Йирик ва кичик урта бизнес корхоналарида бухгалтерия хисобини автоматлаштириш тизимлари


Download 450.5 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi450.5 Kb.
#1306283
Bog'liq
AKT



TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Mustaqil ish
Mavzu: Kichik va o‘rta biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimlari


Bajardi: “Buxgalteriya hisobi va auditi”
100-21 guruh talabasi Rasulova D.

Tekshirdi: Najmiddinova N.N.

Toshkent 2022
Reja:
1. Kirish
2. Kichik korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimlari
3. O‘rta biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimlari


Kirish
Oddiy maʼlumotnomalar andozaviy tuzilishga ega : kod, nom, qo’shimcha
alomatlar (hujjatnning nomi, o’lchov birligi, schet bo’yicha xizmatlar, harakat operatsiyalari).
Murakkab maʼlumotnomalar o‘z ichiga maʼlumotlarning kiritilganligining ikkita va undan ortik boskichlarini oladi. U yozuvlarning katta miqdorini ekranda joylashtirib bulmaydi katta xajmli maʼlumotnomalar bilan ishlash uchun muljallangan.
Dastlabki axborot bazaga birlamchi hujjatlardan kiritiladi. Avtomatlashtirish uchun hisob bo’yicha quyidagi andozaviy birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:
• Moddiy boyliklarning harakati (kirish orderi, qabul qilish
dalolatnomasi, yuk xati, ro’yxatdan chikarish dalolatnomasi, talab, limit kartasi);
• Moliyaviy –hisoblash operatsiyalari (to‘lov topshiriqnomasi (TT), to‘lov talabnomasi-topshiriqnomasi (TTT), kirish va chiqish kassa orderlari (KKO va CHKO) va boshqalar;
• Asosiy vositalar (asosiy vositalar hisobining yuknoma qilish varaqchasi,qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi , ichki siljishi bo’yicha yuk xati);
• Mehnat va ish haqi (ish vaqti hisobining tabeli, soatbay ishga naryad, ishlab chiqishlar haqida bildirgich);
• Tayyor mahsulotlar (tovarlar) – dalolatnomasi, kirim orderi, buyruq-yuk xati, qabul qilish-topshirish yuk xati, omborxona hisobining varaqchasi, yetkazib berish shartnomasi va boshqa hujjatlar.
GUPD fayli o‘z ichiga quyidagi rekvizitlarni oladi:
• Hujjatning nomi;
• Korxona;
• Operatsiyaning sanasi;
• Miqdori;
• Buxgalteriya yozuvi guruhining nomi;
• Izohlar;
• Harakat operatsiyasi.
GUPD fayli asosida hisob bulimlari bo’yicha tezkor axborotlarning fayllari-tovar moddiy boyliklar hisobining qayd daftari shakllanadi:
• Materiallar (GUM);
• Arzon va tez eskiruvchan mollar (GUMBP);
• Asosiy vositalar(GUOS);
• Tayyor mahsulotlar (tovarlar)(GUTP);
• Xo‘jalik operatsiyalari (GUHO).
Bu fayllarning axborotlari asosida saqlash joylari (omborxonalar) yoki bulish joylari (ishlab chiqish) bo’yicha moddiy boyliklarning sumdagi va miqdoriy hisobi,asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning hisobi, tayyor mahsulotlar (tovarlar) va ularni sotishning hisobi olib boriladi. GUM fayli o‘z ichiga quyidagi rekvizitlarni oladi:
• Hujjatning nomi;
• Hujjatning raqami;
• Operatsiyaning yig’indisi;
• Korxona;
• Operatsiyaning sanasi;
• Harakat operatsiyasi;
• Moddiy-tovar boylikning nomi;
• Turi;
• Nomenklatura raqami;
• Kirim (obyekt va bo’linma,schet/subschet);
• Chiqim (obyekt va bo’linma,schet/subschet);
• o’lchov birligi;
• miqdori;
• narxi;
• qo’shimcha qiymat;
• yig’indi.
GUMBP xuddi shunday rekvizitlarga ega. Arzon va tez eskiruvchan mollar bo’yicha yemirilish hisoblab chiqiladi. Tizimda arzon va tez eskiruvchan mollar qiymatini foydalanishda qoplashning ikkita usuli ko‘zda tutilgan:
GUOS fayli GUM fayli kabi rekvizitlarga xamda quyidagi qo’shimcha rekvizitlarga ega:
• foydalanishga kiritish sanasi;
• yuknoma qilish raqami (kirish, chiqish);
• amortizatsiyaning (yillik) foizi;
• amortizatsiya foizining urnatilish sanasi;
yemirilish ;
• boshlang’ich yo’l yurishi;
• yakuniy yo’l yurishi.
GUHO fayli quyidagi rekvizitlardan tashkil topadi:
• hujjatning nomi;
• hujjatning nomeri;
• sana;
• yig’indi;
• korxona;
• operatsiyaning sanasi;
• operatsiyaning raqami;
• schet (debet,kredit);
• tahliliy hisobning kodi (debet, kredit);
• valyuta;
• valyutadagi yig’indi;
• sumlardagi yig’indi.
TT, TTT, KKO va CHKO birlamchi hujjatlar,schetlar va tovar-transport yuknomalari quyidagi tezkor axborotlar fayllarni shakllantirish uchun kullaniladi:
• to‘lov topshiriqnomalari ro’yxatga olishning qayd daftarchasi (GRPP);
• to‘lov topshiriq-talabnomalarini ro’yxatga olishning qayd daftarchasi(GRPTP);
• kirim kassa orderlarini ro’yxatga olishning qayd daftarchasi (GRPKO);
• chiqim kassa orderlarini ro’yxatga olishning qayd daftarchasi (GRRKO);
• tovar-transport yuk xatlarini ro’yxatga olishning qayd daftarchasi(GRTTN).
GRPP fayli quyidagi rekvizitlarga ega:
• to‘lovchi;
• to‘lovchining banki;
• filiallararo aylanma (FAO) ning kodi va ishtirokchi kodi;
• debitorolik schet (hisob raqami);
• sana;
• to‘lov topshiriqnomasining raqami;
• qabul qiluvchi (korxonaning kiskacha va tulik raqami);
• qabul qiluvchining banki;
• kod (MFO) ning va ishtirokchining kodi;
• schet (oluvchining hisob raqami, korrespondent scheti);
• izohlar (to‘lovchining belgilanishi);
• raqam (viloyat (tuman) ning nomi yoki solik inspeksiyasida ro’yxatga olingan raqami);
• kod (to‘lovchining, qabul qiluvchining);
xizmatlarning sanasi;
• to‘lov muddati;
• korrespondent scheti;
• buxgalteriya yozuvlari guruhi;
• bajarilish sanasi.
GRPTP fayli xuddi shunday rekvizitlarga ega.GRPKO va GRRKO fayllari yozuvning bir xil tuzilishiga ega, ularga quyidagi rekvizitlar kiradi:
• sana;
• hujjatning raqami;
• yig’indi;
• undan olingan chiqim (kassa orderi uchun berish kerak);
• asos;
• taklif;
• korrespondent scheti;
• tahliliy hisobning shifri;
• shifr;
• buxgalteriya yozuvining guruhi;
• korxona (undan pullar kelib tushgan).
GRCH fayli quyidagi rekvizitlarga ega:
• schet raqami;
• sana;
• to‘lovchi (manzil; ishtirokchining kodi,bankning MFO, korrespondent scheti, hisob raqami);
• schetning predmeti (schet bo’yicha xizmatlar, materiallar, arzon va tez eskiruvchan mollar, tovarlar va boshqalar);
• o’lchov birligi;
• miqdor;
• yig’indi;
• jami;
• tasdiqlash sanasi;
• haq to’lash sanasi;
Barcha schetlar turtta guruhlarga bulinadi:
• yozib berilgan;
• tasdiqlanganlar;
• haq to’langanlar;
• muddati o’tkazib yuborilganlar.
Yozib berilganlarga - barcha schetlar kiradi. Tasdiqlanganlarga – amalda hali haqi to’lanmagan, ammo to‘lovchilar ularni to’lashga xoxish bildirgan schetlar kiradilar. Haq to’langan schetlar – bu ular bo’yicha to‘lov o’tgan schetlar. Muddati o’tkazib yuborilganlarga haq to’lashning barcha muddatlari o’tkazib yuborilgan schetlar kiradi.
GRTTN fayli o‘z ichiga quyidagi fayllarni oladi:
• kimdan (korxonaning rekvizitlari);
• yuk xatining raqami;
• sana;
• kimga (korxona, korrespondent);
• nomi;
• o’lchov birligi;
• miqdor;
• narx;
• yig’indi;
• jami.
Tahliliy hisobning registrlari dasturiy majmuaning noandozaviy qaydnomalaridan iborat bo’ladi. Ularni foydalanuvchining o‘zi sozlaydi. Sozlash hisobi qayd daftarlarida maydonlarni kursatish va qaydnomalarni shakllantirishda ulardan izchillik bilan foydalanishdan iborat bo’ladi.
Tahliliy qaydnomalar quyidagilar bo’yicha shakllanadi:
• debitorlar va kreditorlar;
• xaridorlar va buyurtmachilar;
• yetkazib beruvchilar va pudratchilar;
• hisobot ostidagi shaxslar;
• ishlab chikarishdagi xarajatlarning turlari;
• xarajatlarni vujudga kelish joylari;
• ishlab chikarilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning turlari;
• foyda va zararlarning moddalari va boshqalar bo’yicha.
Sintetik hisobning registrlari – bu sintetik hisobning andozaviy qaydnomalari, ularni shakllantirish usulini o‘zgartirish mumkin emas.
Yakuniy hisobning registrlari schetlar bo’yicha yakuniy aylanma qaydnomalar, ularni aloxida schetlar bo’yicha yoki hisobot davri uchun barcha schetlar bo’yicha koldiklar va aylanmalar kuchiriladi va umumlashtiriladi.
Buxgalteriya hisobining asosiy kitobi xar bir korrespondent scheti bo’yicha quyidagilarga ajratiladi:
• boshlang’ich saldo (debet, kredit);
• yakuniy saldo (debet, kredit);
• tanlangan davr uchun boshqa schetlari bilan korrespondensiyalarga yoyilgan aylanmalar (debet, kredit).
Kichik va o‘rta korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish bo’yicha dasturiy majmuaning asosiy menyusi beshta asosiy vazifalardan iborat:
• hisob qayd daftarlari;
• maʼlumotnomalar;
• qaydnomalar;
• sozlashlar;
• servis;
Hisob qayd daftarlari o‘z ichiga quyidagi usullarni oladi:
• xo‘jalik operatsiyalari;
• Materiallar;
• Arzon va tez eskiruvchan mollar;
• Tovarlar;
• Asosiy vositalar;
• TTNir ro’yxatga olish;
• TTTni ro’yxatga olish;
• KKOni ro’yxatga olish;
• ChKOni ro’yxatga olish;
• Schetlarni ro’yxatga olish;
• Yuk xatlarni ro’yxatga olish.
Maʼlumotnomalar vazifasi quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi:
• Korxonalar;
• Schet bo’yicha xizmatlar;
• Hujjatning nomi;
• Tovar-moddiy boyliklari;
• O’lchov birliklari;
• Harakat operatsiyalari;
• Schetlarning rejasi;
• Buxgalteriya yozuvlari;
Buxgalteriya yozuvlari guruhi;
• Soliqlar;
• Tahliliy hisobning kodlari;
• Korxona obyektlari;
• Valyuta kursi.
Qaydnomalar vazifasi har xil qaydnomalar va hisobotlarni shakllantirishga imkon beradi. U quyidagi usullarga ega:
• Asosiy kitob;
• Yakuniy aylanish;
• Schetlar bo’yicha yakun;
• Valyutada yakuniy natija;
• Keltirilgan valyuta;
• Kassa kitobi;
• Qaydnoma diagrammasi;
• Tahliliy.
Sozlash vazifasi dasturiy majmuani anik korxonaning hisob siyosatiga yakka tartibda sozlash uchun muljallangan. Vazifa quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi:
• Ishni tanlash (urganuvchi usul, korxonaning turi);
• Tovushli signallar (dastur bilan ishlash vaqtida tovushli signallar yoki gapli maʼlumotlarni sozlash);
• Printer, varaqning formati (printerning belgilangan turiga sozlash va bosmaning parametrlarini belgilash);
• Sana va vaqt (kompyuterning ichki soati va kalendarini sozlash);
• Ish davri (qaydnoma shakllantiradigan hisobot davrini belgilash);
• Tekshirishlar (dasturni ishlatishda xar xil tekshirishlarni sozlash, maʼlumotnomaga kiritilayetgan maʼlumotnomalarning mavjudligini nazorat qilish, virusga karshi dastur);
• Tasdiqlash (tasdiqlash uchun surovlarni belgilash, masalan,ezuvni, yozuvlar guruhi, oxirgi yozuvni va boshqalarni chikarib tashlash uchun);
• Ekranni saklab kolish vaqti (ekran uchgunga kadar bulgan vaqtni belgilash);
• Modemning porti;
• Boshqa o’rnatmalar.
Servis vazifasi foydalanuvchini dasturiy majmua bilan ishlashini yengillashtiradi va quyidagi asosiy usullarni o‘z ichiga oladi:
• Umumiy axborotlar (foydalanuvchi ishlayetgan korxonani turi,disk va operativ xotiradagi bush joy, ish davri va boshqa axborotlarni olishga imkon beradi);
• Yordam (foydalanuvchiga ish jarayenida vujudga keladigan muammolar bo’yicha anik maʼlumotlar olishga imkon beradi);
• Ishlab chikaruvchining vizit kartochkasi (ishlab chikaruvchi firma haqidagi axborotlar: nomi, manzili, telefoni,dastur versiyasining raqamini beradi);
• Bazani tiklash (arxivni EXM kattik diskidan,disketalardan tiklash uchun xizmat kiladi);
• Bazalarni tekshirish (kattik diskdagi fayllarni tugriligini tekshirishga imkon beradi);
• Birlamchi hujjatlarni shakllantirish (TMBning hisob qayd daftarlari asosida Birlamchi hujjatlar qayd daftarini shakllantirish);
• Hisob davrining yepilishi (keyingi hisobot davriga utishda schetlar bo’yicha koldiklarni avtomatlashtirilgan usulda hisoblashga imkon beradi);
• Davrni bekitishni bekor qilish (hisob davrini bekitish bo’yicha avval bajariladigan operatsiyalarni bekor kiladi);
• Faylni kurib chiqish (xar kanday matnli faylni kurib chiqish imkoniyatini taʼminlaydi);
• Kalkulyator (hisoblashlarni bajarish uchun kurilgan kalkulyatorni chakirishga imkon beradi);
• Rekvizitni o‘zgartirish (foydalanuvchiga korxonani bank rekvizitlari va parolni o‘zgartirishga yoki yangisini berishga imkon beradi);
• Bazasini saklab kolish (arxiv disketida hisob qayd daftarlarini maʼlumotlarini saklab kolishga imkon beradi);
• Chiqish (dastur bilan ishni tugallanishini taʼminlaydi).


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alimov K., Abduvoxidov A. Boshqaruv jarayonlarining axborotli texnologiyasi. O’quv qo’llanma. T.: 1994y.
2. Karimov A.T., Abrashina G.N., Nazarova G.A. Xalq xo’jaligida ABSni yaratish asoslari. T.: «O‘zbekiston”, 1992y.
3. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Akad. S. S. G’ulomov va boshqalar. T.: «Sharq”, 2000y.
4. www.ziyonet.uz
5.www.uzedu.uz
Download 450.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling