Jinoyatchi shaxsi tushunchasi


Jinoyatchi shaxsining ma’naviy-ruhiy tavsifi


Download 112.5 Kb.
bet10/12
Sana30.01.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1141964
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jinoyatchi shaxsining psixologik omillari

Jinoyatchi shaxsining ma’naviy-ruhiy tavsifi «shaxs – muhit» o‘zaro ta’sir mexanizmlarini o‘rganishga, jinoyatchining shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi nojo‘ya shart-sharoitlarni aniqlashga yordam beradi.
Emotsiyalar, intellekt va iroda sohalarini tahlil qilish individual jinoiy xulq-atvor motivatsiya jarayonlari haqida xulosa chiqarish, jinoyatning muayyan motivlari va sabablarini aniqlash imkonini beradi.
Xususan, intellekt shaxsning aqliy rivojlanish darajasini, o‘zini qurshagan muhit haqidagi bilimlari hajmi va ularning chuqurlik darajasini, ma’rifiy qiziqishlari mazmuni, doirasi va hajmini, ijtimoiy munosabatlari hajmini belgilaydi.
Odamning emotsiyalar sohasi uning nerv jarayonlarining kuchi, muvozanati va harakatchanligini (mijozini), emotsional ta’sirchanlik darajasi va hokazolarni ko‘rsatadi.
Shaxsning irodasiga xos xususiyatlar uning o‘z faoliyatini ongli tarzda tartibga solish ko‘nikmasini, qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish, o‘z maqsadiga erishish qobiliyatini tavsiflaydi.
Ular tirishqoqlik, izchillik, tashabbuskorlik, topqirlik, qat’iylik, o‘zini tuta bilish, serg‘ayratlik kabi fazilatlarda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-psixologik tahlil pirovardida shaxsning jinoiy xulq-atvoriga ta’sir etuvchi bevosita sabablar va sharoitlarning amal qilish mexanizmini tushunib yetish imkonini beradi. U jinoyatchi shaxsi g‘ayriijtimoiy yo‘nalishining mazmunini, uning salbiy ko‘rinish kasb etgan qarashlari va moyilliklari, ehtiyojlari va manfaatlarini yoritishga ko‘maklashadi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, jinoyatga turtki bergan omillarni aniqlashga yordam beradi.
Har qanday xulq-atvor, shu jumladan jinoiy xulq-atvor ham ijtimoiyaxloqiy mazmun va mezonga ega bo‘ladi, shaxsning axloqiy xususiyatlari va xislatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Axloqiy bilish va axloqiy munosabatlar shaxs xulq-atvorini boshqarishning asosiy omillari qatoriga kiradi. Bu omillardagi har qanday nuqsonlar va qusurlar shaxsning xulqatvoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan shaxsning axloqiy tavsifi uning ma’naviy va axloqiy qiyofasini shakllantiruvchi barcha axloqiy fazilatlar va xislatlarni qamrab oladi. Ushbu tavsif zamirida yaxshilik va yomonlik, vijdonlilik va burch, sha’n va qadr-qimmat haqidagi qarashlar yotadi. Bu fazilatlar va xislatlar shaxsning ma’naviy yetuklik darajasini aks ettiradi va uning har qanday qilmishi va xatti-harakatlarini belgilab beradi.
Odamning ongli faoliyatida ma’naviy sezgilar, kayfiyatlar va munosabatlar ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ularni kriminologik o‘rganish juda muhimdir.
Shaxsning ijtimoiy belgilari asosan uning jamiyatdagi, jamoadagi, mikromuhitdagi o‘rni, ya’ni uning ijtimoiy holati bilan tavsiflanadi. Shaxsning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha belgilarini o‘z holicha kriminogen belgilar sifatida baholash mumkin emas. Ammo ularning ijobiy yoki salbiy ijtimoiy ahamiyatiga qarab, ular o‘rtasida mavjud o‘zaro bog‘lanishlar shaxsning muayyan xulq-atvori maqbul yoki nomaqbul yo‘nalishda namoyon bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Nihoyat, jinoyatchi shaxsining jinoiy-huquqiy tavsifi jinoiy-huquqiy kategoriyalarga (masalan, sodir etilgan jinoyat turi va uning og‘irlik darajasi, jinoyat sodir etishda ishtirokchilik, umumiy va maxsus retsidiv, jinoyatchi shaxsining axloqan tuzalish darajasi va hokazo) asoslanadi va jinoyat sodir etgan shaxsning o‘ziga xos portretini yaratish imkonini beradi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling