Jinsini qazib olishga tayyorlash
- rasm. Portlovchi moddalarni tog‘ jinsi massiviga joylashtirish usullari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
9-maruza
9.2- rasm. Portlovchi moddalarni tog‘ jinsi massiviga joylashtirish usullari Kamera zaryadlarini qо‘llash usuli. Ishlab chiqarish jarayoni mexanizatsiyasi rivojlanmagan yoki kam mexanizatsiyalashgan vaqtda massivga portlovchi moddalarni tabiiy bо„shliqlarga yoriqlarga yoki maxsus о„tkazilgan yer osti kon lahimlariga, ya‟ni shtolnya va shurflarga joylashtiriladi. Zaryadlar bir- biridan ma‟lum uzoqlikdagi kameralarda о„rnatiladi. Portlovchi moddalar joylashtirilgandan sо„ng, laxim tog„ jinslari bilan berkitiladi. Hozirgi vaqtda karyerlarda kamerali zaryadlash usuli transheya yoki yarim transheya hosil qilishda qо„llaniladi. (9.2 rasm b,v) Katta hajmdagi portlovchi modda zaryadlarini qо„llashda, xavfsizlikni ta‟minlash uchun-eng kam qarshilikli chizma W lns –ni, hisoblashda - zaryaddan ochiq yuzagacha bо„lgan minimal masofa olinadi. Qozon zaryadlarini qо‘llash usuli. Karyerlarda burg„uquduqlarni va shpurlarni burg„ulash natijasida portlovchi moddalarni massivda bir tekisda joylashtirish imkoniyati tug„iladi. Portlovchi moddalarning energiyasi atrof tog„ jinslarini maydalashga yetmagan vaqtida qozonli zaryadlash usuli qо„llaniladi. (9.2 rasm g) Massivda burg„u quduq qazilib: uning ostki qismi kichik portlash zaryadlari yordamida yoki termik burg„ulash yordamida kengaytiriladi. Kengaytirilgan bushliqqa asosiy portlovchi modda zaryadi joylashtiriladi. Asosiy kamchiliklari: qozonni hosil qilishni boshqarish va hisoblash qiyinchiliklari, massivning tabiiy holatining buzilishi hamda yoriqlarning hosil bо„lishi, mexanizatsiyalashmagan ish hajmining oshishi. Skvajinali zaryadlash usuli. Bugungi kunda karyerlarda turli tog„ jinslarida burg„uquduqlarni burg„ilashda turli-tuman samaradorli vositalari mavjuddir (9.2 rasm d). Bu usulning moxiyati shundan iboratki, portlovchi modda qiya yoki vertikal skvajinalarga joylashtirilib, ularning tepa qismlari tiqinlanadi. Tiqinlovchi material о„rnida qumli inert materillardan, burg„ulash qirindilaridan yoki maxsus tarkibga ega bо„lgan tiqinlovchi materiallardan foydalaniladi. Skvajinalar pog„onaning tepa qismida parallel holatda bir yoki bir necha qator etib, orasidagi masofalar hisoblab teng qilib joylashtiriladi. Skvajinalar orasidagi masofa shunday tanlanishi kerakki, har bir portlatilgan skvajina о„rtada ochiq joy qoldirmasdan bir-birining ustiga parchalangan tog„ jinslarini yopishi yoki qoplashi kerak. Gorizontal, qiya va vertikal skvajinalar mavjud. Hozirgi kunda vertikal skvajinalar keng qо„llanilmoqda. Skvajinada portlovchi modda zaryadi yaxlit va oraliq bо„shliqli holda, portlatiladigan blokda esa bir qatorli va kо„p qatorli holatda qilib joylashtiriladi. Skvajinali zaryadning ta‟sir zonasi: Patron boyevik (jangari patron) odatda skvajina tubida asosiy zaryad ostiga joylashtiriladi. Bu esa, о„z navbatida portlovchi modda bilan zaryad detonatsiyasining massiv parchalanishi yо„nalishiga mos kelishiga, parchalanishning sifatli kechishiga, pog„ona asosining tekis chiqishiga olib keladi. Skvajinalarni diametrlarini, qatorlar sonini, qiyalik burchagini о„zgartirish massivda tog„ jinslarining xossalariga qarab portlovchi moddalarni ancha tо„g„ri joylashtirishga imkon beradi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling