Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi va uning turlari


Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish


Download 48.53 Kb.
bet7/10
Sana14.05.2023
Hajmi48.53 Kb.
#1459182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jinoyatni sodir etish bosqichlari

Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish tushunchasi va uning huquqiy belgilari 1994-yilgi Jinoyat kodeksi 26-moddasi va 30-moddasi 5-qismida ifodalangan. Jinoyat kodeksi 26-moddasi 1-qismi-ga muvofiq shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan harakatlarini oxiriga yetka-zish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb baholanadi.


Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish faqat jinoyatga tayyor-garlik ko‘rish va suiqasd qilish bosqichida, ya’ni jinoyat tamom bo‘lmagan holda yuridik ahamiyatga ega.
Qonunda qaysi hollarda jinoyatdan ixtiyoriy qaytish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksi 26-moddasi 1-qismiga ko‘ra: a) shaxs tomonidan tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatish; b) ji-noyatni sodir etishni to‘xtatish; v) jinoiy oqibat kelib chiqishining ol-dini olish jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb hisoblanadi.
Shaxsning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi asoslari huquqiy adabiyotlarda tur-licha ko‘rsatilgan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish orqali qil-mishning va shaxsning ijtimoiy xavfliligi yo‘qoladi. N.S. Tagansev-ning fikriga ko‘ra: «...jinoiy harakat ixtiyoriy ravishda to‘xtatilganda uning obyektiv va subektiv belgilari, javobgarlikning huquqiy asosi shuningdek, shaxsning ijtimoiy xavfliligi yo‘qoladi».
N.F Kuznetsovaning fikriga ko‘ra shaxsni jinoiy javobgarlikka tortmaslikning asosi jinoyat tarkibining yo‘qligi hisoblanadi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytgan shaxsning harakatida uning xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish, shuningdek, tamom bo‘lgan jinoyatning belgilari mavjud bo‘lmaydi3.
Jinoyat kodeksining ikkinchi bo‘lim, oltinchi bobi (tamom bo‘l-magan jinoyatlar)ga jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish haqidagi modda kiritilgan. V.F Karautsev qonundagi bunday holatni baholab, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish instituti amaliy jihatdan tamom bo‘lmagan jinoyatlarni baholashda katta ahamiyatga ega, deydi4.
Ixtiyoriy qaytishning asosiy huquqiy o‘ziga xos tomoni jinoiy oqibat va javobgarlikning vujudga kelmasligidir.
Masalan, shaxs odam o‘ldirish jinoyatini sodir etish maqsadida o‘q otish qurolini tayyorlaydi, biroq odam o‘ldirish jinoyatini sodir etishdan o‘z xohishiga ko‘ra ixtiyoriy qaytadi va jinoyat qurolini yo‘qotadi. Bunda shaxs odam o‘ldirish yoki g‘ayriqonuniy ravishda qurol tayyorlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shaxs-ning xohishi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosa-batlarga zarar yetkazmaydi va shuning uchun ham u jinoiy javobgar-likka tortilmaydi. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksi 26-moddasi 2-qismida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun javobgarlik belgilanmasligi ko‘rsatilgan.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytilgan deb topish uchun:

  1. shaxsda jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligi;

  2. jinoiy oqibat yuz berishini anglagan holda uning oldi olingan bo‘lishi kerak.

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ikkita o‘ziga xos belgiga ega:

Download 48.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling