyatga) qarshi jinoyatlar sirasiga kiritilgan edi. 

Keyinchalik,  1959-yildagi  Jinoyat  kodeksining  206-moddasida  “Jamoat 

tartibini  qo`pol  tarzda  buzadigan  va  jamiayatga  nisbatan  oshkora  hurmatsizlikni 

ifoda etadigan qasddan harakatlar” sifatida kvalifikatsiyalanar edi.

1

 

1994-yildagi  Jinoyat  kodeksida  qonun  chiqaruvchi,  eng  avvalo,  bezorilik 



to`g`risidagi 277-moddani “Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar” deb  nomlangan  20-

bobga  joylashtirgan  va  bezorilik  dispozitsiyasini  sezilarli  o`zgartirgan  edi. 

Moddada  shunday  deyilgan:  “Bezorilik,  ya’ni  jamiyatda  yurish-turish  qoidalarini 

qasddan  mensimaslik,  urish-do`pposlash,  badanga  yengil  shikast  yetkazish  yoki 

o`zganing  mulkiga  shikast  yetkazish  yohud  nobud  qilish  ancha  miqdorda  zarar 

yetkazish”dir

2

.  


Bu  kodeksdagi  bezorilik  jinoyatining  yangi  ta’rifi  jinoiy 

bezorilikni  mayda  bezorilikdan,  shuningdek,  shaxsga  qarshi  jinoyatlardan  aniq 

ajratib  olishga  imkon  beradigan  ancha  to`liq  va  aniq  ta’rifini  beradiki,  mazkur 

masala avvallari ko`plab qiyinchiliklar tug`dirar edi. Mayda bezorilik  tushunchasi 

O`zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to`g`risidagi  kodeksining  183-

moddasida  ko`rsatilgan  bo`lib,  uning  mazmuniga  ko`ra,  ushbu  huquqbuzarlik 

jamoat joylarida uyatli so`zlar aytish yoki shunday so`zlar bilan so`kinish, behayo 

qiliqlar  ko`rsatish,  odamlarga  nisbatan  haqoratomuz  shilqimlik  qilish  hamda 

jamoat  tartibi  va  fuqarolar  osoyishtaligini  buzish  kabi  jamiyatda  yurish-turish 

qoidalarini ochiqdan – ochiq mensimaslik harakatlarida ifodalanadi. Bunda Jinoyat 

kodeksining  277-moddasi  birinchi  qismida  ko`rsatilgan  jinoiy  oqibatlar  kelib 

chiqsa  bu  qilmish  shu  modda  bo`yicha  kvalifikatsiya  etishni  taqozo  etadi. 

Shuningdek  qonun  chiqaruvchi  bezorilik  harakatlari  tufayli  og`ir  oqibatlarning 

                                                

1

 Ametov. A.J.  Bezorilik jinoyatining ravojlanish tarixi // Yosh olimlar ilmiy maqolalar to`plami. Toshkent, TDYuI, 



2010. –B 74. 

2

 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, “Sharq” 1994 yil. 



14 

 

kelib  chiqishini  inobatga  olgan  holda  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismi  1-bobida 



“Hayotga qarshi jinoyatlar” 97-modda Qasddan odam o`ldirish “l” bandi va 2-bob 

“Sog`liqqa  qarshi  jinoyatlar”  104-moddasining  “e”  bandlariga  joylashtirib 

qo`yilgan. 

2001-yil  29-avgustdagi  O’zbekiston  Respublikasi  jionoyat,  ma’muriy  va 

jinoyat-protsessual qonunlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 

qonuniga binoan, 75% jinoyat og’ir turdagi jinoyatlar toifasidan ijtimoiy xavfi kata 

bo’lmagan  va  uncha  og’ir  bo’lmagan  jinoyatlar  toifasiga  kiritilganligi  munosabati 

bilan  Jinoyat  kodeksinig  277-moddasi  2  va  3-qismlari  sanksiyasilari  avvalgi 

Jinoyat  kodeksi  sankisiyalariga  nisbatan  ancha  yengillashtirildi.  Hususan,  Jinoyat 

kodeksining  277-moddasi  2-qismida  ko`rsatilgan  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazo 

muddati 5 yildan 3 ga o`zgartirildi. 1994-yildagi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 

3-qismida  ko`rsatilgan  besh  yildan  sakkiz  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish 

jazosi  uch  yildan  besh  yilgacha  deb  belgilandi.  Demak,  bezorilik  jinoyati  uncha 

og’ir bo’lmagan jinoyatlar toifasiga kiritildi. 

2015-yilgi  Jinoyat  kodeksiga  nazar  tashlasak,  ushbu  kodeksdagi  o`zgartirish 

ham aynan jazo muddatlariga taaluqliligini ko`rishimiz mumkin. Bu shundan darak 

beradiki,  mamlakatimizda  jinoiy  jazolarni  liberallashtirish  islohoti  keng  olib 

borilmoqda.  Hususan,  2015-yildagi  Jinoyat  kodeksining  277-moddasi  ikkinchi  va 

uchinchi qismlariga ozodlikni cheklash jazosi yangi jazo sifatida kiritildi. Shu bilan 

bir  qatorda  2001-yildagi  Jinoyat  kodeksining  277-moddasi  ikkinchi  qismida 

ko`rsatilgan  uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  bir  yildan 

uch yilgacha ozodlikni cheklash yohud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb 

o`zgartirildi.  277-moddasi  3-qismida  ko`rsatilgan  uch  yildan  besh  yilgacha 

ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash 

yohud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb belgilandi.      

 

 



 

 


15 

 

II BOB. BEZORILIK JINOYATINING YURIDIK TAHLILI 



2.1. Bezorilik jinoyatining obyektiv belgilari 

 

O`zbekiston  Respublikasi  jinoyat  qonuniga  ko`ra,  shaxsga  jinoiy  javobgarlik 



tayinlashdan  oldin  sodir  etilgan  qilmishdagi  jinoiy  tarkibi  tomonlarini  batafsil 

tahlil qilinmasdan, uni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo`lmaydi. 

Shuning  uchun  biz  paragrafning  mazkur  qismida  bezorilik  jinoyatining 

obyektiv belgilarini tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb topdik. 

Bezorlikning  obyektiv  tomoni  betartib  ravishda  sodir  etiluvchi,  alohida-

alohida,  o`zaro  bir-biri  bilan  bog`lanmagan  harakatlar  bilan  namoyon  bo`ladi. 

Zo`ravonlik bitta yoki bir nechta obyektga nisbatan yo`naltirilgan bo`lishi mumkin. 

Bezorilikdan  jabr  ko`ruvchilar  qatoridan  uning  kelib  chiqishiga  hech  qanday 

aloqasi bo`lmagan tasodifiy shaxslar ham o`rin olishi mumkin. Ob’ektiv tomondan 

bezorining  harakatlari  jamiyatga  nisbatan  oshkora  hurmatsizlik  qilish  orqali  ifoda 

etiluvchi  jamoatchilik  tartibini  buzish  bilangina  cheklanib  qolmasdan,  balki, 

fuqarolarga  nisbatan  zo`ravonlik  qilish;  ularga  mulkiy  zarar  yetkazish,  shunday 

harakatlar sodir etish bilan tahdid qilishda xarakterlanadi. 

Demak,  bezorilik  jinoyatining  obyekti  jamoat  taribi,  fuqarolarning  jismoniy 

daxlsizligi, sog`lig`i, o`zganing mulki hisoblanadi. 

O`zbekiston  Republikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2002-yil  14-iyundagi 

“Bezorilkka  oid  sud  ishlari  amaliyoti  haqida”gi  qarorining  1-bandida: 

“Tushuntirilsinki,  bezorilik  jamoat  tartibiga  qarshi  qaratilgan  bo`lib,  jamiyatda 

yurish  turish  qoidalarini  qasddan  mensimaslikda  ifodalangan  harakatlar  shaxsni 

urish  do`pposlash,  unga  yengil  tan  jarohati  yetkazish  yoki  o`zganing  mulkiga 

ancha miqdorda shikast yetkazish yohud uni uni ancha miqdorda nobud qilish bilan 

bog`liq holda sodir etiladi”

1

, deb ko`rsatilgan. 



Ushbu normada keltirilgan jamoat tartibi tushunchasiga turlicha yondashuvlar 

mavjud. 


                                                

1

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi qarorlari to’plami: (2001-2006-yillar)- O’zbekiston Respublikasi Oliy 



sudi. –T.: “Adolat”, 2006-y. 

16 

 

Tajavuz  obyekti  sifatidagi  jamoat  tatibi  deganda,  ijtimoiy  muomula  va  hulq-



atvor  qoidalarining  asosini  tashkil  etuvchi  kishilarning  o`zaro  munosabatlaridagi 

lozim  bo`lgan  yurish-turishni,  jamoat  va  fuqarolar  tinchligini,  umume’tirof  etgan 

axloqiy,  huquqiy,  diniy,  ma’naviy,  milliy  va  boshqa  an’analar,  urf-odatlar  va 

qadryatlarni  hurmat  qilish  va  ularga  rioya  etishni  taminlaydigan  ijtimoiy 

munosabatlar yig`indisini tushunilmog`i kerak.

1

  



Jamoat  tartibi  tushunchasiga  professor  M.X.Rustamboyev  quyidagicha  ta’rif 

bergan:  “  Jamoat  taribi  deganda,  jamiyatda  odamlar  o`rtasidagi  huquq  va  axloq 

me’yorlariga  asoslangan  munosabatlar  yig`indisi  bo`lib,  u  orqali  fuqarolarning 

xavfsizligi  va  tinchligi,  o`zgalar  mol-mulkining  saqlanishi,  davlat,  jamoat  va 

boshqa  korxonalar,  muassasalar  hamda  tashkilotlar  normal  faoliyatining 

ta’minlanishi tushuniladi”

2



Bizga  ma’lumki,  jinoyatning  obyekti  bir  necha  turlarga  bo`lib  o`rganiladi. 



M.X.Rustamboyev  va  M.Usmonaliyevlarning  fikriga  ko`ra,  jinoyat  huquqi 

nazariyasida  jinoyatning  obyekti:  umumiy,  maxsus,  turdosh  va  bevosita 

obyektlarga ajratiladi.  

1)  umumiy  obyekt.  Umumiy  obyekt  deyilganda,  O`zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat  qonuni  bilan  qo`riqlanadigan  barcha  ijtimoiy  munosabatlarning  yig`indisi 

tushuniladi. 

 Boshqa barcha jinoyatlardagi  kabi  mazkur jinoyatning  ham  umumiy obyekti 

deganda,  an’anaviy  tarzda  qonun  bilan  qo`riqlanadigan  barcha  ijtimoiy 

munosabatlarning  jami  tushuniladi,  ya’ni  umumiy  obyekt  haqiqattan  ham  jinoyat 

qonunida  javobgarligi  ko`zda  tutilgan  barcha  faoliyat  uchun  umumiy,  yagona 

bo`ladi. 

2)  maxsus  obyekt.  Maxsus  obyekt  jinoyat  qonuni  bilan  qo`riqlanadigan 

ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy  mohiyatiga  ko`ra  bir-biriga  o`xshash  yoki  yaqin 

bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni o`z ichiga oladigan obyektlar guruhidir. 

                                                

1

 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx (maxsus qism), -T.: “Adolat”, 2007 yil. 



2

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



17 

 

 Bezorilik  jinoyatining  maxsus  obyekti  sifatida  jamoat  xafsizligi  va  jamoat 



tartibiga qarshi jinoyatlar tushuniladi. 

3) turdosh obyekt.  Bezorilik jinoyatining turdosh obyekti bu jamoat tartibiga 

qarshi jinoyatlar hisoblanadi. 

4)  bevosita  obyekt.  Bevosita  obyekt,  deyilganida  ijtimoiy  xavfli  tajovuz 

bevosita  qaratilgan  ijtimoiy  munosabat  tushuniladi.  Aynan  jinoyatning  bevosita 

obyektini to`g`ri aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etib, 

jinoyatga yarasha jazo tayinlashda muhim o`rin tutadi. 

 Biz  tadqiq  qilayotgan  bezorilik  jinoyatining  bevosita  obyekti  jamiyatda 

o`rnatilgan  axloq-odob  normalari,  shaxsning  sog`lig`i  va  mol-mulk  huquqining 

daxlsizligidir.  

Shu  o`rinda  aytib  o`tish  kerakki,  bezorilik  jinoyatining  bevosita  obyekti  o`z 

navbatida  uch  turga  ya’ni  asosiy  bevosita  obyekt,  qo`shimcha  bevosita  obyekt  va 

fakultativ bevosita obyektlarga bo`linadi. 

Endilikda ushbu bevosita obyekt turlariga to`xtalib o`tamiz. 

Agar jinoyatning bevosita obyekti bitta emas, balki bir nechta bo`lsa, ulardan 

biri  asosiy  obyekt

 

hisoblanadi.  Chunonchi,  bezorilikning  asosiy  obyekti  jamoat 

tartibi  bo`lib,  ushbu  jamoat  taribiga  zarar  yetkazilishi  natijasida  ushbu  jinoyat 

qonun  bilan  himoya  qilinadigan  boshqa  munosabatlarga  ham  xavf  tug`dirishi 

mumkin.  Mana  shu  asosiy  obyekt  konkret  jinoyatni  Jinoyat  kodeksining  tegishli 

bobiga kiritish uchun asos bo`ladi.  

Ikki  obyektli  jinoyatlarda  zarar  asosiy  obyektdan  tashqari  boshqa  obyektga 

ham  yetkazilib,  u  qo`shimcha  obyekt



 

hisoblanadi.  Qo`shimcha  obyekt  murakkab 

tarkibli jinoyatlarda bo`lib, boshqa jinoyat tarkibidan ajratishda muhim ahamiyatga 

egadir.  Biz  bilamizki,  bezorilik  jinoyati  murakkab  jinoyatlar  turiga  kirmaydi. 

Shunining uchun ushbu jinoyatning qo`shimcha obyekti mavjud emas. 

Jinoyat huquqi nazariyasida yana fakultativ obyekt degan tushuncha ham bor. 

Bu  shunday  ijtimoiy  munosabatdirki,  jinoyat  sodir  etilganda  ma’lum  zarar 

yetkazilishi  ham,  yetkazilmasligi  ham  mumkin.  Bezorilik  jinoyati  obyektlari 

orasida  ham  fakultativ  obyektlarni  ko`rishimiz  mumkin.  Bezorilik  jinoyatining 


18 

 

fakultativ  obyektlari  shaxslarning  sog`lig`i  hamda  mol-mulkka  bo`lgan  huquqlari 



hisoblanadi.  Demak,  bezorilik  jinoyati  sodir  etilganida  shaxsning  sog`lig`i  hamda 

mol-mulkiga zarar yetishi ham, yetmasligi ham mumkin. 

Jinoyatni  boshqa  bir  jinoyatdan  farqlaydigan  belgisi  uning  obyektiv  tomoni 

hisoblanadi.  

Оbyеktiv  tomon  sud  аmаliyoti  vа  jinоyat  huquqi  nаzаriyasidа  muhim 

аhаmiyatgа egа. U quyidаgichа ifоdаlаnаdi:  

Jinоyat  tаrkibining  elеmеnti  sifаtidа  оb`еktiv  tаrаf  jinоiy  jаvоbgаrligining 

аsоsigа kirаdi. U jinоiy jаvоbgаrlikni оb`еktiv chеgаrаsini bеlgilаydi. Аyblаnuvchi 

fаqаt еtkаzilgаn zаrаr vа sоdir etgаn jinоyati uchun jаvоb bеrаdi.  

Оbyеktiv  tаrаf  jinоyatni  to`g`ri  kvаlifikаsiya  qilishning  tаxminini  bеlgilаydi. 

Fаqаt  uning  sinchiklаb  qilgаn  tаhlili  vа  bаxоsi  аyblаnuvchining  yo`nаltirilgаn 

g`аrаzini bеlgilаshgа imkоn bеrаdi. (mаsаlаn, hаyotgа tаjаvuz qilishdа аyblаnuvchi 

tоmоnidаn  ishlаtilаdigаn  qurоl  yoki  vоsitа,  mushning  kuchi  vа  uning  sоnini, 

еtkаzilgаn jаrоxаtlаr xаrаktеrini bаhоlаsh zаrur).

1

  

Bezorilik  jinoyati  obyektiv  tomondan  jamoat  joylaridagi  xulq-atvor 



qoidalariga  qasddan  hurmatsizlik  bildirish,  urish-do`pposlash,  badanga  yengil 

shikast  yetkazish  yohud  o`zganing  mulkiga  jiddiy  zarar  yetkazish  yoki  uni  nobud 

qilish bilan bog`liq holda sodir qilinganlikda ifodalanadi.

2

 



 

Bezorilik  jinoyati  alternative  harakatlar  orqali  sodir  etiladi.  Chunki,  Jinoyat 

kodeksining  277-moddasi  dispozitsiyasida  keltirilgan  harakatlarning  birini  sodir 

etish yetarli hisoblanadi. Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik deganda, 

qonunlarga,  axloq-odob  normalariga,  jamiyatda  mavjud  bo`lgan  urf-odat  va 

an’analarga hurmatsizlik tushuniladi.

3

 

Bezorilik  jinoyatini  sodir  etgan  shaxs  jamiyatda  yurish-turish  qoidalari  bilan 



bir  qatorda  axloq-odob  qoidalariga  ham  bepisandlik  ko`zi  bilan  qarab,  ushbu 

ijtimoiy  munosabatga  ham  zarar  yetkazadi.  Jamiyatdagi  axloq  qoidalarini 

                                                

1

 Irkаxоdjаеv А.K., Xоlikulоv U.Sh. Jinоyatlаrni kvаlifikаsiya qilishning ilmiy аsоslаri. O’quv qo’llаnmа. –T.: 



TDYuI nаshriyoti, 2012. 59 bеt. 

2

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



3

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Bezorilikka oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarori. 

2002-yil 14-iyun. 


19 

 

mensimaslikning shakllari xilma-xildir, chunki jamoat tartibi uyat so`zlarni aytish, 



urish-janjal  chiqarish,  fuqarolarga  zo`rlik  ishlatish,  o`zgalar  mulkini  yo`q  qilish 

yoki unga zarar yetkazish kabi yo`llar bilan ham buzilishi mumkin. Ammo barcha 

bezorilik harakatlari uchun huquqiy muhofazaga olingan jamoat tartibini jamiyatda 

barcha tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini  mensimaslik yo`li bilan buzish 

xosdir. 

Jamiyatdagi  axloq  qoidalarini  mensimaslik  deganda,  qonunga,  ijtimoiy 

muomula  hamda  axloq-odob  qoidalariga,  umum  e’tirof  etgan  an’ana  va  urf-

odotlarga,  shakllangan  hayot  tarziga  nisbatan  hurmatsizlikning  namoyon  bo`lishi 

tushuniladi.

1

 



Yana  boshqa  so`z  bilan  aytganda  shaxs  jamiyatdagi  axloq  qoidalarini 

mensimagan  holda  jamoat  tartibini  tashkil  etuvchi  va  qonun  bilan  himoya 

qilinuvchi  ijtimoiy  munosabatlarga  zarar  yetkazadigan  yoki  zarar  yetkazishning 

real xavfini vujudga keltiradigan muayyan harakatlar qiladi. 

“Odatda  jamiyatdagi  axloq-odob  qoidalarini  mensimaslik  oshkora,  ya’ni 

ko`pchilik  odamlar  oldida  yuz  beradi.  Biroq  bezorilik  mahfiy  bekitincha  amalga 

oshiriladigan va bir qancha vaqtdan so`ng ochiladigan, ma’lum bo`ladigan hollarni 

inkor  etmaydi.  Shu  boisdan  odamlar  oldida  sodir  etish  belgisi  bezorilik  jinoyati 

tarkibi uchun zaruriy ahamiyatga ega emas”

2

.  



Urish-do`pposlash  deganda,  aybdor  tomonidan  jamiyatda  yurish-turish 

qoidalarini  qasddan  buzib,  shaxsning  badaniga  shikast  yetkazmagan  holda  bir 

necha zarba berish tushuniladi.

3

 



Shu bilan bir qatorda ushbu  normada keltirib o`tilgan badanga  yengil shikast 

yetkazish  harakati  bo`yicha  tushuntirish  O`zbekiston  Republikasi  Oliy  sudi 

Plenumining  2007-yil  27-iyundagi  “Badanga  qasddan  shikast  yetkazishga  oid  sud 

amaliyoti  to`g`risida”gi  qarorining  1-bandida  keltirilgan  bo`lib,  unga  ko`ra: 

“Badanga  shikast  yetkazish  deganda,  inson  organlari  yoki  organizm  to`qimalari 

                                                

1

 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx. (Maxsus qism). –T,: “Sharq” 2007-yil. 



2

 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx. (Maxsus qism). –T,: “Sharq” 2007-yil. 

3

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Bezorilikka oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarori. 



2002-yil 14-iyun. 1-bandi. 

20 

 

anatomik  to`kisligi  yoki  ular  fiziologik  funksiyasining  tashqai  ta’sir  oqibatida 



buzilishi tushunilmog`i lozim. 

Badanga  yetkzilgan  shikastning  hususiyati  va  og`irlik  darajasini  aniqlash, 

odatda,  tibbiyot  organlari  vakolatiga  taalluqli  bo`lib,  O`zbekiston  Respublikasi 

sog`liqni  saqlash  vazirining  1992  yil  21  oktabrdagi  buyrug`i  bilan  tasdiqlangan, 

badanga  yetkazilgan  shikast  og`irligini  sud-tibbiy  yo`sinda  belgilash  qoidalariga 

muvofiq o`tkaziladi”. 

Biz  bilamizki,  bezorilik  jinoyatining  obyektiv  tomoni  zaruriy  va  fakultativ 

belgilarga bo`lib o`rganiladi. 

Bezorilik jinoyatining obyektiv tomoni zaruriy belgilari quyidagilar: 

1)  qilmish.  Qilmishning  ijtimoiy  xavfliligi  jinoyatlar  obyektiv  tomonining 

zaruriy  belgisi  hisoblanadi.  Biroq  ko`pchilik  qilmishlarni  jinoyat  deb  hisoblash 

uchun  u  tufayli  ro`y  bergan  ma’lum  bir  oqibatlarini  aniqlamoq  zarur.  Bezorilik 

jinoyati ham ijtimoiy xavfli qilmishlar sirasiga kiradi. 



2)  oqibat.  Jinoyatning  oqibati  deganda  sodir  etilgan  jinoyat  natijasi  ta’sir 

qiluvchi  ijtimoiy  munosabatning  buzilish  darajasi  tushuniladi.  Bezorilik  jinoyati 

sodir  etilganda  jamiyatda  o`rnatilgan  ijtimoiy  munosabatlarga,  shaxsning 

sog`lig`iga  hamda  mol-mulkiga  zarar  yetadi.  Mana  shu  yetkazilgan  zarar  miqdori 

jinoyatning  oqibati  natijasida  yuzaga  keladi.  Bezorilik  jinoyati  moddiy  tarkibli 

jinoyatlar  turkumiga  kirganligi  bois,  bezorilik  jinoyati  natijasida  oqibat  kelib 

chiqqanidan so`ng ushbu jinoyat tugallangan hisoblanadi. 

 

3)  sababiy  bog`lanish.  Amalga  oshirilgan  ijtimoiy  xavfli  qilmish  va  uning 

natijasida  kelib  chiqqan  oqibatlar  orasidagi  sababiy  bog`lanish  moddiy  tarkibli 

jinoyatlarning uchinchi, zaruriy belgisi hisoblanadi.

1

 

Har  bir  jinoyatning  obyektiv  tomoni  fakultativ  belgilarisiz  to`la  bo`lmaydi. 



Bezorilik  jinoyatining  fakultativ  belgilar:  joyi,  vaqti,  usuli,  sharoiti,  jinoyatni 

amalga oshirish quroli va vositasi singari belgilardan iboratdir. 

                                                

1

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



21 

 

1)  jinoyat  joyi.  Ta’kidlash  kerakki,  jinoyat  sodir  etish  joyi  bezorilikning 



asosiy  hususiyati  bo`lmasa  ham  u  amalga  oshirilgan  harakatlarni  jinoyat-huquqiy 

baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bezorilik  jinoyatining  sodir  qilinish  joyi  haqida  ko`plab  qarashlar  mavjud 

bo`lib,  bir  qator  olimlarimiz  bu  hususida  fikr  yuritganlar.  Bezorilik  jinoyatining 

obyektiga  nazar  tashlasak,  ushbu  jinoyat  jamoat  joylarida,  jamoat  tartibiga  qarshi 

qaratilgan  hatti-harakatlar  zamirida  sodir  etilar  ekan.  Shu  o`rinda  jamoat  joylari 

tushunchasiga  alohida  e’tiborimizni  qaratishimiz  kerak.  A.Ametovning  fikricha, 

“jamoat  joylari  deganda,  ta’lim-tarbiya  muassasalari,  tibbiy  muassasalar,  teatr, 

hiyobon  va  boshqa  madaniy  dam  olish  joylari,  davlat  va  xo`jalik  idoralarini 

tushunish mumkin”.  

“Jamiyatga  ochiq  hurmatsizlikni  ifodalovchi  va  jamoat  tartibini  o`ta  qo`pol 

ravishda  buzuvchi  harakatlar  ko`p  hollarda  ommaning  ko`z  o`ngida  sodir  etiladi, 

chunki  aynan  jamoat  joylarida  bezoriga  jamoat  tartibini  buzish  hamda  jamiyatga 

o`z hurmatsizligini  ifodalash juda oson. Bu  yerda bezori  o`zini atrofdagilarga, o`z 

xulqini  esa,  ijtimoiy  ahloq  normalariga  oshkora  qarama-qarshi  qo`yish  mumkin. 

Nihoyat, aynan shunday vaziyatda bezori ko`proq nizolarni chiqarishga urinadi”

1

.  


Ba’zi  bir  olimlarimiz  bezorilik  jinoyatining  sodir  etilish  joyi  sifatida  faqat 

jamoat  joylari  nazarda  tutilishiga  e’tiroz  bildirib  o`tganlar.  M.Narikbayevning 

fikricha,  faqat  jamoat  joylarida  va  omma  oldida  sodir  etilgan  harakatlar  bezorilik 

bo`lishi mumkin, deb hisoblaydigan olimlarning fikri xato

2

.  


Bezorilik  jinoyatining  sodir  etilish  joyi  masalasida  G.Borzenkov  ham  o`z 

qarshlarini  ifoda  etgan.  Ushbu  olimning  fikricha,  bezorilik  uchun  harakatlarning 

(yoki  ularning  oqibatlarining)  ommaviyligiga,  namoyishkora  ekanligiga  intilish, 

jamiyatdagi  o`zini  tutish  me’yorlarni  oshkora  yomon  ko`rishni  ko`rsatish 

                                                

1

 Утанов.М.А. Проблемы борьбы с хулиганством. Дис…канд. юрид. наук. –Т.: 1999. 40 бет   



2

 Нарикбаев М. Борьбы с насильственными преступлениями. // Вестник Верховного суда Республики 

Казхстан, 1997, №4 С. 35 


22 

 

harakterlidir.  Biroq  bezorilik  faqat  jamoat  joylarida  emas,  balki  begonalar 



ishtirokisiz ham namoyon qilinishi mumkin

1

.  



Yuqorida  jinoyat  joyi  yuzasidan  keltirilgan  fikrlarni  umumlashtirib  aytish 

mumkinki,  jamoat  joylaridagi  bezorilik  eng  ko`p  uchraydi.  Lekin  bezorilikka  xos 

urish-janjallar  nojamoat  joylarida  ham  sodir  etiladi.  Bundan  tashqari  yashirin 

ko`chalarda  va  boshqa  mahfiy  joylarda  ham  ushbu  jinoyat  sodir  etilishi  mumkin. 

Shuning  uchun  bezorilik  jinoyati  sodir  qilinish  joyi  aniq  belgilanishi  maqsadga 

muvofiq emas. 

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasida ko`zda tutilgan 

bezorilik  urish-do`pposlash  yoki  yengil  tan  jarohati  yetkazish  bilan  bog`liq 

jamiyatda  o`rnatilgan  xulq-atvor  qoidalarini  buzish  sodir  bo`lgan  paytdan 

tugallangan hisoblanadi. 

O`zganing  mol-mulkini  nobud  qilish  yoki  unga  jiddiy  zarar  yetkazish  bilan 

bog`liq jamiyatda o`rnatilgan xulq-ator qoidalarini qasddan mensimaslik oqibatida 

jiddiy zarar yetkazilganida tamom bo`lgan jinoyat hisoblanadi.

2

 



2)  jinoyatning  sodir  qilinish  usuli.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling