Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi va uning turlari


Download 48.53 Kb.
bet9/10
Sana14.05.2023
Hajmi48.53 Kb.
#1459182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jinoyatni sodir etish bosqichlari

birinchidan, qonunda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchiga jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun javobgarlikdan ozod etish uchun muayyan shartlar nazarda tutilgan.
ikkinchidan, qonunda javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin bo‘lgan ishtirokchilar doirasi chegaralangan, ya’ni faqatgina dalolat-chi, tashkilotchi va yordamchi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
uchinchidan, ular tomonidan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralar ko‘rilgan bo‘lishi zarur.


5. Tamom bo‘lgan jinoyat

Jinoyatni tamom bo‘lgan deb topish uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasida nazarda tutilgan aniq bir jinoyatning barcha belgilari (obyekt, obyektiv tomon, sub’yekt, subyektiv tomon) sodir etilgan bo‘lishi lozim. Moddaning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan obyektiv tomonning barcha belgilari va subyektiv tomon (qasd yoki ehtiyotsizlik) to‘liq mavjud bo‘lganda jinoyat tamom bo‘lgan deb topiladi.


Jinoyatning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash uchun har bir holatda uning tugallangan vaqtini bilish lozim. Bu jinoyat qonunida belgilangan aniq bir jinoyat tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan oqibat kelib chiqqan bo‘lishi lozim. Ba’zi bir jinoyatlarda uning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash qiyin. Jinoyat belgisini tashkil qiluvchi oqibatning kelib chiqqanligi va aybdorning qasdi ayni shu oqibatni keltirib chiqarishga qaratilganligi e’tiborga olinadi. Agar qasd qilingan oqibatdan boshqa oqibat kelib chiqqan bo‘lsa (masalan, shaxs qasddan odam o‘ldirish maqsadida jinoyat sodir etsa, ammo badanga og‘ir shikast yetkazsa). Bunday holatda jinoyat sodir etishga suiqasd bo‘ladi.
Formal tarkibli jinoyatlar uchun esa, jinoiy oqibat yuz bergan yoki yuz bermaganligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida nazarda tutilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, haqorat qilish jinoyatida shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi.
Ba’zi jinoyatlarda oqibatning yuz berishi bilan emas, balki shunday oqibatning yuz berish xavfi ostida qoldirish bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, tanosil yoki OITS kasalligini tarqatish jinoyatida bila turib boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi (Jinoyat kodeksi, 113-modda, 1-qism).
Ba’zan qilmishning ijtimoiy xavfliligi yuqoriligiga qarab, jinoiy guruhni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lsa, jinoyat xuddi shu narsa tashkil etilgan vaqtdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, jinoiy uyushma tashkil etish (Jinoyat kodeksi, 242-modda). Bu qil-mish jinoiy uyushma yoki uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rah-barlik qilish, shuningdek, uning mavjud bo‘lishi va ishlab turishiga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi. Jinoyat huquqida bunday jinoyatlar kesik tarkibli jinoyat deb yuritiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish, ya’ni shaxsning o‘z aybiga iqror bo‘lib, jinoyatni fosh etishga yordamlashgan faol xatti-harakatidan farqlay olish lozim:
Birinchidan, bu ikki tushuncha bir-biridan yuridik tabiatiga ko‘ra farq qiladi. Ya’ni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda jinoyat-ning ijtimoiy xavflilik, huquqqa xiloflilik va jazoga sazovorlik belgi-lari mavjud emasligi sababli jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi holatlardan biri hisoblanadi.
Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa jinoyatning barcha belgilariga ega bo‘lib, quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) jazoni yen-gillashtiruvchi holat (Jinoyat kodeksi, 55-modda, 1-qism); b) shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksi, 66-modda); v) shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksi,71-modda).
Ikkinchidan, ixtiyoriy qaytish jinoyat tamom bo‘lgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa jinoyat sodir etilganidan keyingi xulq-atvor hisoblanadi.
Uchinchidan, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ham passiv, ham aktiv shaklda sodir etilishi mumkin. Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa faqat aktiv harakat orqali sodir etiladi.



Download 48.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling