Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili


Download 423.5 Kb.
bet4/21
Sana05.11.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1749908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

JKning 282-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat ob’ektiv tomondan, boshliqqa uni uldirish yoki zuravonlik ishlatishga taxdid qilish, etarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ushbu taxdidini amalga oshirishdan xavfsirash ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Sub’ektiv tomonidan nazar soladigan bo‘lsa, jinoyat to‘g‘ri niyat bilan amalga oshiriladi. Ayblanuvchi jang sharoitida boshliqqa o‘ldirish yoki zo‘ravonlik qo‘llanishi tahdidiga solayotganini anglaydi va ushbu harakatlarini amalga oshirishni xohlaydi.
Jinoyatning sub’ekti - bu unvoni yoki lavozimi bo‘yicha bo‘ysunuvchi vaziyatida bo‘lgan harbiy xizmatchidir.
1.5 Badanga shikast etkazish jinoyati uchun javobgarlik
(JKning 283 -moddasi)


Jinoyatning bevosita ob’ekti sifatida salomatlik xavfsizligi, boshliqning tan jaroxatlari uchun dahlsizligi, uning obro‘yini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Jinoyatning ob’ektiv tomoni etib, JK.ning 283-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan, boshliqni kaltaxlanishi, uning harbiy xizmati bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarilishi bilan bog‘liq yoki shu vazifalarini bajarish vaqtida unga nisbatan sodir etilgan engil yoki o‘rta og‘irlikdagi tan jarohati ko‘zda tutilgan.
Har qanday harbiy xizmatchi, jumladan, jabrlanuvchiga buysunmaydigan harbiy xizmatchi ham jinoyatning sub’ekti bo‘lishi mumkin.
Ko‘rilayotgan modda bo‘yicha qilmishlarning kvalifikatsiyalashning zaruriy sharti etib, aytib o‘tilgan zo‘ravonlik harakatlarni harbiy xizmatdagi o‘z vazifalarini bajarayotgan boshliqqa nisbatan yoki uni o‘z vazifalarni bajarish vaqtida aybdor tomonning qarshilik ko‘rsatmagan holda yoki uni o‘z xizmat vazifalarini buzishga majburlagan kuch ishlatgan holatlar tushuniladi.
Agarda boshliqqa nisbatan ko‘rsatilgan zo‘ravonlik unga qarshilik bilan birga amalga oshirilsa, yoki uni harbiy xizmat vazifalarini buzishga majburlagan bo‘lsa, bu xolda ayblanuvchining harakatlari JK.ning 281-moddasi qamrab oladi va unga qo‘shimcha JK.ning 283-moddasi qo‘llanilishi talab etilmaydi.



Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling