Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili


Xarbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartiblariga qarshi jinoyatlar


Download 423.5 Kb.
bet15/21
Sana05.11.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1749908
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

3.Xarbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartiblariga qarshi jinoyatlar.
3.1 Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qqotish yoki ishdan chiqarish jinoyati uchun javobgarlik
(JK 295-m)
Jinoyatning bevosita ob’ekti deb harbiy nizomlar, instruksiyalar, buyruqlar bilan urnatilgan harbiy mulkdan foydalanish va saqlash tartiblarini muvofiqlashtirish sohasidagi jamiyat munosabatlari tan olinadi. Bu tartibga rioya qilish qurollardan, jangovor va boshqa texnikadan, ta’minot vositalardan, kiyimboshlardan va boshqa mulkdan to‘g‘ri foydalanish va ehtiyot qilishni ta’minlaydi.
JK 295m. 2 qismi mazmunida o‘q qurollarini tan olinishi uchun texnik sozligi emas, buyumning konstruktiv muljallanganligi va yo‘qotish ta’sirining amaldagi xususiyatlari axamiyatga ega. Jonli yoki boshqa nishonni yo‘qotishga muljallanmagan signal va imitatsiya vositalari o‘q dorilarga kirmaydi.
Harbiy aslaxa anjomni sotish harbiy aslaxa anjomni boshqa shaxsga amalda o‘tgan vaqtidan boshlab tugallangan deb tan olinadi.
JK 295m. 1 qismi bo‘yicha jinoyatning sub’ektiv tomoni, to‘g‘ridan to‘g‘ri qasd shaklidagi aybni faraz qiladi. Aybdor unga shaxsan foydalanish uchun berilgan mulkni sotayotganini, garovga topshirayotganini yoki boshqa shaxsga foydalanish uchun berayotganligini anglaydi.
Ushbu jinoyatning sub’ekti faqat muddatli xizmat harbiy xizmatchisi bo‘ladi.
JK 295m. 2 qismida nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomoni xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, o‘q dorilar, harakatlanish vositalari, ularni extiyotlash qoidalarini buzilishi oqibatida texnik ta’minot predmetlarini ifodalaydi.
Ko‘rsatilgan predmetlar harbiy xizmatchining egaligidan chiqib ketgan vaqtdan boshlab yo‘qotish tugallangan deb tan olinadi.
JK 295-m 2-qismi mazmunida ishdan chiqarish ostida qurolni, o‘q dorilarni, harakatlanish vositalarini, texnik ta’minot predmetlarini ularni maqsadli foydalanish bo‘yicha qisman yoki tuda yaroqsizlikka keltirish tushuniladi.
Ko‘rsatilgan predmetlarning ishdan chiqarish ularni qisman yoki to‘da yaroqsizlikka keltirgan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
JK 295-m. 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning sub’ektiv tomon-lari qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etiladi. Ko‘rsatilgan predmet-larni ishdan chiqarish qasddan yoki extiyotsizlikdan sodir etiladi. Yo‘qotish – faqat extiyotsizlikdandir.
Ushbu jinoyatning sub’ekti qurol, o‘q dorilar, harakatlanish vositalari, texnik ta’minot predmetlari xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan harbiy xizmatchi bo‘ladi.
JK 295m. 3 qismida xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, o‘q dorilar, harakatlanish vositalari, texnik ta’minot predmetlarini behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish ularni ehtiyotlash qoidalarini buzilishi oqibatida jangovor holatda sodir etilgan javobgarlik nazarda tutilgan.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling