Jinoyat tushunchasi Jinoyat belgilari Jinoyat oqibat tushunchasi


Download 54.47 Kb.
bet14/15
Sana15.06.2023
Hajmi54.47 Kb.
#1482647
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
JINOYAT OQIBAT TUSHUNCHASI

Jinoyatning obyekti jinoiy qilmishning jamiyatga, ijtimoiy munosabatlarga ta’siri orqali uning ijtimoiy xavflilik xususiyatini belgilash imkonini beradi.
Jinoyatning umumiy obyektiga jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadi-gan har qanday ijtimoiy munosabatlar kiradi. Bunday ijtimoiy muno-sabatlar shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati, davlat xavf-sizligi bilan bog‘liq boshqa ijtimoiy munosabatlar bo‘lishi mumkin.
Amaldagi jinoyat qonunida qonun bilan qo‘riqlanadigan obyekt-larni bo‘lim va boblar bo‘yicha joylashtirilganligi holda bu masalani aniqlashtirgan va kengaytirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2-moddasiga ko‘ra, umuminsoniy qadriyatlar jinoyat huquqiy muhofaza obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolik, ma’muriy, mehnat, moliya, soliqqa oid huquq-buzarliklarning obyekti esa jinoyat obyektidan kengroq hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2- va 10-moddalariga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat va jamoat tartibi, boshqaruvning belgilangan tartibi va hokazolar hisoblanadi. Bu huquq sohasining umumiy obyekti – jamiyat hayotining ma’lum bir sohasi-dagi fuqarolarning yurish-turish qoidalari hisoblanadi.
Fuqarolik huquqining obyekti esa Fuqarolik kodeksining 2-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga fuqarolik muomalasi ishti-rokchilarining huquqiy holati, mulk huquqi va boshqa ashyoviy hu-quqlar, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquq, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlar hamda shaxsiy nomulkiy huquqlar kiradi.
Soliqqa oid huquqbuzarliklar esa jamiyat va davlatning moliya-viy tizimiga zarar yetkazadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Oila huquqining muhofaza qilish obyekti oila-nikohga oid munosabatlar hisoblanadi.
Intizomiy xatti-harakatlar davlat va xizmat intizomiga tajovo‘z qilinadi. Ular qonun, qonunosti aktlari va vakolatli mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar bilan qo‘riqlanadi. Intizomiy xatti-harakatlar uchun javobgarlik ko‘proq mehnat qonunchiligi va harbiy ustavlarda nazarda tutilgan bo‘ladi.
Demak, jinoyat boshqa huquqbuzarliklardan birinchi navbatda obyekti bilan farq qilib, jinoyatning obyekti umuminsoniy qadriyatlar hisoblansa, boshqa huquqbuzarliklarning obyektlari esa ancha kengroq bo‘ladi.

Download 54.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling