- Havo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoytda moddiy ne’mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko‘nikish, unga tayyor bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning inomi - havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir.
- Jismoniy mashqlarning me’yori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e’tibordan chetda qoldirish tabiatni sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy natijalarga olib kelishni unutmasligimiz lozim.
- Shug‘ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish, havoning o‘zgarishi org‘anizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashshishi individning yoshligidan yo‘lga qo‘yish samarasi katta. Har tomonlama chiniqtirish tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo‘shib olib borilishi tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga organizmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi.
- Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o‘z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (mustaqil mashq qilish, mashg’ulot) mashg‘ulotlarida gigienik talab va normalarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, samaradorligini oshirishini ilmiy amaliy jihatdan isbotlagan.
- Gigienik sharoitni etarli darajada ta’minlash, jismoniy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jihozlar va mavjud kiyim-boshning holatiga bog‘liq.
- Jismoniy tarbiyaning maxsus vositasi hisoblanmasa ham gigenik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini to‘laqonli hal qilish uchun ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkillanmasin, ovqatlanish, uyqu kun tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashg‘ulotlar tibbiyot talablariga javob bermaydigan joy va jihozlar bilan o‘tkazilsa, ular albatta samarasiz bo‘ladi. Mana shuning uchun maktablardagi jismoniy tarbiya dasturlariga gigienaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy ma’lumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |