Jinoyatchi shaxsi tushunchasi


Jinoyatchi shaxsining jinoiy-huquqiy tavsifi quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi


Download 112.5 Kb.
bet8/12
Sana30.01.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1141964
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jinoyatchi shaxsining psixologik omillari

Jinoyatchi shaxsining jinoiy-huquqiy tavsifi quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi:

  • sodir etilgan jinoyatning og‘irlik darajasi;

  • muqaddam sudlanganligi;

  • umumiy yoki maxsus retsidiv;

  • aybning shakli;

  • jinoiy tajovuzning yo‘nalishi;

  • tajovuzning bir kishi yoki guruh tomonidan sodir etilganligi;

  • jinoiy xulq-atvorning motivi;

  • jinoyat sodir etilishidagi o‘rni va roli;

  • bir nechta bir xildagi jinoyatlarni sodir etish.

Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik tavsifi quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi:

  • jinsi;

  • yoshi;

  • ma’lumoti;

  • moddiy shart-sharoitlari;

  • mashg‘ulot turi;

  • oilaviy ahvoli;

  • jamiyatdagi o‘rni;

  • mutaxassisligi;

  • ijtimoiy mavqei va maqomlari;

  • doimiy yashash joyining bor-yo‘qligi;

  • fuqaroligi.

Jinoyatchi shaxsining ma’naviy-ruhiy tavsifi quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi:

  • intellekt (tafakkur) darajasi;

  • qobiliyat, ko‘nikma va odatlari;

  • irodaviy xususiyatlari;

  • hissiy xususiyatlari;

  • yo‘nalishlari;

  • qiziqishlari;

  • qarashlari;

  • huquq va axloq me’yorlariga munosabati;

  • ehtiyojlari;

  • ehtiyojlarni qondirish uchun tanlaydigan usullari;

  • giyohvandlik vositalari yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi.

Jinoyatchi shaxsining jinoiy-huquqiy, ijtimoiy-demografik va ma’naviy-ruhiy belgilari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldirib turadi. Xususan, shaxsning ijtimoiy-demografik belgilari (yoshi, ma’lumoti, kasbi, yashash joyi kabilar) o‘z navbatida uning jamoatchilik hayotida tutgan o‘rnini belgilash va ma’naviy shakllanishi bilan uzviy bog‘liq holda kechadi. Ma’naviy-ruhiy xususiyatlari esa, uning shakllanishiga ta’sir etgan ijtimoiy holatlar qanday kechganligini ifodalaydi, qolaversa, shaxsning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni bilan bog‘liq vazifalarni qanday bajarayotganligini baholashga ham imkon yaratadi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling