Jismoniy madaniyat
Download 91.15 Kb.
|
Hakamlik.docx 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kombinasiya
- Hujum taktikasi
0 ‘yin tizimsi jamoaning barcha o‘yinchilarini o‘zaro
joylashishi va o‘zaro harakatini anglatadi. 0 ‘yin tizimsi muayyan maqsadlarga qaratiladi. (Masalan, bir markaziy o‘yinchi bilan hujumni tashkil qilish o‘yin tizimsi; himoyada shaxsiy o‘yin tizimsini qo‘llash va h.k.). Hujumda jamoa harakatini tashkil qilish aksariyat taktik kombinasiyalar asosida amalga oshiriladi. Kombinasiya - hujumni foydali natija bilan yakunlanishiga qaratilgan bir necha o‘yinchilar yoki butun jamoa o‘yinchilari bilan oldindan “charxlantirilgan” (mashqlantirilgan) о‘yin tizimsini anglatadi. Bundan tashqari “o‘yinni olib borish shakllari” tushunchalari ham mavjud. 0 ‘yin taktik jihatdan aktiv (faol) va passiv (sust) shakllarda olib borilishi mumkin. 0 ‘yinni aktiv shaklda olib borilishiga maydon bo‘ylab raqibga nisbatan xavfligi vaziyatlar tug‘dirish, shaxsiy yoki butun jamoaga nisbatan zich hujum qarshiligini ko'rsatish, bosim qilish, himoyada esa keskin o‘zgaruvchan “ochiq” va “yopiq” qarshi harakatlami uyushtirishlar misol b o ia oladi. Passiv shaklda o‘yinni olib borish - bu demak raqib yoki raqiblar harakatiga shartli erkinlik berish. Bunday o‘yin shakli raqib jamoani “chalg‘itish” uchun qo‘llaniladi, ayrim hollarda bunday o‘yin shakli asabga “tegish” uchun qo‘llaniladi. 0 ‘yinni tashkil qilish va olib borishda quyidagi harakat turlari qo‘llaniladi: - yakka (individual) harakatlar - bu jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni sherigiga yakka holda mustaqil harakat ko'rsatishni anglatadi; - guruhli harakatlar - bu jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni ikki yoki uch o‘yinchi ishtirokida xal qilishga qaratilgan harakatlami ifodalaydi; - jamoali harakatlar - bu jamoaning barcha o‘yinchilari ishtirokida o‘yin oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni amalga oshirish chorasini belgilaydi. 0 ‘yinchilami o‘yin funksiyasi (ixtisosligi) bo‘yicha taqsimlanishi. Zamonaviy basketbolda o‘yinchilar quyidagi funksiyalarga (amplua) ixtisoslashgan bo‘ladi: - himoyachilar; - forvardlar; - markaziy o'yinchilar. Himoyachi о‘yinchi laming funksiyalari: - hujumchi sheriklari faoliyatiga rahbarlik qilish; - pozitsion holatdan savatga to‘p tashlash; - raqiblami tezkor “yorib” o‘tib savatga hujum qilish; - himoyada - raqiblami tezkor kontr hujumini to‘xtatish; - o‘z shchiti atrofida raqiblarga faol qarshi chiqish. - forvardlar: - keskin o‘zgaruvchan vaziyatlarda tezkor harakatlanish; - uzoq va yaqin joylardan savatni ishg‘ol qilish; - o‘zining tezkor reaksiyasi yoki markaziy hujumchisiga aniq to‘p uzatish qobiliyati hisobiga savat oldida o‘yin keskinlashtirish; - markaziy hujumchi bilan birga raqib va o‘z shchiti oldida sanchigan to‘pni olib qayta hujum uyushtirish. Markaziy hujumchilar - baland bo‘yli, odatda baquwat bunday funksiyaga ixtisoslashgan o'yinchilar hujumda ham, himoyada ham shshchitdan sapchigan to‘plami olish, olib qulay turgan sherigiga uzatish, savatga qayta tashlash, savatga tashlanayotgan (o‘z shchiti oldida) to‘p yo‘nalishini to'sish, savatga to‘siq qo‘yish bog‘liq “ishlami” bajaradi. Hujum taktikasi Hujum jamoani asosiy va hal qiluvchi funksiyasi bo‘lib, uni taktik jihatdan puxta rejalashtirish, tashkil qilish va amalga oshirish har bir hujum harakatini hamda butun о‘yin jarayonini foydali natija bilan yakunlanishiga imkon yaratadi. Hujum taktikasi qanchalik serqirrali bo‘Isa, taktik usullar hajmi qanchalik ko‘p bo'lsa, taktik bilim va ko‘nikmalar doirasi qanchalik keng bo‘Isa, qulay va foyda keltiruvchi usullami tanlash hamda ulami qo‘llash imkoniyati shunchalik samarali kechadi. Hujum taktikasi individual, guruhli va jamoa harakatlaridan iborat bo‘ladi (3-andoza). Kirib borish va to‘p uzatmasdan to‘p tashlash. Yorib kirish ham to‘siqlami bartaraf etish uchun mo‘ljallangan o‘zaro harakatlar hisoblanadi. Himoyachilar uchun to‘pni bir-biriga uzatib o‘ynash noqulay boMgan paytda uning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Ta’qib qilinayotgan o‘yinchilar bilan almashgandan ko‘ra yorib kirish himoyadagi o‘yinchilarga raqiblarini muntazam ta’qib qilib turishga imkon bemvchi harakatlami nazarda tutadi. Buning ikki xil yo‘li mavjud: a) ikkita hujumchi orasidan yorib kirish, b) o‘z sherigi va to‘siq qo‘yayotgan hujumchi orasidan yorib kirish. Birinchi usul ancha samaraliroq lekin amalga oshirish qiyinroq. Undan hujumchi yaqindan ta’qib qilayotganda foydalanish mumkin va himoyachidan vaziyatni yaxshi nazorat qilishni tezkor hamda qat’iy harakatlami taqoza etadi. HUJUM TAKTIKASI Individual GuwhK Jamoaii harakatiar harakatlar harakatiar Hujum taktikasi tasnifi Ikkinchi usulda yorib kirishni bajarishda o‘zaro harakatlar muvaffaqiyatini sherikning o‘zi ta’qib qilayotgan o‘yinchidan o‘z vaqtida bir qadam orqaga chekinishi belgilab beradi. Aynan bo‘sh qolgan hudud orqali himoyachi ≪o‘zining≫ hujumchisi orqasidan o‘tib oladi va pozitsion ustunlikka ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sherigining yorib kirishidan so‘ng orqaga chekingan himoyachi o'zining dastlabki holatini tiklashi kerak. Hujumchilarning bir-biriga qarshi harakatlanishida to‘p ushlab turgan o‘yinchi orqasidan yurgan himoyachi yorib kirishni amalga oshirish zarur. Download 91.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling