Жисмоний тарбия воситалари режа


Download 391.57 Kb.
bet2/6
Sana18.02.2023
Hajmi391.57 Kb.
#1212031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Жисмоний тарбия воситалари

Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish davomida harakat koordinatsiyasi degan tushunchaga duch kelamiz. Bu sifatning shakllanish me’yorining buzilishi harakatlar tavsifini bilmaslik oqibatidandir. Harakatlarning tavsifi. Harakatlar tananing fazodagi (bo‘shliqdagi) holatiga qarab; harakat traektoriyasi (yo‘liga); harakatning yo‘nalishiga; harakat amplitudasi (og‘ishi)ga qarab; bajarish uchun sarflangan vaqti; harakatni tezligi; harakatni davomiyligi (uzunliligi); tempi, ritmi, kuchiga qarab tavsiflanadi.

Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi

  • Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o‘sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina e’tibor berilgan.
  • Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o‘zgarib turgan. Demak, jismoniy tarbiya tizimi xam o‘zgargan, bu esa o‘z navbatida uning omillarining xam o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
  • Shvedlarni pedagogik gimnastikasida jismoniy mashqlar anatomik xususiyatga qarab klassifikatsiya qilindi, chunki ularning tizimdagi asosiy maqsadi tana tuzilishining ko‘rinishini yaxshilash edi. Bu esa jismoniy tarbiya tizimining yo‘nalishini torroq bo‘lishiga olib keldi.
  • Chexlarning «Sokol gimnastikasi» jismoniy mashqlarning tashqi formasiga qarab sport jihozida bajariladigan, sport jihozisiz bajariladigan mashqlar guruhlari deb turkumlanadi. Buning ijobiy tomoni shundaki, paydo bo‘lgan yangi jismoniy mashqlar bu turkumlarning birida o‘z o‘rnini topar edi. Fransuzlarning Eber sistemasida jismoniy mashqlar qisqa utilitar mazmuniga qarab: yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, og‘irlik ko‘tarish mashqlari, uloqtirish, suzish, hujum va himoya qilish mashqlari deb turkumlandi.
  • Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo‘ljalladi va quyidagicha asosiy guruhlarga bo‘ldi:
  • Sodda mashqlar.
  • Murakkab mashklar yoki yuklamaning ortishi bilan bajariladigan mashqlar.
  • Fazodagi holatiga yoki mushak ishining bajarilish vaqtiga ko‘ra bajariladigan mashqlar.
  • Texnik jihatdan qiyin, tizimli ravishda bajariladigan mashqlar. Lekin bu xam jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to‘laqonli o‘z tarkibiga sig‘dira olmagan. Hozirgacha to‘liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq ittifoq jismoniy tarbiya tizimi ham bu vazifani uddalamadi.

Download 391.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling