Jismoniy madaniyat
Download 91.15 Kb.
|
Hakamlik.docx 1
Jamoa harakatlari. Jamoaning himoyada o‘zaro kelishilgan,
yagona maqsad sari muvofiqlashtirilgan harakatlari uning o‘z “savati” (shchiti)ni himoyalash, dahlsizligini ta’minlash va qayta hujumni samarali tashkil qilishga asos bo‘ladi. Jamoaning himoyada amalga oshiriladigan harakatlari barcha o‘yinchilar faolligi, shu jumladan individual va guruh ishtirokida amalga oshiriladigan taktik usullar mukammalligi hamda ulaming serqirraligi bilan belgilanadi. Jamoaning himoya harakatlari uch xil yo'nalishda amalga oshiriladi: - birlashtirilgan (konsentrasiyalashtirilgan); - maydon bo‘ylab teng taqsimlangan; - aralash himoya tizimi. To‘pni olib qo‘yishda butun jamoa bilan kurashish lozim. Bu yerda bu vazifa faqat orqa chiziq o‘yinchilarining zimmasida va yana qandaydir boshqacha fikrlar yo‘q. Gap shundaki butun jamoa uyushqoq holda kurash olib borgan taqdirdagina to‘pni olib qo‘yishlar bo‘yicha raqibdan o‘zib ketish mumkin. Himoyada to‘pni olib qo'yish uchun to‘p tashlangan paytda o'yinchi uning chiroyli uchishiga qarab qolishi yoki to‘p halqa yonidan o‘tib ketishini samodan iltijo qilib turishi kerak emas. Bu vaziyatda himoyachida refleks ishga tushishi kerak. Yani orqasini qo‘yishi lozim. 0 ‘ziga yaqin turgan o‘yinchini topib uni savatdan to‘sishi kerak. Buning uchun raqib tomonga qadam tashlanadi unga orqamacha burilib oyoqlar keng qo‘yiladi tirsaklar biroz yonga chiqariladi va raqib harakatlari to‘sib qo‘yiladi. Eng muhimi uni harakatlantirmaslik, itarmashk kerak, balki turgan joyida to‘sib qo‘yish o‘zi uchun qulay vaziyatda qolish zarur. Ba’zan to‘liq orqamacha to‘sib qolish uchun vaqt yetishmay qoladi shunda yaqinda turgan o‘yinchiga oddiy to‘siq qo‘yish ham mumkin. To‘p pastga tusha boshlagandan so‘ng qarshisiga harakatlanish unga kesgin hujum qilish kerak. Agar har bir himoyachi bittadan hujumchini shchit tagidan to‘pning o‘zi qo‘ldan chiqib ketadi yoki o‘yinchi yugurib kelib uni ko‘tarib oladi. Biroq bari-bir keskin tashlanish harakatini bajarish lozim. Hujumda hamma o‘yinchilar to‘p tashlangandan so‘ng savat tomonga bormaydilar. chunki yorib o‘tish holatidan ehtiyotlanish zarur bo‘ladi. Shuning uchun himoyaning ustuvor vazifasi to‘pni olib qo‘yish uchun savatga yaqin turgan 3 ta hujumchini to'sishdan iborat. Agar hujumchi savatdan uzoqda turgan bo‘Isa (masalan - metrdan) unga orqamacha to‘siq qo‘yish oqilona emas unda manyovr qilish himoyachidan o‘tib ketish uchun katta hudud bor. Bunday o‘yinchilarai bartaraf etish uchun savatdan to‘siq qo'yish va to‘p sapchigan tomonga qarab turish lozim. Agar raqib to‘pni olib qo‘yishda umuman ishtirok etmagan bo‘lsa, jamoa himoyasini ehtiyotlay turib sherigingizga to‘pni olib qo‘yishga yordam bering. Download 91.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling