Jinoyatchi shaxsi tushunchasi


Ijtimoiy-ruhiy tomondan tavsif


Download 112.5 Kb.
bet11/12
Sana30.01.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1141964
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jinoyatchi shaxsining psixologik omillari

Ijtimoiy-ruhiy tomondan tavsif berish orqali jinoyatchi shaxsiga xos bo‘lgan jinoyatchi va uning yashash tarzi kabi qoida asosida xulosa chiqarish mumkin. Bunda jinoyatchi shaxsining shakllanishiga bevosita aloqador, ya’ni shaxsning insoniylik xislatlariga salbiy ta’sir etuvchi nomaqbul muhitni e’tirof etish lozim. Zotan, bunday nomaqbul muhit insonni jinoiy yo‘lga kirishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar shaxs jinoyatchilar ta’siriga tushib qolsa va irodasi zaifligi tufayli ushbu muhitdan chiqib keta olmasa, oqibatda jinoyat yo‘liga kirishi muqarrar.
Shaxsning ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlari ham o‘ziga xos muhit ta’sirida bo‘ladi. Shaxsning o‘zini tutishi, xulqi, shu jumladan jinoyat yo‘liga kirishi ma’lum bir mazmun va mohiyatga ega, ya’ni shaxsning ichki ma’naviy olami uning xatti-harakatlarida ifodalanadi.
Shaxsning ma’naviy xislatlari uning xulqiga oid sifatlarini o‘zida mujassamlashtiradi, ya’ni shaxsning ichki dunyosi, axloqi yaxshilikni yomonlikdan ajratish, burch va sadoqat, vijdonan yondashuv kabi vaziyat larda to‘g‘ri yo‘l tutishi bilan baholanadi. Shaxsning shakllanishida ushbu xislatlar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham kriminologiya fani shaxsga tavsif berishda ushbu holatga alohida e’tibor qaratadi.
Jinoyatchi shaxsida sanab o‘tilgan xislatlarning faqat salbiy jihatlari shakllanganligini ko‘rish mumkin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, jinoyatchi shaxsiga berahmlik, nokamtarlik, nigilizm, hissizlik va jamiyatning ma’naviy qadriyatlariga hurmatsizlik kabi illatlar xosdir.
Biroq, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, jinoyatchi shaxsda salbiy xislatlar bilan birga, ijobiy xislatlar ham mavjud. Axloqan tuzatish jarayonida jinoyatchi shaxsidagi ushbu ijobiy xislatlarni jonlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatchi shaxsiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishda bayon etilganlarga asosan ish ko‘rish yaxshi natijalarni beradi. Biroq, ta’kidlash joizki, aynan shunday holatlarda oila yoki jamoa shaxsni tarbiyalashda yuzakilik bilan yondashadi. To‘g‘ri, odamzod go‘daklik chog‘idanoq o‘z ongini atrofida bo‘layotgan hodisalarni idrok qilish orqali shakllantirib boradi. Bu ayni haqiqat va bu borada psixologiya, biologiya, sotsiologiya kabi fanlarning ilmiy tadqiqotlari orqali olingan ilmiy xulosalar mavjud. Jinoyat qonunchiligi kelgusi avlodlar uchun o‘ziga xos qadriyatlarning o‘tib borishiga zarur sharoit va ijtimoiy ko‘nikmalar yuzaga kelishiga imkon yaratadi. Shu bilan birga, bu davomli va murakkab jarayonda qadriyatlarni shakllantiradi. Bunda biz jinoyat qonunchiligi, jamoatchilik fikri va ommaviy axborot vositalarining ishtirokini ko‘ramiz.
Hech shubha yo‘qki, har bir jamiyat o‘ziga xos betakror ijtimoiy muhitga ega. Zotan, qadriyatlar jamiyatda amalda bo‘lgan axloq-odob qoidalariga mos ravishda jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilinsa, jinoyatchilar esa o‘ziga xos salbiy tomondan idrok qilinishini ko‘rish mumkin. Aynan shu orqali jinoiy va jinoiy bo‘lmagan holatlar o‘rtasidagi chegarani aniq belgilash imkoni yuzaga keladi.
Shaxsdagi kriminologik o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rganish va hisobga olish jinoyatchi shaxsini jinoyatchi bo‘lmagan shaxsdan farqini aniqlashga, jinoyat sodir etishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashga imkon beradi. Jinoyatchi shaxsini tadqiq etish faqatgina Respublika yoki viloyat miqyosida emas, balki shahar, qishloq, tuman, muayyan tashkilot, muassasalarda ham amalga oshirilishi muhim kriminologik ahamiyatga egadir. Bunday tadqiqotlar asosidagina jinoyatchilikni oldini olish sohasidagi asosiy yo‘nalishlarni, ya’ni aholining qaysi toifasi, qaysi guruhiga kiruvchi shaxslar bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish kerakligini oldindan aniqlash mumkin.
Har qanday jinoiy xatti-harakat negizida yotgan shaxsning ma’naviy ruhiy xususiyatlari jinoyatchi shaxsiga kriminologik tavsif berishda asosiy o‘rin egallaydi. Jinoyatchi shaxsiga xos bo‘lgan tipik ma’naviy-ruhiy xususiyatlarni o‘rganish, avvalo, bunday xususiyatlarning shakllanish jarayoniga ta’sir etadigan, to‘sqinlik qiladigan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, agar shaxsda bunday salbiy xususiyatlar u yoki bu darajada mavjud bo‘lsa, u holda ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Jinoyatchi shaxsining ma’naviy xususiyati va xislatlarini o‘rganishda uning jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarga, Vatanga, jamiyatga, ijtimoiy burchlarga, amaldagi qonunlarga, mulkka, oilaga, bolalarga, umuman insonlarga va ularning urf-odatlariga, an’analarga bo‘lgan munosabati muhim kriminologik ahamiyat kasb etadi.
Jinoyat sodir qilgan shaxslarning aksariyat ko‘pchiligi huquqiy ongining buzilganligi bilan tavsiflanadi. Bu ular qonunlarni bilmaydi, degani emas. Ko‘pgina jinoyatchilar, ayniqsa, retsidivistlar, professional jinoyatchilar yuqori darajada huquqiy bilimga ega, lekin huquqqa, qonun normalariga bo‘lgan hurmati yo‘q va ularga rioya qilib faoliyat ko‘rsatish ehtiyoji shakllanmagan. Umuman, jinoyatchilarga ma’naviy xarakterdagi buzilishlar va chetga chiqishlar xosdir. Bu ma’naviy buzilish va chetga chiqishlar ozgina darajadan to butun bir kompleks g‘ayriijtimoiy qarashlar va xattiharakatlarni shakllantirishi mumkin. Bunday g‘ayriijtimoiy yo‘nalish va xususiyatlar asosan jinoyatchi-retsidivistlarga, qasdan jinoyat sodir qiladiganlarga xos bo‘lib, ularning hayotiy ehtiyojini qondirish va vazifalarni bajarishda jinoiy jazolanadigan vositani, yo‘lni tanlashni belgilab beradi.
Kriminologik adabiyotlarda qayd etilishicha, jinoyatchi shaxsining ruhiy xususiyatlari jinoyatchi bo‘lmagan shaxs ruhiy xususiyatlaridan farq qiladi. Ko‘pchilik zo‘ravon jinoyatchilarga tajovuzkorlik, g‘ayri ijtimoiy xulq, turli darajadagi ruhiy chetga chiqishlar (aqli rasolik darajasida) xos. Lekin, bu psixologik xususiyatlar iqtisodiy jinoyatlarni sodir qiluvchi talonchilarga xos emas. Ularning psixologik xususiyatlari qonunga bo‘ysunuvchi (rioya qiluvchi) fuqarolar psixologiyasidan farq qilmaydi. Talonchilar zo‘ravon jinoyatchilarga nisbatan turli ijtimoiy vaziyatlarga va ularning o‘zgarishiga ko‘proq moslashgan, ijtimoiy norma va talablarga boshqalarga nisbatan yaxshi moslasha oladigan, chidamliroq, o‘z xatti-harakatini nazorat qila oladigan bo‘ladi. Ular ko‘proq kirishimli (dilkash) bo‘ladi, ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatishda qiyinchiliklarni sezmaydi, ko‘pchiligida sardorlikka intilish, ijtimoiy tan olish ehtiyoji kabi xususiyatlar uchraydi4.
Kriminologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jinoyat sodir qilgan shaxs lar ma’naviy-ruhiy xususiyatlari bo‘yicha turlicha, ularning hammasiga yoki ko‘pchiligiga xos bo‘lgan qandaydir yagona ma’naviy-ruhiy xususiyatlar mavjud emas. Shuning uchun kriminologik nuqtai nazardan ma’naviy ruhiy xususiyatlar ularning alohida toifalariga, guruhlariga xos holda o‘rganilishi va baholanishi lozim.
Qonunbuzarlik sotsial muhit ta`siridan kelib chiqadi. O`smirlarda bu hol ko`p kuzatiladi, chunki ular balog`at yoshiga o`tayotgan chog`larida fiziologik va psixologik o`zgarishlarni boshlaridan kechiradilar. O`z-o`zini anglash, o`z-o`zini tarbiyalash jarayoni hali to`la shakllanmagan bo`ladi. Bundan tashqari kattalarda ham qonunbuzarlik holatlari, xatti-harakatlari ham kuzatiladi. Masalan, algokol ichimliklarini ko`p iste`mol qiladigan, oilaviy sharoiti og`ir bo`lgan kishilarda, affekt (kuchli ruhiy qo`zg`alish, shuuriy holat) holatida qonunbuzarlik jinoiy xatti-harakatlarga sababchi bo`lishi mumkin. Bunday holatlarni aniqlashda tergovchi juda kuchli asoslangan dalillarga tayanishi lozim.
Bizni qonunbuzarlikning sabablari qiziqtirar ekan, qonun bilan ta`qiqlangan jinoiy xatti-harakatni vujudga keltiruvchi faoliyatnigina emas, balki uning muqaddimasidagi ayrim faoliyatlarni ham e`tiborga olish lozim. Kishi xulq - atvoriga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi sabablarga quyidagilar ham kiradi:
Biologik ehtiyojlar patologiyasi ko`p hollarda jinoiy buzuqlik va jinsiy jinoyatlarni keltirib chiqaradi.
Asabiy-ruhiy kasalliklar asab tizimi qo`zg`aluvchanligini kuchaytirib, noadekvat aks ta`siriga olib keladi, javobgarlikni qiyinlashtiradi.
Avloddan avlodga o`tuvchi tug`ma kasalliklar, ayniqsa ichkilikbozlik tufayli zo`rayib ketadi, aqli zaif bolalarning 40 foizi mana shu kasallik oqibatidandir.
Psixofiziologik zo`riqish, ziddiyatli vaziyatlar, atrof muhitda kimyoviy tarkibning o`zgarishi, turli psixologik, allergik va zaharlanish kasalliklariga sabab bo`lib, qo`shimcha kriminal omillarga aylanadi.
Jinoyatlarni keltirib chqaradigan sababiy turkumlardan biri odamlar ma`naviy va moddiy ehtiyojlarning qondirilmasligi bo`lishi ham mumkin.

Jinoyatchi shaxsini asosiy kriminal, tipologik tiplarining tavsifi.


Jinoyatchilikning ijtimoiy determinatsiyasi mexanizmi shaxsiy o`rganishga ikki xil: ijtimoiy-tipologik va ijtimoiy rol yondoshuvi taqozo etadi. Ijtimoiy-psixologik yondoshishda shaxsning ijtimoiy nuqtai nazari, shunga muvofiq ijtimoiy normalari, ularni idrok etish va ijro etishni tahlil qilinadi. Ikkinchi holatda shaxs ijtimoiy munosabatlarining faol arbobi, subyekti sifatida ko`rib chiqiladi.
Jinoyatchi shaxsini kriminal psixologiya o`rganadi. Bu fanning asosiy masalalaridan biri – shaxsning ichki, ruhiy sabablarini ajratib ko`rsatishdan iborat. Chunki avvalo shaxsning motivlashadigan ichki sabablari tashqi muhitning ayrim omillari bilan o`zaro qo`shilib, shaxs uchun kriminal vaziyatni yaratishi mumkin.
Kriminal, tipologik tiplar deganda nimani tushunamiz
Jinoyatlarning har xil turlari (qasddan, zo`ravonlik bilan, ehtiyotsizlik oqibatida) uchun huquqbuzardagi turlicha soxta motivlari xarakterli bo`lib hisoblanadi. Moddiy – tovar qadriyatlari va xizmatlarga ehtiyojlar bilan ularni ro`yobga chiqarish o`rtasidagi uzilish ijtimoiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jinoiy xulq-atvorning ikki shakli mavjud: moddiy va maishiy, madaniy xizmat ehtiyojlari. Yetishmovchilik jinoiy faoliyat o`sishiga shart-sharoit yaratadi. Talab va taklif o`rtasidagi nomutanosiblikdan turli-tuman “ishbilarmonlar” foydalanadi, qonunga xilof operatsiyalar orqali o`z to`lov qobiliyatini oshirib boradi. Ehtiyojlarni qondirishdagi yetishmovchilik firibgarlik, poraxo`rlik, korrupsiya, narkobiznesning tegirmoniga suv quyadi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling