3.2 Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast etkazish jinoyati uchun javobgarlik
(JK 296-m.)
Jinoyatning bevosita sub’ekti O‘zbekiston Respublikasi Qurollik Kuchlarida o‘rnatilgan harbiy mulkni saqlash qoidalari bo‘ladi.
JK 295m. dan farqli 296m.da na faqat shaxsiy va xizmatda Jinoyatning predmeti har qanday jangovor mulk bo‘lishi mumkin: qurol, o‘q dorilar, harakatlanish vositalari, harbiy texnika va boshqa harbiy mulklar.
Jinoyat ob’ektiv tomondan qurol, o‘q dorilar, harakatlanish vositalari, harbiy texnika va boshqa harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast etkazishda ifodalanadi.
JK 296m. 2 qismida nazarda tutilgan jinoyatning sub’ektiv tomonlari turidan to‘g‘ri yoki bevosita shaklda sodir etiladi. Bunda yoki mulkni nobud qilish yoki unga shikast etkazish maqsadi qo‘yiladi, yoki ongli ravishda bunday oqibatlarga yo‘l qo‘yiladi.
Agar aybdor harbiy mulkni nobud qilayotganini faraz qilsayu, ammo amalda u bunday bo‘lmasa, qilmish harbiy mulkni nobud qilishga tajovuz kabi baholanishi lozim.
Jinoyatning sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Agar harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast etkazish O‘zbekiston Respublikasini kuchsizlantirish maqsadida sodir etilsa, qilmish davlat jinoyatini - diversiyani paydo qiladi (JK 161m.).
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning sub’ekti har qaysi harbiy xizmatchi bo‘lishi mumkin.
JK 296m. 2 qismida harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast etkazish og‘ir oqibatlarga olib kelgandagi javobgarlik nazarda tutilgan.
JK 296m. 3 qismida jangovor holatda sodir etilgan harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast etkazish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
3.3 Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish jinoyati uchun javobgarlik
(JK 297-m.)
Jinoyatning asosiy bevosita ob’ekti atrofdagilar uchun katta xavf tug‘diruvchi qurol va boshqa predmetlar bilan muomala qilishda qonun bilan o‘rnatilgan tartibni ta’minlovchi jamiyat munosabatlaridir. Ko‘shimcha bevosita ob’ekt – fuqarolar sog‘ligi, hayotini xavfsizligini ta’minlovchi jamiyat munosabatlaridir.
Jinoyatning predmetlari deb atrofdagilar uchun katta xavf tug‘diradigan qurollar, o‘q dorilar, portlovchi, radioaktiv va boshqa moddalar va predmetlar hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan qurol bilan va boshqa moddalar, predmetlar bilan muomala qoidalarini buzish qasddan xam extiyotsizlik bilan ham sodir etiladi.
JK 297 moddasida nazarda tutilgan jinoyatning sub’ekti atrofdagilar uchun katta xavf tug‘diradigan qurol, moddalar va predmetlardan o‘z xizmat faoliyati bo‘yicha foydalanuvchi, yoki ularni saqlashni, tashishni yoki etkazib berishni ta’minlovchi, yoki ular yoniga kirishga va ular bilan muomala qoidalarini buzadigan harbiy xizmatchi bo‘ladi. Bu harbiy xizmatchi oddiy askar va serjant, shu bilan baravar starshina tarkibi, ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy hizmatchilar, hamda harbiyga majburlar, o‘quv va tekshiruv yig‘inlariga chaqirilganlar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |