Jinoyatchi shaxsi tushunchasi


Jinoyatchi shaxsi jinoiy-huquqiy jihatdan


Download 112.5 Kb.
bet9/12
Sana30.01.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1141964
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jinoyatchi shaxsining psixologik omillari

Jinoyatchi shaxsi jinoiy-huquqiy jihatdan o‘ziga xosligi va shaxs harakatlarida qaysi turdagi jinoyat sodir etilganligi, ishtirokchilik shakli, retsidiv jinoyat hamda tayinlangan jazo turi va hajmi kabilar mavjudligini e’tiborga olgan holda tavsiflanadi.
Qo‘llanilayotgan jazoning samara berish-bermasligini tahlil etish esa, jinoiy-huquqiy choralar ta’sirchanligini baholashda katta ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik belgilari – jins, yosh, oilaviy va ijtimoiy holat, ma’lumot, kasb va hokazolar aholi turli ijtimoiy tabaqalarining jinoiy faolligini aniqlash, jinoyat sodir etgan shaxslarning yosh va jins xususiyatlarini kuzatishga yordam beradi. Shaxsning oilaviy va ijtimoiy holatini tadqiq qilish muayyan jinoyatchining shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan kriminogen omillar va holatlarni aniqlashga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy-demografik belgilari shaxsning jamiyatda tutgan mavqei, aholining ma’lum bir qatlamida o‘ziga xos o‘rni va aloqalari kabi empirik ma’lumotlar orqali jinoyatchi shaxsni jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning subyekti yoki obyekti ekanligini ifodalaydi.
Ijtimoiy-demografik xususiyatlar asosida, ya’ni shaxsning jinsi, yoshi, ijtimoiy va oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi va hokazolar orqali aholining qaysi qatlamida jinoyat alomatlari qay darajada oshganligi yoki kamayganligini aniqlash va zarur choralar qo‘llash imkoniyati tug‘iladi.
Ba’zi hollarda bir qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ma’lumoti o‘rta ma’lumot darajasida emasligini ko‘rish mumkin. Aksincha, iqtisodiyot yoki harbiy sohadagi jinoyatlar sodir etuvchi shaxslarda oliy, hatto maxsus tayyorgarlikdan o‘tganlik darajalari mavjudligini kuzatish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bunday hollarda shaxsning shakllanishida birinchi galda biologik emas, balki ijtimoiy holatlar ta’sir qilmoqda.
Shaxsning oilaviy va ijtimoiy kelib chiqishini tadqiq etish orqali uning bir qator kriminogen holatlarini ham idrok etsa bo‘ladi. Chunki ayrim jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning shakllanishida aynan shu holatlar katta o‘rin tutadi. Tabiiyki, bunday bog‘lanishni ilmiy jihatdan to‘g‘ri anglash jinoyatlarning oldini olishdagi chora-tadbirlar rejasini to‘g‘ri ishlab chiqishga imkon yaratadi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling