Jismoniy mashqlarni harakat sifatlarinig rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash - Hozirgi kunda jismoniy mashqlar harakat faoliyatdagi xususiy belgilarga qarab, ya’ni jismoniy sifatlarni — kuchni, tezlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, bo‘g‘inlar harakatchanligini va muskullar egiluvchailigini namoyon qilishiga qarab yangi pedagogik turkumini amaliyotda shakllantirib guruhlarga ajrata boshladilar.
- Bu turkumdagi mashqlar jismoniy sifatlarni alohida ajratib olib tarbiyalash yoki jismoniy tayyorgarlikdagi nuqsonlarni alohida ajratib olib rivojlantirish uchun qo‘laydir. Boshqa tomondan esa, u yoki bu jismoniy mashqni bajarish uchun qanday sifatlar lozimligini oldindan bilish (kuch, tezlik talab qiladigan va boshqa sifatlarni tanlash) imkonini beradi.
- Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlarni tarbiyalashiga ko‘ra bilim (ma’lumot) berish vazifalarini hal etish uchun bajariladigan jismoniy mashkpar turkumi shakllandi:
- - asosiy (yoki musobaqa), ya’ni o‘quv dasturlari asosida o‘rganilishi lozim bo‘lgan faoliyatlar.
- - yo‘llanma beruvchi mashqlar — ya’ni nerv mushak zo‘riqishi, tashqi tomondan uxshashligi, harakat tarkibidagi ayrim elementlarning yaqinligi bilan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan harakatlarni o‘zlashtirilishini osonlashtiruvchi jismoniy mashqlardir.
- Bu turkumdagi mashqlarning xarakterli tomoni shundaki, harakat malakasini rivojlantirish va jismoniy sifatlarni takomillashtirish sun’iy ravishda ajratiladi. Aslida bu jarayon bir-birini taqazo etadi va o‘zaro uzviy bog‘liq. Bular ta’limning har kaysi etapi uchun etakchi vazifani hal etishga yordam beradigan mashqlarni tanlash uchun imkoniyat beradi.
- Sport turlari bo‘yicha jismoniy mashqlarni turkumlash. O‘z navbatida, har bir sport turi o‘z mashqlarining individual klassifikatsiyasiga ega: sport o‘yinlari - futbol, basketbol va h.k.
- Yuqorida qayd qilingan jismoniy mashqlarni jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi deb xam atay boshladilar.
- Biomexanikada - statik, dinamik, siklik, atsiklik, kombinatsiyalashtirilgan, harakatning tuzilishi yoki bajarish holatiga qarab turkumlangan jismoniy mashklar deb guruhlana boshlandi.
- Fiziologiyada - maksimal, submaksimal, me’yordagi va meyordan katta quvvatni talab qilib bajariladigan mashqlar deb nomlangan turkumidan jismoniy tarbiya amaliyotida foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |