Jinoyat tushunchasi Jinoyat belgilari Jinoyat oqibat tushunchasi
Jinoyatlarning boshqa huquqbuzarliklardan farqi
Download 54.47 Kb.
|
JINOYAT OQIBAT TUSHUNCHASI
4. Jinoyatlarning boshqa huquqbuzarliklardan farqi
Huquqbuzarliklar turli-tuman bo‘lib, asosan qaysi huquq sohasi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning buzilganligiga bog‘liqdir. Huquqbuzarlikning jinoiy, ma’muriy, intizomiy, fuqaroviy, mehnat, oila, xo‘jalik, yer, suv, ekologiya, havo va boshqa turlari mavjud. Ushbu huquqbuzarliklarning bir-biridan farqlovchi belgilari qanday? degan savol tug‘iladi. Huquqbuzarlik keng doiradagi qilmishlar uchun bir turkumda-giga tegishli bo‘lgan tushuncha hisoblanadi. Jinoyat bu – o‘zining maxsus belgilariga ega bo‘lgan huquqbu-zarlikdir. Lekin ko‘pchilik kriminalist olimlar va amaliyotchilar “Jinoyat o‘zining muhim jihatlari, xususiyatlari va belgilariga ega, boshqa huquqbuzarliklar bunday tarkibiy elementlarga ega bo‘lsa ham jinoyat ulardan farq qiladi, chunki jinoyat boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan shaxs, jamiyat va davlat (manfaatlari)ga ko‘proq xavf tug‘diradi”[15], -deb ta’kidlaydilar. Jinoyat ijtimoiy xavflilik darajasining yuqori ekanligi bilan boshqa huquqbuzarliklardan farq qiladi. Jinoyat huquqida jinoyatlarni tavsiflashda ularning obyektiv va subyektiv belgilari e’tiborga olinadi. Bunday belgilar boshqa huquq sohalari (ma’muriy, fuqarolik, mehnat va h.k)da ham mavjud. Bunday huquqbuzarliklarni bir-biridan farqash, ularni chegarasini belgilash uchun formal belgilar bo‘lishi shart va bunday belgilar shaxsning jinoyat, ma’muriy, fuqarolik yoki intizomiy huquqbuzarliklardan qay birini sodir etganligini aniqlab olishga yordam beradi. Huquqbuzarliklarni farqlash bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilangan qonun mavjud bo‘lganida oson bo‘ladi. Aynan huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan qonunlarga asoslanib nazariy va amaliy jihatdan huquqbuzarliklarni bir-biridan farqlovchi belgilar ishlab chiqilgan. Jinoyat va boshqa huquqbuzarlik o‘rtasidagi farqlar quyidagi belgilar: a) huquqbuzarlikning obyekti; b) ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati; c) huquqqa xiloflilik shakli; d) yetkazilgan zararning miqdoriga asoslanadi. Lekin ko‘pchilik olimlar o‘rtasida “yetkazilgan zarar huquqbu-zarliklarni farqlovchi belgi hisoblanmaydi, chunki u qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi tarkibiga kiradi”[16] degan bahsli fikrlar ham mavjud. Download 54.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling