Жисмоний тарбия воситалари режа


Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi


Download 391.57 Kb.
bet3/6
Sana18.02.2023
Hajmi391.57 Kb.
#1212031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Жисмоний тарбия воситалари

Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi

  • Tarixdan jismoniy mashqlar - o‘yinlar tarzidagi, gimnastika ko‘rinishidagi, sport va turizm mashqlariga turkumlangan edi.
  • Jismoniy tarbiya jarayonida ularning asosiy omilligi tarbiya tizimlarida ilmiy asoslangan. Demak, o‘yin, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashqlar turkumi deyish bizda ayrim hollarda noto‘g‘ri fikr tug‘dirishi mumkin. Chunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida o‘yinlarda, gimnastika tarkibida, turizm mashqlari tarzida xam uchrashi mumkin. Mashqlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda foydalaniladi.
  • Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o‘zining qattiy o‘yin qoydalari va talablariga, sport maydoni jihozlariga ega. O‘yin paytida vazifalarni bir kishi (individ) xal qilmasdan, jamoa hal qiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha muntazam musobaqalar uyishtiriladi. O‘yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o‘yinlari muntazam o‘sishda va rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo‘lib o‘ynaydigan harakatli o‘yinlar uch turga bo‘linadi: a) o‘yinchilarni jamoalarga ajratmay o‘ynaydigan o‘yinlar; b) jamoali o‘yinga aylanib ketadigan o‘yinlar; v) jamoalarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar (barcha sport o‘yinlari kiradi):
  • Keyinchalik esa o‘yin o‘yinchilarning o‘zaro faoliyati shakliga ko‘ra (komandali o‘ynaladigan o‘yinlar) quyidagilarga bo‘lindi:
  • a) o‘yin paytida raqib komanda o‘yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o‘ynaladigan o‘yinlar - voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va h.k.
  • b) raqib o‘yinchilari bir-biriga tegishi bilan o‘ynaladigan o‘yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maisa ustidagi rus laptasi va boshqalar
  • Gimnastika - o‘yinlar, sport, turizm qatori u ham jismoniy tarbiya vositasidir. Asosiy vazifasi turli hayotiy faoliyat uchun umumiy jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish vositasidir. Bundan tashqari, o‘zining gavdasini tuta bilishi yoki tananing a’zolari harakatini boshqara olishi, tanadagi jismoniy kamchiliklarni to‘g‘rilashdek maxsus vazifalarni xam xal qila oladi..

Download 391.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling