Jinoyat qonuni tushunchjasi va ahamyati


O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplariga


Download 47.44 Kb.
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi47.44 Kb.
#1774349
1   2
Bog'liq
Jinoyat qonuni tushunchjasi va ahamyati

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplariga:

  1. qonuniylik — sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Hech kim sud hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas;

  2. fuqarolarning qonun oldida tengligi — jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega;

  3. demokratizm — jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslarni ahloqni tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilishlari mumkin;

  4. insonparvarlik — jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi;

  5. odillik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi;

  6. shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘lishligi;

  7. javobgarlikning muqarrarligi — qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shartligi kiradi

  8.  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va manfaatlariga barcha choralar bilan rioya qilishni, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy mas’uliyat va talabchanlik tuyg‘ularini oshirishni taqozo etadi. Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, xususiy mulk, tabiiy muhit, tinchlikosoyishtalik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash nazarda tutilgan..

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.O’zbekiston respublikasining Jinoyat huquqi. Toshkent 2014-yil
2. O’zbekiston respublikasining Jinoyat kodeksi
3. O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi
4. Lex.uz sayti
Download 47.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling