Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili


Marodyorlik jinoyati uchun javobgarlik


Download 423.5 Kb.
bet7/21
Sana05.11.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1749908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

1.8 Marodyorlik jinoyati uchun javobgarlik
(JKning 286-moddasi)


Marodyorlikning bevosita ob’ekti etib O‘zbekiston Respublikasi-ning Qurolli kuchlarining ahloqiy meyyorlari tushuniladi.
Bu jinoyatning predmeti etib yaralangan yoki vafot etgan shaxslarning mulki hisoblanadi.
Ob’ektiv tomonidan qaraganda, kafando‘zlik harbiy sharoitda, vafot etgan va yaralanganlar ustidagi buyumlarni o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi.
Kafando‘zlik vafot etganlar yoki yaralangan shasxlarning buyumlarini o‘zlashtirish vaqtidan buyon yakunlangan jinoyat etib xisoblanadi.
Ushbu jinoyatning sub’ektiv tomoni to‘g‘ri niyat bilan xarakterlanadi. Ayblanuvchi harbiy sharoitda vafot etgan yoki yaralanganlaring buyumlarini noqonuniy tarzda o‘zlashtirganini anglaydi va buni amalga oshirishni xoxlaydi.
Jinoyatning sabab va maqsadi, har doimgidek, g‘arazli, lekin ular jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi.
Kafando‘zlikning sub’ekti etib faqat harbiy xizmatchi bo‘lishi mumkin.
2. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarning yuridik tahlili.


2.1 Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish jinoyati uchun javobgarlik.
(JK 287-m)

Jinoyatning bevosita ob’ekti bo‘lib, Harbiy Kuchlarda harbiy xizmatni utashning qonunchilikda o‘rnatilgan tartiblarini reglamentlashtiruvchi, har bir harbiy xizmatchi belgilangan joyda xizmatni o‘tashi va harbiy xizmat davom etayotgan vaqt davomida xizmat majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishi lozimligidan tarkib topgan jamiyat munosabatlaridan iborat.


JK 287m. 1 qismida kuzda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomonlari muddatli harbiy xizmatdagilar tomonidan xuddi shunday qilmish uchun tartibga chaqirish choralari qo‘llanilganidan so‘ng o‘z xoxishiga binoan qismni yoki xizmat joyini tashlab ketishida, shu bilan baravar erkinlik berilganda, boshqa joyga tayinlanganda yoki o‘tkazilganda, safardan, ta’tildan yoki davolanish muassasasidan bir kundan ortiq, biroq un kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda qaytib kelmaslikda ifodalanadi.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling