Jismoniy faollikni targ’ib qilish xalqaro Nordek Universiteti talabasi Alimova Fotima tel;997845380 Annotatsiya


Vaznni nazorat qilishga yordam beradi


Download 27.32 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi27.32 Kb.
#1293527
1   2   3
Bog'liq
jismoniy faollikni targib qilishi tezis

Vaznni nazorat qilishga yordam beradi
Jismoniy faollikda kaloriyalar eriydi, iste’mol qilingandan ko‘ra ko‘proq kaloriya sarflanishi vazn tashlashga hissa qo‘shadi. Kardio mashg‘ulotlar og‘ir mashqlar bilan umumlashtirilganda esa yog‘lar sezilarli darajada kamayadi. To‘g‘ri ovqatlanishga amal qilgan holda mashqlarni bajarish vaznni nazorat qilish uchun eng sog‘lom usul hisoblanadi.
Kayfiyatni yaxshilaydi
Jismoniy faol bo‘lganda rag‘bat va huzur-halovat gormoni sifatida ma’lum bo‘lgan gormon — dofaminning ishlab chiqarilishi jadallashadi. Qancha ko‘p mashq bajarilsa, dofamin shuncha ko‘p ajraladi va o‘zingizni baxtli his qilaverasiz. Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish tana va tashqi ko‘rinish haqida ko‘proq qayg‘urishga yordam beradi. Natijada kishining o‘ziga bo‘lgan ishonchi va bahosi orta boshlaydi.
Tiniqib uxlashga yordam beradi
Tonggi mashqlar nafaqat kunlik energiya bilan ta’minlab metabolizmni yaxshilaydi, balki uyquning yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi.Tiniqib uxlash esa jismoniy faollik singari yaxshi ta’sir qiladi: xavotir va depressiyani kamaytiradi, immunitetni mustahkamlaydi, qandli diabet, ko‘krak saratoni hamda insultning kelib chiqish xavfini kamaytiradi.
Kasallanish ehtimolini kamaytiradi
Tadqiqotlarda sport bilan shug‘ullanadiganlarda shamollash xavfi 50 foizga kam ekani aniqlangan. Shu sabab ham ko‘proq faol bo‘lish, toza havoda piyoda yurishni kanda qilmaslik kerak.
Terining ahvoli yaxshilanadi
Muntazam ravishda mashq bajarish yosh ko‘rinishga yordam beradi. Jismoniy faollik hisobiga yuzning teri to‘qimalari qon bilan a’lo darajada ta’minlanadi, natijada ko‘rinish yaxshilanadi. Ter ajralishi o‘lik hujayralarni yo‘qotib, ularning yangilanishiga yordam beradi.
Tetik va yoshroq ko‘rinishga yordam beradi
Muntazam ravishda jismoniy faol bo‘lish qarish jarayonini sekinlashtiradi. Ontariodagi Makmaster universitetidagi sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotda mashqlar qarish alomatlarini bartaraf qilishi aniqlangan. Keyingi faol va kam harakat ishtirokchilar qatnashgan tadqiqotlarda esa sport bilan shug‘ullanganlarning terisi 20-30 yoshdagilarnikidek ko‘ringani ma’lum bo‘lgan.

Download 27.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling