Jinoyat va jazo


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 174.65 Kb.
bet3/15
Sana05.01.2022
Hajmi174.65 Kb.
#207756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
“jinoyat va jazo” romanida psixologizm

Muammoning o’rganilganlik darajasi. «Dostoyevskiy va padarkushlik» nemis ruhshunos olimi Zigmund Freydning badiiy asar va muallif biografiyasi asosida olib borgan tadqiqotlaridan hisoblanadi. Psixoanalizning sof nazariy-metodologik, tibbiy-psixologik jihatlarini asoslashga qaratilgan asarlarda («Seksuallik xususida uch ocherk», «G`ayriodatiy lazzatlanish tamoyili», «Kundalik hayot psixopatologiyasi» kabi) adabiyot, badiiy tafakkur bilvosita xizmat qilgan bo’lsa, ushbu asarda bevosita xizmat qiladi. Tadqiqotda Zigmund Freydning nazari, birinchi navbatda, muallifning ijodiga emas, shaxsiyatiga qaratiladi. «Dostoyevskiyning serqirra shaxsiyatini to’rt tomondan o’rganish mumkin: yozuvchi sifatida, nevrotik sifatida, mutafakkir-etik sifatida va gunohkor sifatida», – deb yozadi Z.Freyd ushbu asarida.

Z.Freydning fikricha, Dostoyevskiy asarlaridagi shahvatparastlar, jinoyatchilar, qotillar, xudbin va telbalar obrazi aynan muallifning ichki dunyosidagi yashirin istaklaridan va uning biografiyasi bilan bog`liq ba’zi hodisalardan kelib chiqadi. Shuningdek, yozuvchi ijodidagi padarkushlik talqini ham ayni sabablar oqibati o’laroq namoyon bo’ladi.

Umuman, Freyd talqinidagi Dostoyevskiy shaxsiyati ambivalent munosabatning tipik namunasidir. Bunday munosabat yozuvchining nafaqat yaqinlari yoki atrofidagi begona kishilarga, o’quvchilariga nisbatan, balki o’ziga nisbatan ham ko’zga tashlanadi: «Har holda, uning shaxsiyati sadistik qirralardan xoli emas. Undagi qahr-u g`azab, sabrsizlik, azoblashga moyillik istaklari o’z yaqinlariga munosabatida, o’quvchi bilan ichki muloqotida yaqqol ko’zga tashlanadi. Arzimas masalalarda u o’zgalarga nisbatan, asosiy holatlarda o’ziga nisbatan sadist hisoblansa, ayni paytda, hech kimdan yordamini ayamaydigan, yumshoq ko’ngil, ezgu qalbli kishi sifatida namoyon bo’ladiki, bu undagi mozaxizmdan dalolat», – deb yozadi bu haqda Zigmund Freyd.

Otasining o’limi, garchi bunda jismonan sababchi bo’lmagan bo’lsa-da, F.M.Dostoyevskiyda chuqur gunohkorlik hissini uyg`otgan. Bunday hissiyot manbai uning ongi ostidagi otasining o’limiga bo’lgan intilish bo’lib, aybdorlik hissining yozuvchi faoliyatida namoyon bo’lish shakli esa, ayni mozaxistik sublimastiyadir.



Z.Freyd yozuvchi F.M.Dostoyevskiy psixologiyasidagi mana shunday murakkab va chigal holat ifodasini «Aka-uka Karamazovlar» romanida ko’radi. Ma’lumki, romanda otasining o’limini maqsad qilib yashayotgan Dmitriy Karamazov istagi boshqa Karamazov (Smerdyakov) tomonidan amalga oshiriladi. Dostoyevskiy ifoda usulida aynan o’sha qotil Karamazovga nisbatan simpatiyaning yetakchilik qilishi Freyd uchun kalit vazifasini o’taydi. Uningcha, aslida qotil bir ijrochi, xolos. Haqiqiy qotil esa, otasining o’limini ich-ichdan istab yurgan Dmitriy. Shu ma’noda Dmitriyning ichki iztiroblari, o’z navbatida, Dostoyevskiyning ham iztiroblaridir. Uning ruhiy bemorligi aynan Dostoyevskiyning dardi. Shuning uchun muallif bu qahramonidan nafratlanar ekan, ayni nafrat barobarida qotil Karamazovni o’zining xaloskori, deb biladi.

Tahlil asnosida Zigmund Freyd “Aka-uka Karamazovlar» romanini jahon adabiyotining ikki buyuk asari – “Shoh Edip» va «Gamlet»dan yuqori qo’yadi. Dostoyevskiy romani haqida: “Bu yo’nalishda rus yozuvchisining romani bir qadam olg`a ketadi”, – degan so’zlarni yozadi.

Rus olimi V.Ya.Kirpotinning “Mir Dostoyeskogo”, ya’ni “Dostoyeskiy olami” nomli etyudlar va tadqiqotlar kitobida ham adib ijodining muhim qirralari ochib berilgan.1 Ivan Voligin esa Dostoyevskiyning so’nggi yillari haqida fikr yuritgan.

M.Abdurahmonova badiiy asarlarda ruhiy dunyo tasviri, rus adabiyoti va o’zbek prozasida psixologik tahlil masalasi, Narzulla Shodiev Abdulla Qahhorning psixologik tahlil mahorati, Gulchehra Imomova Odil Yoqubov asarlarida ruhiy iztiroblar tasviri, Nafisa Alieva “O’tkan kunlar”da psixoanalitik holatlar talqini xususida fikr yuritgan bo’lsalar,2 Hotam Umurov badiiy psixologizm va hozirgi o’zbek romanchiligi, Bahodir Karimov “Ruhiyat alifbosi” kitobida psixologik metod tavsifi, Uzoq Jo’raqulov psixoanaliz va badiiy ijod, Jabbor Eshonqulov ruhiy tahlil metodi to’g`risida o’z qarashlarini ilgari surganlar.3

Yuqorida nomlari qayd qilingan asarlar asosida F.M.Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanida psixologizm masalasini o’rganish, roman qahramonlarining ruhiy holatini tahlil qilish mumkin.


Download 174.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling