Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili


Buyruqni bajarmaslik jinoyati uchun javobgarlik


Download 423.5 Kb.
bet2/21
Sana05.11.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1749908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

1.2 Buyruqni bajarmaslik jinoyati uchun javobgarlik.
(JK 280-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘rnatilgan buysinish tartibini ta’minlovchi jamoat munosabatlari jinoyatning asosiy bevosita ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. insonlar hayoti, salomatligi, o‘zgalar mol-mulki xavfsizdigini ta’minlovchi munosabatlar - qo‘shimcha bevosita ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi.


Ob’ektiv tomondan JKning 280-moddasida belgilangan jinoyat, o‘z ortidan yirik zarar yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan buyruqni bajarmaslik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
« Ushbu jinoyat, yirik hajmdagi zarar yoki og‘ir oqibatlar kelib chiqqan paytdan boshlab tugal hisoblanadi.
JKning 280-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan og‘ir oqibatlar JKning 279-modda 2-qismida nazarda tutilganlar bilan bir xildir.
Buyruqning bajarilmasligi sub’ektiv tomondan extiyotsizlik yoki xizmatga sovuqqonlik bilan yondoshish natijasida sodir etiladi.
Har qanday 18 yoshga to‘lgan xarbiy xizmatchi yoki xarbiy yig‘imlarga chaqirilgan xarbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxs buyruqni bajarmaslikning sub’ekti bo‘lishi mumkin.
JKning 280-moddasi 2-qismida xarbiy holatlarda buyruqni bajarmaslik uchun javobgarlik belgilab qo‘yilgan.


1.3 Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur etish jinoyati uchun javobgarlik
(JKning 281-moddasi)

O‘rnatilgan buysinish tartiblarini, aynan, komandir (boshliqlar)ning normal xizmat faoliyatini, yagona boshliqlik prinsipi va ularga yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarayotgan xarbiy xizmatchilar obrusini ta’minlovchi jamoat munosabatlari - jinoyatning asosiy bevosita obe’kti hisoblanadi.


Ob’ektiv tomondan jinoyat boshliqqa, shuningdek, harbiy xizmat bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik ko‘rsatish, yoki uni ushbu vazifalarni buzishga majburlash ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling