Jinoyat tushunchasi Jinoyat belgilari Jinoyat oqibat tushunchasi


Download 54.47 Kb.
bet12/15
Sana15.06.2023
Hajmi54.47 Kb.
#1482647
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
JINOYAT OQIBAT TUSHUNCHASI

Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish ja’zosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Agar qonunda ozodlik-dan mahrum qilishning eng oz qismi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun tayinlansa, eng ko‘p qismi og‘ir jinoyatlar guruhiga kiruvchi jinoyatlar uchun nazarda tutilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 118-moddasi (nomusga tegish) sanksiyasida ozodlik-dan mahrum qilishning muddati uch yildan yetti yilgacha berilgan. Demak, eng yuqori qismi yetti yil bo‘lganligi uchun bu jinoyat og‘ir jinoyatlar guruhiga kiradi.
Og‘ir jinoyatlar guruhiga – qasddan badanga og‘ir shikast yetka-zish (104-moddaning 2-qismi), nomusga tegish (118-moddaning 1,2-qismlari), voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish (127-moddaning 3-qismi), odamlardan foydalanish uchun ularni yollash (135-moddaning 2-qismi), odam o‘g‘irlash (137-mod-daning 2-qismi), urushni targ‘ib qilish ( 150-modda), yollanish (154-modda), milliy, irqiy yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (156-moddaning 2-qismi), davlat sirini oshkor qilish (162-moddaning 2-qismi), bosqin-chilik (164-moddaning 1,2-qismlari) kabi jinoyatlarni kiritish mumkin.
O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim ja’zosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Bunday jinoyatlar guruhiga - qasddan odam o‘ldirish (JK, 97-modda), jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning 3,4-qismlari), agressiya (151-mod-da), urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda), genotsid (153-modda), terrorizm (155-modda 2,3-qismlar), davlatga xoinlik qilish (157-modda), josuslik (160-modda), qo‘poruvchilik (161-modda) kabi jinoyatlar kiradi.
Jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra tasniflash nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Masalan, shaxs tomonidan u yoki bu toifadagi jinoyatlarning sodir etilishi “ozodlikdan mahrum qilish” (JK, 50-modda), “shartli hukm qilish” (72-modda), “jinoiy javobgarlikdan ozod qilish” (64-68-mod-dalar), “jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish” (74-modda) kabi holat-larning qo‘llanishi singari jinoyat huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Jinoyatlarni obyektiga ko‘ra tasniflash masalasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi jinoyatlarni maxsus (turdosh) obyektiga qarab guruhlarga ajratish va maxsus obyektning ahamiyatiga qarab joylash-tirilishini belgilaydi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi jinoyatning max-sus (turdosh) obyektiga ko‘ra bo‘lim va boblarga ajratilgan. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining birinchi bo‘limida “shaxsga qarshi jinoyatlar”, ikkinchi bo‘limida “tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar”, uchinchi bo‘limida “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar”, to‘rtinchi bo‘limida “ekologiya sohasidagi jinoyatlar” va shu kabi jinoyatlar bo‘limlarga ajratib joylashtirilgan. Bunda bevosita obyekti bir-biriga o‘xshash jinoyatlar bitta bo‘limga kiritilib, ana shu bo‘lim yoki bobdagi jinoyatlarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan obyekt maxsus (turdosh) obyekt deb yuritiladi.
Jinoyatlarni tasniflash Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi jinoyatlar uchun nazarda tutilgan sanksiyalarning turlari va hajmi (og‘irlik darajasi) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Jinoyatlarni tasniflash, avvalambor, jinoyat qonunini qo‘llashda ahamiyatga ega. Ayniqsa, jinoyat-huquqiy institutlar va normalarni joy-joyiga qo‘yish, shuningdek, jinoyat sodir etish bosqichlari, ishtirokchilik, xavfli va o‘ta xavfli retsidiv jinoyat kabilarni e’tiborga olishda jinoyatlarni tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 34-moddasi 3-qismiga ko‘ra:
“Besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish ja’zosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya’ni:
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lma-gan muddatga ozodlikdan mahrum qilish ja’zosi tayinlangan shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat’i nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish ja’zosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi o‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi. Demak, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topishga asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, tamom bo‘lmagan jinoyatlar ularning qasddan sodir etilishidan, ya’ni og‘irligidan darak beradi. Masalan, Jinoyat kodeksi 25-moddasi 2-qismiga ko‘ra, qasddan sodir etiladigan jinoyat-lar boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
Shuningdek, jinoyatlarni tasniflash jazo tayinlash amaliyotida ham muhim o‘ringa ega. Masalan, Jinoyat kodeksi 50-moddasi 5-qismiga ko‘ra:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan-larga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan-larga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
c) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
d) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Avf etilib, o‘lim ja’zosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.”
Jinoyat kodeksi 51-moddasi 1-qismiga ko‘ra, otib o‘ldirish tari-qasidagi o‘lim ja’zosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning 2-qismi), terrorizm (155-mod-daning 3-qismi) uchun belgilanadi.
Jinoyat kodeksi 73-moddasi 3-qismiga ko‘ra:
“Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlik-dan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini;
c) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki ja’zosi yengilrog‘i bilan almashtiril-gan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Demak, jinoyatlarni tasniflash jazo tayinlashning birinchi va asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. Sud amaliyotida jinoyatlarning tasnifi jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, ular uchun odilona jazo tayinlash, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish kabi masalalarni hal qilishda bosh mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, jinoyatlarni tasniflashning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
birinchidan, jinoyatlarni tasniflash jinoyat huquqiy institut va normalarni joy-joyiga qo‘yish; shuningdek, jinoyat sodir etish bos-qichlari, ishtirokchilik, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ra-vishda ozod qilish, o‘ta xavfli retsidiv jinoyatlar, jinoiy javobgarlik-dan ozod qilish kabi jinoyat huquqiy institutlarni to‘g‘ri qo‘llashga ta’sir etadi;
ikkinchidan, u yoki bu toifadagi jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan ma’lum bir jinoyat huquqiy oqibat vujudga keladi (Masalan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va shu kabi boshqa oqibatlar)[14].

Download 54.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling