Jismoniy madaniyat tushunchasiga quyidagilar ki-radi
Jismoniy tarbiya haqida tushuncha
Download 35.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqjismoniy tarbiya 5 ta mavzu
3
Jismoniy tarbiya haqida tushuncha. Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Yoshlarni sog’lom bo’lib voyaga etishlarini ta’minlash masalasi xalq pedagogikasi, og’zaki ijodi hamda mutafakkirlar asarlarining bosh g’oyalaridan biri bo’lib kelgan. Jumladan, «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi dostonlarda ham o’z ifodasini topgan. «Alpomish» dostonida Hakimbek (Alpomish)ning jismoniy mashq qilishi, tabiat qo’ynida voyaga etganligi, uning alpligi quyidagicha tasvirlanadi: «Alpinboyning bobosidan qolgan o’n to’rt botmon birinchdan bo’lgan parli yoyi bor edi. Shunda etti yashar bola Hakimbek shul o’n to’rt botmon yoyni qo’lga ushlab ko’tarib tortdi, tortib qo’yib yubordi. Yoyning o’qi yashinday bo’lib ketdi. Asqar tog’ining katta cho’qqilarini yulib ketdi, ovozasi olamga yoyildi. Shunda barcha xaloyiq yig’ilib kelib aytdi: «Dunyoda bir kam to’qson alp o’tdi, alplarning boshlig’i Rustami doston, oxiri bu Alpomish alp bo’lsin». Abu Ali ibn Sino ham insonga xos bo’lgan ijobiy fazilatlaridan sanab o’tar ekan, quyidagilarga alohida urg’u beradi: Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat. Aqllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat. Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushuntirishga yordam beruvchi quvvat. Alisher Naoiy «Farqod va Shirin» dostonida Farhodning jismoniy qobiliyatlarini alohida ko’rsatib o’tadi. Dostonda ta’riflanishicha, Farhod aqliy kamolotga erishish bilangina cheklanib qolmay, jismoniy va harbiy mashqlar yordamida chiniqadi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg’ulotiga aylangan. Farhod, mutafakkirning fikriga ko’ra, 10 nafar 20 yoshli yigitning quvvatiga ega bo’lgan. Abdulla Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega bo’lmoq uchun badantarbiya bilan shug’ullanishi zarur: «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir. Chunku o’qimoq, o’qitmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud lozim. Sog’ badanga ega bo’lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo’l qo’yurlar. ... Badan tarbiyasini fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo’yib asatrini yuvib ovora bo’lmak kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog’lom bir vujud kerakdur». Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish kuch-quvvatini saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo’lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida sport, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yoshlarni jismoniy tarbiyalashning kopleks dasturi ishlab chiqildi. «Sog’lom avlod dasturi» yoshlarning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. 4 Jumladan, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish, umumta'lim maktablari faoliyatini yaxshilash, oliy ta'lim tizimini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish, ularni xalqaro mingtalik reytingiga kiritish, ayniqsa, o'quv yurtlariga qabul qilishda ob'ektiv va adolatli tizimni o'rnatish, nufuzli chet el universitetlari filiallarini ochish kabi ko'plab amaliy ishlar bajarilmoqda. Mamlakatimiz ta'lim tizimi rivojiga, ayniqsa, uning dunyo standartlari darajasiga chiqishiga to'siq bo'layotgan omillar ham yo'q emas. Bu kechiktirib bo'lmaydigan jiddiy masalalar nimalardan iborat va ularni echish yo'llari qanday? Birinchi masala davlat ta'lim standartlarining YUNESKO tomonidan qabul qilingan xalqaro ta'lim klassifikatsiyasi standartiga mos kelishi zarurati bilan bog'liq. Vaholanki, bu xalqaro standartda ta'lim sohasining barcha bosqichlariga oid me'yorlar aslida qanday bo'lishi, qay tarzda bo'lsa, yuqori natijalarga erishish mumkinligi aniq belgilab berilgan. Bizning ta'lim tizimimizda bu me'yorlar ko'zda tutilmagan. Holbuki, jahon tajribasiga ko'ra, milliy ta'lim standartlari o'z ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlariga ega bo'lgan davlatlar tajribasiga emas, balki xalqaro ta'lim klassifikatsiyasi standartiga asoslanishi zarur. SHunda jahon standartlari talablariga javob bera oladigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkoni oshadi. Dunyoning rivojlangan davlatlari qatori O'zbekistonda ham yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida — to o'tgan asrning oxirlarigacha 1976 yilda ishlab chiqilgan xalqaro ta'lim klassifikatsiyasi standartidan foydalanib kelindi. Biroq dunyo ta'lim tizimiga kiritilgan keyingi yangiliklar natijasida ushbu asosiy kontseptual hujjat ikki marta yangilandi. Xalqaro standartga asosan har bir ta'lim darajasi uchun ta'lim dasturlari va ularga mos ravishda malaka talablari ishlab chiqilishi ta'lim sifatining oshishiga asos bo'ladi. Ta'lim tizimini darajalarga ajratish esa uning uzluksizligi va ketma-ketligini ta'minlaydi. Bu tushuncha va tamoyillar xalqaro ta'lim klassifikatsiyasining asosiy vazifalaridan biridir. Ta'lim tizimimiz rivoji uchun muhim ikkinchi masala — bu mamlakatimizda xalqaro va Evropa malakalar standartiga moslashgan ta'lim malakalari klassifikatsiyasi ishlab chiqish zaruratidir. Mavjudlari eski ma'lumotlarga asoslangan bo'lib, mamlakatimizdagi bugungi demokratik jamiyat amaliyotida foydalanib bo'lmaydi. e'tibor bering, yurtimizda yigirma yildan buyon oliy ta'lim bitiruvchilariga beriladigan diplomlarda kasbiy faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beradigan, xalqaro talablarga muvofiq tegishli malaka, ta'lim darajalari, xususan kasbi, ixtisosligi va boshqalar ko'rsatilmayapti. Natijada diplomlarimiz rivojlangan davlatlar tomonidan tan olinmay kelinmoqda. Mamlakatimizda ta'lim malakalari klassifikatsiyasi joriy etish va undan foydalanish yangi ta'lim standartlarini ishlab chiqish hamda o'quv yurtlarining ta'lim, kasbga oid dasturlarini tuzishda tayanch vazifasini o'taydi. YAna bir ahamiyatli jihati shundaki, u davlatning iqtisodiy o'sishiga hissa qo'shadigan ta'lim tizimi bilan mehnat bozorini o'zaro bog'lovchi muhim vositadir. Uchinchi masala shuki, bizda 1997 yili qabul qilingan ta'lim klassifikatoridan foydalanib uch yuzdan ortiq bakalavriat ta'lim yo'nalishi va olti yuzdan ortiq magistratura mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi. Bizningcha, bunday tor profilli mutaxassislarni tayyorlash tez o'zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Qolaversa, bu iqtisodiy jihatdan davlat uchun manfaatli emas. Oliy o'quv yurtini bitirgan tor profilli kadrlar o'z yo'nalishi bo'yicha ish topishi qiyin. CHunki mehnat bozorida keng profilli mutaxassislarga talab doimo yuqori. Vaholanki, jahon amaliyotida 2013 yilda ishlab chiqilgan ta'lim sohasi va mutaxassisliklar klassifikatsiyasining yangi xalqaro standarti ishlatilmoqda. Unga ko'ra, saksonga yaqin ixtisoslashgan soha doirasida keng profilli mutaxassis kadrlar tayyorlash ko'zda tutilgan. SHu munosabat bilan yangi xalqaro standart asosida unga moslashgan milliy ta'lim sohasi va mutaxassisliklar klassifikatsiyamizni joriy etish hozir kadrlar tayyorlanayotgan mingga yaqin 5 Ishlab iqarish kuchlarini joylashtirish bevosita hududiy mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Ammo hududiy mehnat taqsimoti asosan ishlab chiqarishning hududiy tarkibini bildiradi va shu sababli u aholi va mehnat resurslarini o’z ichiga olmaydi. Aholining joylanishi esa ko’p hollarda ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish bilan belgilanadi. Maxsus adabiyotarda hududiy mehnat taqsimoti bilan bir qatorda geografik, regional (mintaqaviy), akvatorial mehnat taqsimoti kabi turdosh tushunchalar uchrab turadi. Albatta, ular o’rtasida jiddiy farq yo’q, faqat akvatorial mehnat taqsimoti Yer sharining quruqlik qismida emas, balki uning okean va dengizlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi ixtisoslashuvini anglatadi (akva – suv demakdir). Hududiy mehnat taqsimoti yoki ishlab chiqarishni hudud bo’ylab joylashtirish o’z mohiyatiga ko’ra iqtisodiy geografik jarayon hisoblanadi, chunki iqtisod hudud doirasida taqsimlanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tarkibi yoki tizimi (sistema), iqtisodiy rayonlar turi vujudga keladi. Ularning o’zaro hududiy munosabati va joylanish holati iqtisodiy geografik vaziyatni ifodalaydi. Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. Ammo, u iqtisodiy mehnat taqsimotidan biroz keyinroq vujudga kelgan. Sababi – avvallari kishilar tabiatda mavjud imkoniyatlardan foydalanganlar, o’zlarining u yoki bu joyda ma‘lum mahsulotni yetishtirishlari esa kechroq paydo bo’ldi. Demak, hududiy mehnat taqsimoti (HMT), soddaroq qilib aytganda, turli joylarning – mamlakat yoki rayonlarning turli mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. Natijada ana shu joylarning iqtisodiy «basharasi» shakllanadi va ularning kattaroq hududiy tizimdagi o’rni o’z aksini topadi. Agar kengroq qilib ta‘riflamoqchi bo’lsak, HMT – bu ishlab chiqarish tarmoqlarini hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholi va mehnat resurslari kabi omillariga qarab joylashtirishdir. Bundan kelib chiqadiki, HMT – ga turli omillar ta‘sir ko’rsatadi. Ular: Tabiiy sharoit va qazilma boyliklari; Aholi va mehnat resurslari; Transport; Ijtimoiy infrastruktura; Ekologik vaziyat; Iqtisodiy geografik o’rin; Bozor manfaatlari va h.k. Ayni vaqtda ana shu va shunga o’xshash omillar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda ham hisobga olinadi. Binobarin, bu masala keyinroq mufassal o’rganiladi. Bu yerda faqat bir omilga to’xtab o’tish joiz. Gap shundaki, avvallari, ya‘ni «Sotsialistik rejalashtirish» davrida eng asosiy omil o’ta markazlashgan davlat, ya‘ni Butunittifoq manfaatlari edi; qolgan sharoitlarning qulaylik yoki noqulayliklaridan qat‘iy – nazar, agar davlat, Ittifoq uchun qaysi bir mahsulo zarur bo’lsa, u albatta yetishtirilishi shart edi. Masalan, O’zbekistonda paxtadan tashqari boshqa qishloq xo’jalik tarmoqlari (bog’dorchilik, uzumchilik, polizchilikni ham rivojlantirish mumkin edi, ammo Ittifoq, markaz sanoati uchun paxta kerakligi tufayli bu yerda xo’jalikning tor sohasi, xom ashyoga yo’naltirilgan tizimi shakllanadi. Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling