Jinoyatchi shaxsining jinoiy-huquqiy tavsifi quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi:
sodir etilgan jinoyatning og‘irlik darajasi;
muqaddam sudlanganligi;
umumiy yoki maxsus retsidiv;
aybning shakli;
jinoiy tajovuzning yo‘nalishi;
tajovuzning bir kishi yoki guruh tomonidan sodir etilganligi;
jinoiy xulq-atvorning motivi;
jinoyat sodir etilishidagi o‘rni va roli;
bir nechta bir xildagi jinoyatlarni sodir etish.
Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik tavsifi quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi:
jinsi;
yoshi;
ma’lumoti;
moddiy shart-sharoitlari;
mashg‘ulot turi;
oilaviy ahvoli;
jamiyatdagi o‘rni;
mutaxassisligi;
ijtimoiy mavqei va maqomlari;
doimiy yashash joyining bor-yo‘qligi;
fuqaroligi.
Jinoyatchi shaxsining ma’naviy-ruhiy tavsifi quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi:
intellekt (tafakkur) darajasi;
qobiliyat, ko‘nikma va odatlari;
irodaviy xususiyatlari;
hissiy xususiyatlari;
yo‘nalishlari;
qiziqishlari;
qarashlari;
huquq va axloq me’yorlariga munosabati;
ehtiyojlari;
ehtiyojlarni qondirish uchun tanlaydigan usullari;
giyohvandlik vositalari yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi.
Jinoyatchi shaxsining jinoiy-huquqiy, ijtimoiy-demografik va ma’naviy-ruhiy belgilari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldirib turadi. Xususan, shaxsning ijtimoiy-demografik belgilari (yoshi, ma’lumoti, kasbi, yashash joyi kabilar) o‘z navbatida uning jamoatchilik hayotida tutgan o‘rnini belgilash va ma’naviy shakllanishi bilan uzviy bog‘liq holda kechadi. Ma’naviy-ruhiy xususiyatlari esa, uning shakllanishiga ta’sir etgan ijtimoiy holatlar qanday kechganligini ifodalaydi, qolaversa, shaxsning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni bilan bog‘liq vazifalarni qanday bajarayotganligini baholashga ham imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |