Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi va uning turlari


Tamom bo‘lmagan suiqasdda


Download 48.53 Kb.
bet6/10
Sana14.05.2023
Hajmi48.53 Kb.
#1459182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jinoyatni sodir etish bosqichlari

Tamom bo‘lmagan suiqasdda jinoyatchi jinoyatning tamom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan harakatlarni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra oxiriga yetkaza olmaydi. Masalan, shaxs o‘g‘rilik qilish maqsadida uyga kiradi, barcha boyliklarni olib chiqib ketish uchun tayyor qilib qo‘yganida, to‘satdan uyning egasi kelib qolib uni tutib oladi.
Tamom bo‘lgan suiqasdda esa, shaxs jinoyatni sodir etish uchun zarur bo‘lgan barcha harakatlarni amalga oshiradi, lekin o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra jinoyat tamom bo‘lmaydi va jinoiy oqibat yuz bermaydi. Tamom bo‘lgan suiqasdning o‘ziga xos xususiyati shundaki, jinoyatchi o‘zi tomonidan jinoyatni oxiriga yetkazish uchun hech qanday qo‘shimcha harakat yoki kuch talab etilmasligiga ishonch hosil qiladi. Bunda aybdorga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra jinoiy oqibat ro‘y bermaydi. Qasddan odam o‘ldirish maqsadida, aybdor jabrlanuvchiga o‘q uzadi, lekin o‘q tegmaydi yoki unga tan jarohati yetkazadi; xuddi shu maqsadda qo‘shnisini zaharladi, ammo shifokorlarning sa’y-harakati bilan jabrlanuvchining hayoti saqlanib qoladi. Suiqasdning tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan turlarga bo‘linishi qonunni qo‘llashda katta ahamiyatga ega. Chunki:
birinchidan, tamom bo‘lgan suiqasdning ijtimoiy xavfliligi tamom bo‘lmagan suiqasdga nisbatan yuqori;
ikkinchidan, suiqasdning ikki turga bo‘linishi jinoyatni oxiriga yetkazish masalasini hal qilishda muhim ahamiyatga ega;
uchinchidan, jazo tayinlashda e’tibor beriladi;
to‘rinchidan, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish masalasini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Jinoyat huquqida ba’zi bir nazariyotchilar suiqasdning uchinchi turi - yaroqsiz suiqasd ham mavjud, deb hisoblaydilar. Bu o‘z navbatida yaroqsiz obyektga (predmetga) suiqasd va yaroqsiz vosita bilan suiqasd qilishga bo‘linadi.
Yaroqsiz obyektga (predmetga) suiqasd qilish shaxsning xatosi tufayli jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga zarar yetkazil-masligida ifodalanadi. Bunda shaxs jinoyat obyektiga nisbatan emas, balki predmetiga nisbatan xato qiladi. Shaxsni o‘ldirish maqsadida yaroqsiz quroldan o‘q uzish, aybdor tomonidan zahar deb hisoblan-gan, lekin zararsiz bo‘lgan kukunnni shaxsga berish bunga misol bo‘la oladi. Yuqoridagi misollardan suiqasdni yaroqsiz suiqasd deb hisobash qiyin. Yaroqsiz suiqasdda shaxs jinoyatni tugatish maqsadida aniq bir obyektga tajovuz qiladi, ammo xatoga yo‘l qo‘yganligi tufayli o‘z maqsadiga erisha olmaydi.
Yaroqsiz vosita bilan suiqasd qilish suiqasdning yana bir turi hisoblanadi. Bunga ham yuqoridagi misollarni keltirish mumkin. Yaroqsiz obyektga suiqasd qilish jinoyat sodir etish vositasi, umuman, yaroqsizligi va undan belgilangan maqsadda foydalanib bo‘lmasligi bilan farqlanadi.




  1. Download 48.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling